Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi
I Mustaqil ishning maqsad va vazifalari
Download 343.85 Kb.
|
2) Mustaqil ta’lim Mikrobiologiya
I Mustaqil ishning maqsad va vazifalari.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o’qituvchining rahbarligi va nazorat ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda ularni auditoriya mashg’ulotlarida berilgan nazariy va amaliy bilimlardan amalda foydalanishga o’rgatishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: - dars paytida o’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarni qayta ishlash va mustahkamlash; - bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; - tushunish va fikrlash qobilyatini rivojlantirish; - yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish; - kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash; - axborot manbalari va vositalaridan samarali foydalanish; - elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; - berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash; - topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshish; - ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash. Fan bo’yicha talaba mustaqil ishini tashkil etish. Talaba fanlar bo’yicha tayyorlaydigan har bir mustaqil ishi quyidagi shaklda bo’ladi: a) berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) yoki konspekt; b) hisob-grafik ishlari (infogramma); c) olingan har bir natija mustaqil ish oxirida jadval (yoki grafik) ko’rinishda xulosa qilinadi. bajarilgan vazifalar, topshiriqlar aniq belgilanadi. b) talabalarga har bir topshiriq bo’yicha topshiriq tarqatilgan sanadan keyin konsultatsiya soatlari o’tkaziladi. Konsultatsiyalar amaliyot o’qituvchisi tomonidan belgilangan vaqtda guruh va yakka tartibda bo’lishi mumkin. Fan bo’yicha amaliyot o’qituvchisi dars paytida yoki darsdan keyin mustaqil ishni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar beradi Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni topshirish muddatini belgilaydi. Talabalar belgilangan muddatda mustaqil ishni bajaradilar, amaliyot o’qituvchisiga ko’rsatib, ish to’g’ri va to’liq bajarilgach, uni ma’ruza va amaliyot o’qituvchisi oldida himoya qiladilar. Himoya qilingan mustaqil ishning yuziga o’qituvchilar «Himoya qildi» yoki «Himoya qila olmadi» deb yozib, imzo chekadilar. Talaba mustaqil ishini ikki marta, o’qituvchi tayinlagan muddatlarda qayta himoya qilishga haqli. Talaba mustaqil ishi bir nechta topshiriqdan iborat bo’lishi mumkin. Talaba ishini belgilangan tartibda uch marta ham himoya qila olmasa, yoki berilgan mustaqil ish topshiriqlaridan birortasini bajarmagan taqdirda joriy nazorat bo’yicha nol ball to’plagan hisoblanadi (agar joriy nazorat ikkita bo’lsa, ikkinchi joriy nazorat uchun nol ball qo’yiladi). Guruh bo’yicha qabul qilingan ishlar bir to’plam qilib bog’lanadi va ro’yxat bilan birgalikda kabinet mudiriga topshiriladi. Talaba fan bo’yicha mustaqil ishlarning hammasini bajarib, himoya qilgandan keyin J.N. bo’yicha baholanadi. Mustaqil ta`lim topshiriqlari savollari yakuniy nazorat savollarida ham kiritilishi haqida talabalar ogohlantiriladi. Download 343.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling