Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi
-ma’ruza “MATN TILSHUNOSLIGI” FANIDA KOGNITIV
Download 0.52 Mb.
|
matnshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 5. Deyksis va nutqiy muloqot mazmunining matnda ifodalanishi.
15-ma’ruza
“MATN TILSHUNOSLIGI” FANIDA KOGNITIV TAHLIL VA PRAGMALINGVISTIKA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH Tayanch sо‘z va iboralar: voqelikning lisoniy va kognitiv idroki, konsept, geshtalt, skript, freym, spenariy kabi kognitiv hodisalarning matn bilan munosabati konsept turlarining о‘zbek matnlarida ifodalanish usullari, matnda parametrlash va optimallashtirish usullari, deyksis va deyktik iboralarning matn tarkibida namoyon bо‘lishi. “Lingvistika” (о‘zbek tili) ixtisosligi bо‘yicha ta’lim olayotgan magistrlarga 2000 yilda “Matn tilshunosligi” fani kiritilgan edi. Shundan keyin bu fandan ma’ruzalar matni va uslubiy qо‘llanma tuzib nashr etildi1. Bu ishlarda “Nutqda tilning qо‘llanilishi va matn tilshunosligi”, “Matn tilshunosligining о‘rganilish tarixi”, “О‘zbek tilshunosligida ain va uni о‘rganish muammolari”, “Matn va uning komponentlari”, “Matn komponentlarining pog‘onali munosabati”, “Matn va nutq derivatsiyasi”, “Mikro va makromatn munosabati”, “Matn va nutq derivatsiyasi”, “Matn tilshunosligi va dialog muammosi”, “Matn strukturasining sintagmalarga bо‘linishi” kabi mavzularni о‘rganish kо‘zda tutilgan. Lekin hozirgi kunga kelib, matn tilshunosligining tadqiqot doirasi yanada kengaydi. Shunga kо‘ra shu fan bо‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy о‘quv dasturi tarkibiga matnning kognitiv tilshunosligi bilan munosabati hamda matn va pragmalingvistika muammolarini о‘rganishni ham kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu о‘rinda dastlab kognitiv tilshunoslikning predmeti va vazifalari, “Kognitiv tilshunoslik” tushunchasining mohiyati va uning matn tilshunosligi bilan aloqadorligi muammosi о‘rganilishi lozim. Shundan keyin kognitologiyaning tayanch nuqtasi va matn turlari, kognitiv fonologiya va uning matnni о‘rganishdagi о‘rni haqida magistrantlarga ma’lumot berish yaxshi samara beradi. “Matn tilshunosligi” faniga doir keyingi mashg‘ulotlarda voqelikning kognitiv va lisoniy idroki jarayonida grammatik tizim birliklarining о‘rni, voqelikning miyada aks etishi va uning matndagi ifodasi muammolari ham о‘rganilishi maqsadga muvofiqdir2. “Matn tilshunosligi”ga doir mashg‘ulotlarda “konsept” tushunchasining mohiyati va uning matn tilshunosligi bilan aloqadorligi. “Baxt va baxtsizlik”, “aql va aqlsizlik” konseptlarining о‘zbek matnlarida ifodalanish usullari ham о‘rganilishi kerak. Shu bilan birga kognitologiyaning asosiy tushunchalaridan bо‘lgan “ssenariy”, “skript”, “freym”, “geshtalt” kabilarning mohiyati va ularning matn bilan aloqadorligi, lison va madaniyatning о‘zaro munosabati, uning matndagi in’ikosi, til va madaniyat о‘rtasidagi munosabatning izomorfligi, determinizmi, ularning matndagi ifodasi. E.Sepir-B.Uorf farazi, uning til va madaniyat о‘rtasidagi munosabatni о‘rganishdagi ahamiyati masalalari haqida magistrantlarga yetarli ma’lumotlar berilishi zarur3. “Matn tilshunosligi” fani bо‘yicha mashg‘ulotlarda matnning pragmalingvistik tahlili masalalari, “pragmatika” tushunchasining mohiyati va uning matn bilan munosabati muammolarini о‘rganishni rejalashtirish lozim4. Shu bilan birga matnni о‘rganishning kommunikativ-pragmatik yо‘nalishi va uning asosiy muammolari, matnni shakllantirishda parametrlash va optimallashtirish usullarining roli, N.Xomskiy ta’limoti va uning matnda lisoniy qobiliyatning о‘rnini о‘rganishdagi ahamiyati, bilvosita nutqiy muloqot va matnning semantika hamda pragmatikaga munosabati, bilvosita nutqiy aktlarning ifoda va mazmun jihatdan turlari, ularning matn bilan aloqadorligi, nutqiy akt nazariyasi va matnda kommunikativ maqsadning ifodalanish yо‘llari, nutqiy akt mazmunining shakllanishi va uning matndagi in’ikosi kabi qator masalalarni ham “Matn tilshunosligi” fanida о‘rganish maqsadga muvofiq5. Hozirgi zamon nazariy tilshunosligining rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda “Matn tilshunosligi” fanida magistrantlarga deyksis va nutqiy muloqot matni, matnda mazmunning ifodalanish yо‘llari, matnda mantiqiy va lisoniy umumlashtirish, uning deyksis bilan munosabati, deyktik iboralar va ularning bola nutqida matnni shakllantirishdagi о‘rni, shaxs deyksisi va uning matnni shakllantirish imkoniyatlari, makon va zamon deyksislari, ularning matnni shakllantirishdagi о‘rni, emotsional deyksis, sotsial deyksis va graudonimiya (darajalanish)ning matn tarkibidagi о‘ziga xos belgilari ham о‘rganilishi zarur6. Umuman olganda, “Matn tilshunosligi”da nutqiy muloqot tizimi, diskursning matnning tarkibiy qismi sifatidagi tuzilishi va uning komponent tahlili, muloqot strukturasining tarkib topishi va bunda diskursning matn tarkibiy qismi sifatidagi о‘rni, nutqiy muloqot tizimining kо‘p bosqichli xarakteri va diskurs hamda matn tushunchalari, diskurs lisonning gapdan yuqori turadigan sathi sifatida va uning matn tilshunosligidagi о‘rni singari qator dolzarb pragmalingvistik muammolar ham yoritilishi maqsadga muvofiq7. Buning uchun, bizningcha, “Matn tilshunosligi” fani bо‘yicha rejada kо‘zda tutilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar miqdorini kо‘paytirish, shu fan bо‘yicha tuzilgan namunaviy о‘quv dasturini qayta ishlab, tо‘ldirilgan holda nashr ettirish zarur, degan fikrdamiz. Nazorat savollari: 1.Matnda konseptning lisoniy voqelanish jarayoni. 2. Ssenariy, skript, freym, geshtalt kabi kognitiv hodisalarning matn tarkibida namoyon bо‘lish xususiyatlari. 3. Matnni о‘rganishning kommunikativ-pragmatik yо‘nalishi haqida tushuncha. 4.Matnda pragmatik mazmunni shakllantiruvchi vositalar haqida. 5. Deyksis va nutqiy muloqot mazmunining matnda ifodalanishi. 6. Diskursning tuzilishi va uning matn tarkibidagi о‘rni. 7. Matnni kognitiv-pragmatik yо‘nalishda о‘rganishning istiqbollari haqida. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling