Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy


Download 290 Kb.
bet25/50
Sana09.01.2022
Hajmi290 Kb.
#265009
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy

1.2. SIRTGA YUTILSH TURLARI.

Sirt energiyaning kamayishiga olib boruvchi jarayonlardan biri suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa moddalarning yig’ilish hodisasidir. Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlarining yig’ilishi adsorbtsiya deyiladi.

O’z sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan modda adsorbent deb, yutilgan modda esa adsorbtiv deb ataladi. Masalan, ammiakli idishga qizdirilib, so’ngra sovitilgan ko’mir solinsa, ko’mir ammiakni yutib olib, uning bosimini kamaytiradi. Ko’mir boshqa gazlarni ham yuta oladi. Buning natijasida ko’mirning og’irligi ortadi. Agar gazning kontsentratsiyasi kam bo’lsa, ko’mir idishdagi gazning hammasini yutib olishi mumkii.

Akademik N.D.Zelinskiy aktivlangan ko’mirning adsorbilash xossasiga asoslanib, birinchi jahon urushi davrida gazga qarshi (protivogaz) asbobini ixtiro qilgan.

Rossiya olimi M.S.Tsvet adsorbtsiya qonunlaridan foydaladib, 1906 yili moddalarning sifat analizi va sof holda ajratib olishda qo’llaniladigan xromatografiya usulini birinchi bo’lib kashf ztdi.

CHet ellik olimlardan Gibbs, Freyndlix, Lengmyur, Brunauer kabi olimlar adsorbtsiya ta‘limotini rivojlanishida katta hissa qo’shdilar. Adsorbtsiya hodisasi faqat ko’mirgagina emas, balki boshqa barcha g’ovak moddalarga ham xosdir. Masalan, turli gellar o’z sirtiga har xil buyoqlarni yutadi.

Adsorbtsiya hodisasini, dastlab, rus olimi T.Ye.Lovits 1785 yilda kashf qilgan.

Yutilgan modda zarrachalari hamma vaqt modda sirtida qolavermaydi, ba‘zan yutuvchi jismning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin. Umuman, qattiq jismga tashqi-muhitdan moddalarning yutilishi sorbtsiya deyiladi. Agar modda qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa adsorb­tsiya (yoki o’zaro kimyoviy ta‘sir ro’y bermasa, fizikaviy adsorbtsiya ) deb, uning ichki qismiga yutilganda esa absorbtsiya deb ataladi. Agar modda geterogen sistemada (masalan, gaz bilan adsorbent orasida) bo’ladigan kimyoviy reaktsiya tufayli yutilsa, bu hodisa xemosorbtsiya (yoki faollangan adsorbtsiya) deyiladi. Xemosorbtsiya vaqtida yangi faza vujudga keladi. Xemosorbtsiya ko’pincha qattiq jismning barcha hajmiga tarqaladi. Patron ohak bilan sulfit angidrid orasidagi xemosorb­tsiya bunga misol bo’la oladi. Xemosorbtsiya odatda qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu holda adsorbtsiyaning issiqlik effekti kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish issiqliklariga yaqin bo’ladi.

Ba‘zan, o’z kritik haroratidan past haroratdagi gaz sorbtsiya, vaqtida qattiq jism g’ovaklarida kondensatlanib, suyuqlikka o’tadi. Bu hodisa kapilyar kondensatsiya deyiladi.

Adsorbilangan gaz bir yoki bir necha qatlam molekulalardan iborat bo’lishi mumkin. Shunga qarab, adsorbilanish monomolekulyar yoki polimo-leyaulyar deb nomlanadi.

Jismning sirtiga yutilgan moddalarni qaytadan chiqarish jarayoni desorbtsiya deyiladi. Yutilgan moddalarni erituvchilar yordamida adsorb-entlardan ajratib olish elyutsiya deyiladi.

Adsorbtsiya xodisasi qattiq jism bilan suyuq jism o’rtasida, qattiq jism bilan gaz o’rtasida, suyuqlik bilan gaz o’rtasida va bir-birida kam eriydigan ikki suyuqlik o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.



Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling