1.5. IKKI SUYUQLIK CHEGARASIDAGI ADSORBTSIYA
Bir-biri bilan o’zaro aralashmaydigan ikki suyuqlik (biri muhit-erituvchi, ikkinchisi faza - eruvchi modda) chayqatilsa u holda ozrok, suyuqlik tomchilar holatida ko’proq, suyuqlikda tarqaladi. Bu hodisaga emulsiya deb ataladi, Masalan, suv+benzol, suv+xloroform, suv+efir, suv+paxta moyi va boshqalar. Suvga bir qism benzol solib chayqatilsa va bu ikki suyuqlikda moy kislota eritilsa, u holda moy kislotaning gidrofil qismi (qutbli guruhi – SOON suv tomon, gidrofob qismi СН3 -СН2 -СН2- benzol tomon tarqalgan bo’ladi. Natijada ikki suyuqlik chegarasida moy kislota molekulalaridan tashkil topgan qavat hosil bo’ladi.
Ikki suyuqlik chegarasidagi moddalar adsorbtsiyasi xossasidan foydalanib, farmatsevtika va kimyo sanoatlarida har xil emulsiyalar tayyorlanadi, masalan, tibbiyot uchun streptotsid, sintomitsin, oltingugurt, rux oksid va boshqa emulsiyalar. Qiloq xo’jaligi uchun insektitsid, gerbitsid va defoliant preparatlari, emulsiyalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |