Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 51.63 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi va hajmi.
- Aholi va mehnat resurslari geografiyasini o`rganishning ahamiyati.
Kurs ishining maqsadi. Butun dunyoda sodir bo’ladigan global ekologik muammolarni ko’rib chiqish, global ekologik muammolarni oldini olish va ekologik muammolar sodir bo’lmasligini oldini olishni ko’rib chiqish.
Kurs ishining vazifalari. Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quidagi bir nechta vazifalarni belgilab oladi: Global muammolarni o’rganib chiqish. Ekologik muammolarni turlarga bo’lib o’rganish. Turlar kesimida muammolarni kelib chiqish sabablarini aniqlash. Global va lokal muammolarni oldini olish va yechimini aniqlash va bu borada olib borilgan va borilayotgan ishlarni tahlil qilish. Yakuniy jadval va xulosalar tuzish. Kurs ishining tarkibi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatilardan iborat. 1. BOB. Aholi va mehnat resurslari geografiyasini o`rganishning ahamiyati. 1.1. Aholi va mehnat resurslari geografiyasini o`rganishning ahamiyati. Aholi va mehnat resurslari geografiyasini o`rganishning ahamiyati. Iqtisodiy - ijtimoiy geografiya aholi va mehnat resurslarini o`rganishga alohida e`tibor beradi. Chunki bu fanning tekshirish, o`rganish obyektlaridan biri aholi sanaladi. Har qanday mamlakat yoki hudud xalq xo`jaligini hududiy tashkil etish, uni rivojlantirish avvalo aholi soni, uning zichligi va mehnat malakasiga bog`liq bo`ladi. Agar aholi zich yashasa, mehnat resurslari ko`p bo`lsa ko`p mehnattalab ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun imkoniyat mavjud bo`ladi. Aholi kam yoki siyrak joylashgan bo`lsa unning aksi bo`ladi. Har bir hudud yoki iqtisodiy rayon aholisining mehnat malakalarini hisobga olib, ma`lum tarmoqlarni rivojlantirish imkoni mavjud bo`ladi. Turli mintaqa aholisi va mehnat resurslari o`zining ko`pgina xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu hol hisobga olinmog`i va xalq xo`jaligi tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirishda unga e`tibor berilmog`i kerak. Aholi va mehnat resurslari haqida aniq ma`lumotlar zarur bo`lganidan ham dunyoning barcha mamlakatlarida har 5 yoki 10 yilda aholi ro`yxati o`tqazib turiladi. Bu ma`lumotlar qancha uy-joy qurilishi, qancha bog`cha, maktablar barpo qilinishi, yangi ish o`rinlari yaratilishda hisobga olinadi. Aholi uchun iste`mol buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, ularga maishiy hizmatni yo`lga qo`yish, infratuzilma tarmoqlarini barpo qilish hamda yuksaltirishda ham aniq aholi soni asqotadi. Xullas aholi va mehnat resurslariga xo`jalikdan ajratib qarab bo`lmaydi va ularni holatini o`rganib borish katta xalq xo`jalik ahamiyatiga ega bo`ladi. Download 51.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling