62
-texnologik jarayon o’zgarishi, bir uskuna o’rniga boshqa uskuna o’rnatilishi
yoki mehnat sharoitini o’zgartirganda;
- tsex, bo’lim yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya roy berganda;
-ishlarni xavfsiz bajarish boyicha yangi qoida va yo’riqnomalarni
ishchilar
diqqatiga yetkazish zaruriyati tug’ilgan hollarda;
-ishlab chiqarish intizomi qoida va yo’riqnomalarning talablari buzilishi
aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo’riqnomada ishchilarga dastlabki yo’riqnomaning shu
yo’riqnoma o’tilishiga sabab bo’lgan qismigina ko’rib chiqiladi. Navbatdan
tashqari yo’riqnoma ham dastlabki va davriy yo’riqnoma kabi bevosita boshliqlar
(usta ) tomonidan o’tkaziladi.
Navbatdan tashqari yo’riqnoma ham dastlabki va davriy yo’riqnoma kabi
jurnalga
yozib rasmiylashtiriladi, faqat bunda sababi ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish korxonalariada odamga kо‘pincha past va yuqori harorat,
kuchli issiqlik nurlari, chang, titrashlar (vibratsiya), elektromagnit tо‘lqinlari,
zahararli
ximiyaviy moddalar, shovqin va boshqalar ta’sir kо‘rsatadi: bular kishi
sog‘ligining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bunday nohush ta’sirotlar va ulardan kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish
uchun ishchilar sog‘ligi, shuningdek sanitariya-texnika
moslamalari va
qurilmalarining holati, sanitariya-maishiy jihozlar, individual himoya vositalari
sinchiklab tekshiriladi [27].
Xavfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun
xavfsiz sharoit yaratishga
qaratilgan chora-tadbirlar sistemasidan iborat. Sexlarda qо‘lga igna kirib ketishi,
qо‘lni nimadir kesib olishi, mashinalarning kiyim yoki sochni о‘rab ketishi,
dazmol yoki presslarda biron joy kо‘yib qolishi, tugma yoki igna parchalari о‘chib
yo’zga tegishi natijasida ishlovchilar jarohatlanib qolishi mumkin.
Xavfsizlik
texnikasi qoidalari noxushlik va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: