Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy
QATTIQ JISMLAR SIRTIDAGI ADSORBTSIYA
Download 290 Kb.
|
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kubning qirrasi
QATTIQ JISMLAR SIRTIDAGI ADSORBTSIYAMa‘ruza rejasi1. Adsorbentning solishtirma sirti. 2. Adsorbtsiyaviy muvozanat. 3. Qattiq jism sirtidagi adsorbtsiya.
Modda hadeb maydalanaversa, uning sirti kattalashaveradi. Masalan, hajmi 1 sm2 bo’lgan kubning sirti 6 sm2 ga teng; agar bu kubni o’n bo’lakka (1- ta kubga) bo’linsa, uning sirti 60sm2 bo’lib qoladi. 1-jadvalda 1sm3 jism maydalanganda umumiy sirtining qancha ortishi ko’rsatilgan. 1-jadval
Fazalar o’rtasidagi sirtni harakterlash uchun solishtirma sirt degan tushuncha kiritilgan. 1 kg modda sirti shu moddaning solishtirma sirti deyiladi. Moddaning solishtirma sirti uning maydalanish (yoki disperslik) darajasiga bog’liq bo’ladi. Modda maydalangan sari uning solishtirma sirti kattalashaveradi. 2. ADSORBTSION MUVOZANAT Adsorbtsiya hodasasi ham xuddi suyuliqning bug’lanishi, moddaning suvda erishi kabi, qaytar jarayondir. Bu yerda bir-biriga qarama-qarshi ikki jarayon bo’ladi: biri moddaning yutilishi bo’lsa, ikkinchisi yutilgan modtsaning adsorbent sirtidan chiqib ketishi (ya‘ni desorbtsiya) dir. Har qanday qaytar jarayondagi kabi, bu yerda ham yutilish jarayoni avval tez boradi, so’ngra yutilish va ajralish chiqish jarayonlarining tezliklari baravarlashib, sistema adsorbtsion muvozanat holatiga keladi. Odatda, adsorbtsiyaviy muvozanat juda tez (sekundlar va ba‘zan, minutlar davomida) qaror topadi. Agar adsorbtsiyaviy muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, adsorbtsiya boshqa xil jarayonlar bilan murakkablashgan deyish mumkin. Adsorbtsiyaviy muvozanat ham dinamik muvozanatdir. Bunday muvozanat holati harorat o’zgarganda o’zgaradi. Adsorbtsiya jarayoni issiqlik chiqarish bnlan boradi. Adsorbtsiya vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik adsorbtsiya issiklkgi deyiladi. Adsorbtsiyaviy muvozanatning siljishi ham Le-SHatele tamoiligi bo’yso’nganligi uchun harorat ko’tarilganida muvozanat modda kam yutiladigan tomonga qarab siljiydi. Desorbtsiya jarayoni aksincha issiqlik yutish bilan boradi. Shu sababli haroratni oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani ko’proq qaytadan chiqarish mumkin. Agar adsorbent bilan adsorbtiv o’rtasida kimyoviy reaktsiya sodir bo’lsa, adsorbtsiyaviy muvozanat qaror topmaydi; bu holda adsorbtsiya qaytmas jarayon harakteriga ega bo’ladi.
Download 290 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling