Qarshi davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
“Epistolyar roman” (O.Goldsmit, “Dunyo falsafasi”, Sh.Monteskoning ”Fors xatlari”), “Tarbiya romani”
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
xviii asr ingliz marifatchilik adabiyotida asosiy adabiy janrlarning spetsifikasi (1)
“Epistolyar roman” (O.Goldsmit, “Dunyo falsafasi”, Sh.Monteskoning
”Fors xatlari”), “Tarbiya romani” (Russo. “Yuliya yoki Eloiza”), “Falsafiy qissa” (Didro.) kabi qator yangi janrlar ishlab chiqildi, inson xarakterini yaratishning yangi-yangi imkoniyatlari kashf etildi, yangi usul, vositalari joriy qilindi.
Yevropa feodalizmining taqdiri XVIII asrda Fransiyada yuz bergan burjua inqilobi natijasida uzul-kesil hal etiladi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida, jumladan Germaniyada ham feodalizmga qarshi qaratilgan harakat burjua tarixida boshlanayotgan yangi davr ta’siridan darak berar edi.
2 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. T . 1980. 74- bet 9
XVIII asrda Yevropada taraqqiyparvar kuchlarning chirigan o’rta asrchilik tarbtiblariga qarshi kurashi siyosiy tus ola boshlagani kabi, adabiyotda ham bu kurash jangovor ma’rifatchilik ruhini namoyon eta boshladi.
O’zining antifeodal mohiyati bilan ajralib turadigan ma’rifatchilik adabiyoti feodalizmga qarshi kurashyotgan, hali u vaqtda progressiv ruhda bo’lgan va xalq harakatidan foydalanayotgan burjuaziyaning falsafiy va siyosiy ta’limoti bilan sug’orilgan edi. Bu xususda adabiyotshunos olim E.Xudoyberdiyev quyidagi fikrlarni bildiradi:
“Ma’rifatparvarlar uchun aql-idrok bosh masaladir. Ular insonning aqliy faoliyatida, odamiylik fazilatlariga yuqori baho berganlar, insonga begona bo’lgan zulmni, jaholatni qoralaganlar, shu bilan birga, ular ma’rifatchilik g’oyasiga, uning ta’sir etuvchi kuchiga ortiqcha baho berib katta xatoga yo’l qo’ydilarki, natijada bunday qarash ularning davlat boshida o’qimishli, odil, yangi ma’rifatparvar mustabid hokim turishi kerak degan, degan xom hayollarga berilishlariga sabab bo’ldi” 3
Ma’rifatchilik adabiyotining estetik qarashlari shu bilan qadrli ediki, ular san’atning tarbiyaviy ahamiyatini jamiyatni qayta qurish manfaatlariga xizmat qildirdilar. XVIII asr yozuvchilari ma’rifatchilik ruhidagi siyosiy-falsafiy roman, falsafiy povest, siyosiy-axloqiy xarakterdagi dramatik asarlar yaratdilar.
Ma’rifatparvar yozuvchilar adabiyotni tug’ilib kelayotgan yangi sinfning g’oyaviy kurash quroli deb bildilar. Ularning ijobiy qahramonlari fuqarolik jasorati, mehnat va tashabbuskorlik ko’rsatish, shuningdek sahovat g’oyasini bo’rttirib tasvirlashdan iborat edi.Bu adabiyotdagi masalaga muayyan maylga berilib qarash o’sha tarixiy davr talablariga, dunyoni qayta qurish uchun qilinayotgan qarashlarga mos bo’lib tushar edi.
Ma’rifatchilik harakati G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bir tarzda, inqilobiy va izchil shaklda ko’rinmasada, lekin taraqqiyparvar adadiyot uchun mushtarak tomoni borki, bu uning antifeodal xarakterida namoyon bo’ladi. 10
Ma’rifatchilik adabiyotining Angliyadagi yirik namoyondalari romannavis yozuvchilar Daniel Defo, Jonatan Svift, Semuel Richardson, Genri Filding, xalqchil shoir Robert Berns va boshqalar hisoblanadi.
Fransiyada ma’rifatchilik harakati Fransua Volter, Deni Didro, Jan Jak Russo, Per Ogyusten Bomarshe kabi ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-adabiy faoliyati bilan mashhur bo’lgan san’atkorlarni yetishtirdi.
Nemis ma’rifatchiligi esa Gotxold Efraym Lessing, Fridrix Shiller, Iogan Volfrang Gyote singari buyuk adabiyotshunos olimlarni, dramaturglarni va jamoat arboblarini maydonga chiqardi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling