Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‟z iboralar
108 6- mavzu. Yozuv va uning rivojlanish bosqichlari. Reja: 1. Yozuv va uning paydo bo‘lishi. 2. Yozuvning taraqqiyot bosqichlari. 3. Orfografiya va uning tamoyillari 4. Maxsus yozuv turi. Tayanch so‟z iboralar Yozuv, piktografiya, ideografik yozuv, logografik yozuv, ieroglifik yozuv, fonografik yozuv, transkripsiya, stenografiya, logogramma, piktogramma, mixsimon yozuv, arfografiya. 1.Til dastlabki qarashda barqaror, o‘zgarmas fonetik, leksik va grammatik tizimni tashkil etadi. Masalan bizga fikr almashish quroli bo‘lib xizmat qilayotgan o‘zbek tili, bobolarimizga ham, ota-onalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira o‘zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keying avlod til nuqtai nazaridan hech qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondoshilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. Til har qachon o‘zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar shunday sekinlik bilan bo‘ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd qilish odatda amri maholdir. Uch-to‘rt avloddan keyin esa, tilning leksik, grammatik qatlamlardigi siljishlar ko‘zga tashlana boshlaydi. Bunday siljishlarni biz bir narsa tufayli, u ham bo‘lsa, yozuv orqali bilib olishimiz mumkin (gap yozuv paydo bo‘lganidan so‘nggi davr haqida boradi). Agar yozuv bo‘lmasa, til evolyutsiyasi to‘grisida bizda hech qanday tasavvur bo‘lmasligi mumkin edi. Faqat yozuv borligi uchungina, biz tilning taraqqiyotini (tarixiy) kuzatish sharafiga muyassar bo‘lamiz. Bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o‘rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. O‘qish va yozish hozirgi vaqtda odat tusiga kirib qoldiki, go‘yo ular bir umr til bilan bogliq bulgandek ko‘rinadi. Aslida yozuvning paydo bo‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.( Amerika qit‗asi maxalliy axolisining ko‘pchilik tillarini unga misol tariqasida kursatish mumkin. Yaqin-yaqinlarda xam Rossiyada yashovchi kam sonli millatlarn o‘z yozuvi yo‘q edi. Ularning yozuviga asrimizning 20-30 yillarla asos solindi. Yozuvning paydo bo‘lishi juda katta axamiyatga ega bo‘ldi, u madaniyat va tilning taraqqiyotiga ijobiy xissa qo‘shdi. Yozuv voqea va xodisalarni abadiylashtirish xamda voqea va xodissalarni uzoq, masofaga yetkazish imkonini berdi. Yozuvning kelib chiqishi va taraqiyoti jamiyag taraqqiyoti bilan, uning madaniyatini yuqori saviyaga kutarish, shuningdek. siyosiy-xuquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni qayd qilish xamda keyingi davrlarda qoldirishga bulgan extiyoji eng 109 buyuk madaniy kashfiyotlar dan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining xar tomonlama taraqqdiyotda juda katta roli va o‘ziga xos axamiyati bor. P.Yozuv taraqqiyoti quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: piktografik, idiografik va fonografik. Piktografik, yozuv. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish xamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun xozirgi zamon yozuvi bulmagan paytda odamlar ba‗zi xodisa va voqealarni uzoq, masofaga yetkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yuli bilan amalga oshirgan. Bunday yozuv piktogrfik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki so‘zdan iborat bulib, birinchi yarmi ,lotincha pictus (chizilgan) va ikkinchi yarmi grekcha qvapno (yozaman) degan ma‗nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklari piktogrammalar deb ataladi. AQSH ning taniqli olimi L.Blumfild bu yozuvga misol tariqasida quyidagilarni keltiradi: Mandan qabilasining bir a‗zosi savdogarga ikki bir- birini kesib utgan chiziq va bu kesimlarning bir tomoniga bir miltiq bilan kunduz va uning o‘ttizta parallel chiziqlarini, ikkinchi tomonida esa, suvsar, suvlar va qutosining surati chizilgan maktubni yuborgan. Bu xatning ma‗nosi quyidagicha bulgan: «Men suvsar va qutos muynalarni bir miltiq va o‘ttizta kunduzning terisiga almashtirishga roziman» Yozuvning bu turi mukammal bo‘lmay, u birinchidan, rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tartibini ko‘rsata olmaydi va buning natijasida bir maktubni bir necha xil uqishga, talqin qilishga yo‘l qo‘yadi, ikkinchidan mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni yo‘q darajasidadir. Ideografik yozuv. Tushunchalar mavhum tafakkurning rivojlanishi natijasida piktografik (grekcha idea tushuncha va grapho yozaman degan so‘zlardan tashkil topgan) yozuv paydo bo‘ldi. Ba‗zi olimlar yozuvning bu turini logografik (grekcha 1ogos csp df grapho yozaman degan suzlardan tashkil topgan) yozuv deb atashadi, chunki bundai yozuvda undagi simvollar faqat bizni o‘rab turgan muxitdagi narsalarni aks ettirmagan tildagi so‘zlarni ham aks ettiradi. Tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. 'Ideografik yozuvning piktografik yozuvdan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmeti aks ettiradi, logogramma esa so‘zning ma‘nosini izohlaydi. Demak. logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma‗nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. Qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izoxlashgan. Xitoyliklar esa, «yaxshi» so‘zini ayol bilan bola simvoli orqali ko‘rsatishgan. Logografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagi hollarda kurish mumkin. 110 1. Logografik (ideografik) yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan matnni ancha mufassal aks ettira oladi; 4. iktografik yozuvda so‘z tartibi, so‘z formalari noaniq. bo‘lsa,ideografik yozuvda bu masalalar umuman xal qilingan. 5. Piktografik yozuv sub‗ektivlikka, ixtiyoriylikka yul quysa,ideografik yozuv barqaror logogrammadan tashkil topgan. Fonografik yozuv. Yozuvning soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga utish edi. Bu so‘z grekcha bo‘lib, u 1ogos yozaman degan ma‗nolarni anglatadi. Shunday qilib, fonografik yozuv tilni faqat grammatik tuzilishni ifodalamay, balki uning fonetik tuzilishini, ya‗ni suzning tovush tartibini xam aks ettiradi. Fonografik yozuv bir turli bo‘lmay, u ham ko‘p ko‘rinishlarga ega. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi qadimdan turli yozuv tizimidan foydalanib kelgan. O‘zbek yozuvlari tarixida amalda ishlanib kelgan asosiy yozuv sistemasini fonografik, ya‗ni tovush yozuvi, xarfiy yozuv yoki alfavit tashkil etilgan. O‘zbek xalqi O‘rta Osiyoning boshqa xalqlari oromiy, yunon, karoshta, sugd, xorazm, kushon, eftalit,suriya, xind, urxun(runiy), paxlaviy, arab, yozuvlari kabi bir qancha yozuvlardan foydalangan. III. Xozirgi o‘zbek adabiy tili (yozuv) quyidagi tamoyillarga suyanadi: Fonetik printsip.So‘z tartibida nutq tovushlarining yozuvda maxsus grafik shakl orqali eshitilishiga qarab, sistemaga solib berilishi fonetik printsipi deb yuritiladi; bog- ga-boqqa, tog-ga-toqqa). Morfologik printsip.So‘z o‘zagiga qo‘shiluvchi morfemalarning yozuvda to‘liq yoki qisman bir sistema asosida aks ettirilishi yoki ularning variantlaridan birini tanlab olib yozilishi asosida bir xilliqqa erishish morfologik printsip deyiladi: keldim, bordim. Tarixiy traditsion printsip.So‘zlarning xozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadimdan o‘zlashib qolgan formada yozilishi orfo-grafiyaning tarixiy-traditsion printsipini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, tarixiy-traditsion printsiga asosan so‘zlar xozirgi xolatiga ko‘ra emas, balki an‗ana to‘siga kirib qolgan qoidaga ko‘ra yoziladi: kabutar, masjit, imoi. IV. Yuqorida keltirgan yozuvlardan tashqari xozirgi vaqtda maxsus yozuvlardan xam keng foydalanishadi. Stenografiya va transkriptsiya-yozuvning ana shunday maxsus turiga kiradi. Stenografiya. Bu so‘z ikkita grek so‘zidan tuzilgan bo‘lib, tor yozaman degan ma‗noni anglatadi. Transkriptsiya. Transkriptsiya so‘zi lotin tilidan kelib chiqib, ko‘chirib yozish degan ma‗noni anglatadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling