Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
matnshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-ma’ruza MATN TARKIBIDA NOODATIY BIRIKMA- LARNING GRAMMATIK STRUKTURASI Tayanch sо‘z va iboralar
Nazorat savollari:
1.”Murakkab sintaktik qurilma” termini haqida tushuncha. 2. Matnning murakkab sintaktik qurilma bilan о‘zaro munosabati. 3. Matnda periodlarning qо‘llanish xususiyatlari. 4. Gap va matnning sintaktik tahlili orasidagi umumiy hamda farqli holatlar. 16-ma’ruza MATN TARKIBIDA NOODATIY BIRIKMA- LARNING GRAMMATIK STRUKTURASI Tayanch sо‘z va iboralar: sо‘z birikmasi, turgun sо‘z birikmalari, frazeologizmlar, noodatiy birikmalar, oksyumaronli birikmalar, oksyumaronlarda predikativ munosabat. Ma’lumki, til sistemasida sо‘zlar о‘zaro turli-tuman aloqaga kirishadi. Sо‘zlarning tobelanish yо‘li bilan о‘zaro bog‘lanishi ham ana shu tizimning juda muhim qismini tashkil etadi. Ikki va undan ortiq mustaqil sо‘zdan tuzilib, tobelanish aloqasi asosida bir grammatik butunlik, semantik yaxlitlikni tashkil etgan har bir kompleks sо‘z birikmasi sanaladi. Sо‘z birikmasini tashkil qilgan komponentlar mustaqil ma’noli sо‘zlar bо‘lib, о‘z ma’nolarini saqlagan holda boshqa bir birikmani hosil qilishda ishtirok etadi. Agar bir sо‘z birikmalarini ularga yaqin, yondosh bо‘lgan boshqa bir til hodisasi – turg‘un sо‘z birikmalar yoki frazeologizmlar bilan chog‘ishtirib kо‘rsak, frazeologizmlar deb atalgan birlikni tashkil etuvchi sо‘z (komponent)lar hammasi birlashibgina yaxlit, bir butun ma’noni (lug‘aviy, leksik ma’noni) ifodalaydi va u kо‘pincha sintaktik qismlarga bо‘linmaydi1. Boshqacha qilib aytganda, turg‘un birikmaning formal tomoni emas, balki о‘sha birikmani tashkil etuvchi komponentlarning jami, yig‘indisi yaxlitlikda butun bir ma’noni ifodalaydi: quloq osmoq – tinglamoq, holdan toymoq – charchamoq, kо‘ziga qaramoq – ehtiyot bо‘lmoq kabilar. Sо‘z birikmasini tashkil etgan komponentlar biror markaziy sо‘z atrofiga uyushadi, sо‘zga о‘xshab sо‘z о‘zgarish tizimi bilan bog‘liq bо‘ladi. Sо‘z birikmasi о‘z tarkibidagi hokim komponentning qaysi sо‘z turpkumiga kirishiga qarab ot birikma (bu yigit, chiroyli bog‘, о‘qigan talaba, onamning rо‘moli kabi), fe’l birikma (bolani chaqirmoq, yayov yurmoq kabi), ravish birikma (ovozdan tez, о‘qdan tez kabi) singari turlarga bо‘linadi. Shu bilan birga sо‘z birikmalari tobe komponent qanday sintaktik vazifani bajarishiga qarab atributiv birikma (yaxshi bola, chiroyli kuylak kabi), qaratqichli birikma (uning orzusi, bobomning hassasi kabi) , holli birikma (tez yuradi, ertaga boradi kabi), tо‘ldiruvchili birikma (uni topdim, undan oldim kabi) singari guruhlarga ajratib tasnif qilinadi2. О‘zbek tilida noodatiy birikmalar ham xuddi ana shunday tobe-hokim bо‘laklarning munosabati asosida shakllanadi, ya’ni noodatiy birikmalarning shakllanish jarayoni, formasi tildagi sо‘z birikmalariga mos keladi, lekin ifodalaydigan ma’no, semantik munosabat noodatiy xarakter kasb etadi, ya’ni “predmet va uning belgisi” semantik munosabati kutilmagan ma’no qirralariga ega bо‘ladi. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, noodatiy oksyumaronli birikmalar matn tarkibida asosan ikki komponentdan iborat bо‘ladi hamda о‘zaro atributiv munosabatga kirishadi hamda sifat + ot, sifatdosh + ot, ot + ot, son + ot singari grammatik modellari asosida tuziladi, ya’ni noodatiy birikmalarning asosiy qismi otli birikmalardir. О‘z vaqtida taniqli rus tilshunosi P.A.Lekant tomonidan aytilgan quyidagi fikr bevosita о‘zbek tilidagi noodatiy birikmalar tizimiga ham muvofiq keladi: “Predmet va uning belgisi” semantik modelli sо‘z birikmalari uchun asosan atributiv munosabatlar xarakterlidir”3. Olib borilgan statistik tahlillar tilimizdagi barcha noodatiy oksyumaronli birikmalarning 52 foyizini atributiv munosabatli birikmalar tashkil etishini kо‘rsatdi. Shu bilan birga tilimizda fe’lli noodatiy birikmalar ham bor. “Sо‘z estetikasi” nomli risola mualliflari bunday birikmalarni “g‘ayriodatiy birikmalar” deb nomlab, uni quyidagicha izohlaydilar: “G‘ayriodatiy birikmalar ...”mutlaqo individual fikrlarni” individual holatda ifodalash vositalaridan biridir. Odatiy bо‘lmagan birikmalar о‘zlarining “yangiligi”, individualligi va ayni g‘ayriodatiyligi bilan tezda diqqatni о‘ziga tortadi. Kitobxon beixtiyor bunday birikmalar ustida о‘ylay boshlaydi, natijada yozuvchining niyatiga chuqurroq tushunadi. Shuning uchun ham odatiy birikmalarga qaraganda, g‘ayriodatiy birikmalar badiiylik nuqtai nazaridan kо‘proq ahamiyatlidir”4. Masalan, shoir Maqsud Shayxzodaning “Shoir qalbi dunyoni tinglar” she’ridan olingan quyidagi parchaga e’tibor qarataylik: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling