II Bob yuzasidan xulosa
II bobda biz XVIII asr ingliz adabiyotida drama janrining rivoji va uning
rivojiga ulkan hissa qo’shgan yozuvchilar Semuel Jonson va Ben Jonsonlar ijodi
bilan tanishib chiqdik.
XVIII asr ingliz adabiyotida drama janri uyg’onish davri yoki klassisizm
davridagidek yuksak darajaga ko’tarila olmadi. Lekin shunga qaramasdan bu
sohada ham ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. Ingliz dramaturgiyasi
rivojiga S.Jonson va B.Jonsonlar xizmati kattadir. Ular bu sohada o’lmas asarlar
yaratib, dramaturgiyaga oid ko’plab ajoyib fikrlar kiritishdi. Masalan, Ben
Jonsonning”Qaydlar yoki kuzatishlar” nomli asarida yozuvchi ahliga qator
maslahatlar berilgan. Jumladan u ”yaxshi yozish uchun” uchta shartni bajarish
lozim deb uqtiradi. Eng yaxshi adiblarni o’qish, eng yaxshi notiqlarni tinglash,
ko’p mashq qilish Ben Jonson ijod onlarida ilhom kuchi bilan oson yozilishni
ta’kidlaydi. Biroq bunga hushyor qaramoq, oson yozilgan narsaga qaytish va uni
sabrla sayqallash zarur, zero, tez yozish yaxshi uslubni vujudga keltirmaydi,
aksincha uslubni yaxshilash ustida ishlash asta sekin tez yozishga o’rgatadi. Ayni
chog’da Ben Jonson tabiat in’om etgan iqtidorni baland qo’yadi, usiz san’atkorligi
mahorat, o’rganib olingan qoidalar hech bir kuchga ega emas, deb hisoblaydi.
Semuel Jonson ommaga axloq targ’ibotchisi sifatida tanilgan.U inson
tabiati va jamiyatni haddan tashqari pessimistik g’oyalar sifatida qabul qilgan. U
bu xislati bilan ma’rifatchilik davrining boshqa yetakchi namoyondalaridan,
masalan, Fildingdan farq qilgan, lekin uni o’z davrining bilim va etikasi o’z
davrining aqliy munosabatiga yaqinlashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |