2
О‘quv topshirig‘i
Matnning tema-rema qurilishi nechanchi bosqich?
Uning ikkinchi bosqichi qanday bosqich?
3
О‘quv topshirig‘i
Kommunikativ reja nima va u qanday tuziladi?
“Mavzu referent vaziyatining - poydevori, shu poydevor asosida mazmun shakllana boshlaydi” fikrini izohlang.
|
4
О‘quv topshirig‘i
Matn mazmunida qanday qatlamlar ajratiladi?
Propozitsiya matnda qanday ahamiyat kasb etadi?
|
5
О‘quv topshirig‘i
“Matn mazmunining shakllanishi uni yaratuvchi shaxsning kognitiv va kommunikativ qobiliyati bilan bog‘liq” fikrini izohlang.
|
“MATN LINGVISTIKASI” fanidan GLOSSARIY
Anafora -
|
|
She’riy misralarning boshida yoki nasriy asardagi gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh sо‘z va iboralarning takrorlanib kelishi.
|
Antiteza -
|
|
Badiiy asarda bir-biriga zid ma’noli sо‘zlarni yonma-yon qо‘llash, qarshilantirish san’ati.
|
Antifraza-
|
|
Ironiyaning bir kо‘rinishi bо‘lib, biror shaxs yoki predmetga xos bо‘lgan u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgili intonatsiya bilan inkor qilishga aytiladi.
|
Allegoriya-
|
|
Qochirim, kesatish, pichingga asoslangan ma’no kо‘chishi
|
Alliteratsiya-
|
|
Misralar, undagi sо‘zlar boshida bir xil undosh tovushlarning takror qо‘llanishi: Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz...
|
Amfiboliya-
|
|
Ikki xil talqin etish, ikki ma’noda tushunish mumkin bо‘ladigan gap. Bu //ahmoq odam emas. Bu ahmoq // odam emas.
|
Apastrofa-
|
|
Jonsiz predmetlarga jonli narsadek murojaat qilish va shunday munosabatda bо‘lish
|
Argo-
|
|
Yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifa vakillari о‘rtasida tushunarli bо‘lgan, boshqalar tushunmaydigan lug‘aviy birliklar.
|
Arxaizm-
|
|
Ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi.
|
Assonans-
|
|
Aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladiganohangdoshlik.
|
Aferezis-
|
|
Oldingi sо‘zning sо‘nggi tovushi ta’sirida keyingi sо‘z boshidagi tovushning tushishi. Aytar edi → aytardi.
|
Varvarizm-
|
|
Ona tiliga о‘zlashmagan, о‘zga til hodisasi sifatida qо‘llangan sо‘z yoki ibora: madam, missis, mersi...
|
Vulgarizm-
|
|
Adabiy tilga kirmaydigan dag‘al sо‘z va iboralar.
|
Geminatsiya-
|
|
Qо‘sh undoshlik. Ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi: uchchida, teppasida...
|
Giperbola-
|
|
Narsa-hodisa, jarayonlarning belgi-xususiyatini, holatini о‘ta bо‘rttirib tasvirlash.
|
Gradatsiya-
|
|
Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishidan iborat uslubiy jarayon.
|
Demunitiv shakl-
|
|
Kichraytirish shakli (deminutiv shakl, deminitus): qizcha, tugunchak, kelinchak.
|
Jargon-
|
|
Biror guruh vakillarining, о‘z nutqi bilan kо‘pchilikdan ajralib turish maqsadida, о‘zicha mazmun berib ishlatadigan sо‘z va iboralari.
|
Jonlantirish-
|
|
Jonsiz predmet, mavhum narsalarga insonga xos xususiyatlar berib tasvirlash usuli. PersonifikatsiY. Tashxis.
|
Intellektual leksika-
|
|
Ma’lum bir tushunchanigina ifodalab, qо‘shimcha emotsional-ekspressiv bо‘yoqqa ega bо‘lmagan sо‘zlar
|
Ironiya-
|
|
Sо‘z va iboralarning kesatiq yoki piching bilan о‘z ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi.
|
Kakofemizm-
(disfemizm)
|
|
Ayrim tushunchalarni qо‘pol va dag‘al usulda ifodalash. Evfemizmning teskarisi. Masalan: о‘ldirmoq-jonini jahannamga jо‘natmoq, asfalasofilinga ravona qilmoq kabi ifodalar.
|
Kalambur-
|
|
Sо‘z о‘yini. Kо‘p ma’noliligiga, fonetik tuzilishi bir xilligiga yoki yaqinligiga asoslanadigan usul
|
Kanselyarizm-
|
|
Rasmiy stilga xos sо‘z va nutq shakllari
|
Kataxraza-
(Oksyumoron)
|
|
Qarama-qarshi tushunchalarni bog‘lash, sо‘zni о‘z asl ma’nosiga muvofiq bо‘lmagan holda qо‘llash: oq tunlar, qizil siyoh kabi.
|
Kinoya-
|
|
Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga nisbatan qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, piching bilan ishlatishdan iborat kо‘chim.
|
Kontaminatsiya-
|
|
Biror munosabat, tasavvurga kо‘ra о‘zaro bog‘liq bо‘lgan ikki sо‘z yoki iborani birlashtirish yо‘li bilan yangi sо‘z yoki iboraning hosil bо‘lishi. Masalan, erga tegmoq // turmushga chiqmoq = erga chiqmoq
|
Kо‘chim-
|
|
Badiiy ifodalilikni oshirish uchun kо‘chma ma’noda qо‘llangan nutq birligi, ramz bilan qо‘llangan sо‘z.
|
Litota-
|
|
Narsa, hodisa yoki belgining hajmi, kuchi kabilarni kamaytirib tasvirlash.
|
Majoz-
|
|
Mavhum tushuncha yoki g‘oyalarni aniq obraz orqali ifodalash. Ayyorlik belgisiga egalik-tulki.
|
Maqol-
|
|
Chuqur ma’noli, tuzilishi gapga teng, alohida ritmik-melodik xususiyat larga ega bо‘lgan folklor janri
|
Metateza-
|
|
Sо‘zdagi tovushlarning о‘rin almashinishi: kiprik-kirpik, tuproq-turpoq kabi.
|
Metafora-
|
|
Bir predmetning nomini boshqa predmetga shakl, belgi va harakat о‘xshashligini e’tiborga olib kо‘chirish.
|
Metonimiya-
|
|
Bir predmet, belgi, harakat nomini о‘zaro tashqi yoki ichki bog‘liqlik asosida boshqa predmet, belgi yoki haraktga nisbatan qо‘llash.
|
Monolog-
|
|
Sо‘zlovchining о‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq.
|
Muvaqqat ma’no-
|
|
Sо‘zning ma’no tuzilishida shakllanib yetmagan, ma’lum individual qо‘llanishda yuzaga chiqadigan ma’no. Okkazional ma’no. San’atimiz gullari, shabada yо‘rg‘aladi kabi.
|
Okkazionalizm-
|
|
Mahsuldor bо‘lmagan model asosida yasalgan va faqat shu nutqiy matnning о‘zida qо‘llangan sо‘z, individual-uslubiy neologizm.
|
Oksyumoron-
(Kataxraza)
|
|
Mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan ikki tushunchani qо‘shib qо‘llash. Baqirgan sukunat, qizil qor, shirin g‘am
|
Parallelizm-
|
|
Yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bо‘lishi.
|
Parafraza-
|
|
Tasviriy ifoda. Narsa, hodisani о‘z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi-xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalash. Zangori olov-gaz, dala malikasi- makkajо‘xori kabi.
|
Professionalizm-
|
|
Tildagi kasb-hunarga oid bо‘lgan sо‘z va iboralar
|
Ritorik sо‘roq-
|
|
Faqat sо‘roq shaklida ifodalanib, kuchaytirishdan iborat uslubiy vosita; javob talab qilmaydigan sо‘roq gap.
|
Sarkazm-
|
|
Achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, piching
|
Simvol-
|
|
Badiiy nutqda hayotiy voqea, tushuncha va predmetlar ifodasi uchun sо‘zlarning
ma’lum ravishda kо‘chma ma’noda ishlatilishi.
|
Sinekdoxa-
|
|
Bir predmet nomining boshqa predmetga butun va qism munosabati asosida kо‘chishi, butunning nomi qismning nomi yoki aksincha bо‘lib qolishi
|
Tabu-
|
|
Diniy e’tiqod, irim, qо‘rqish va shu kabilar ta’sirida sо‘zning ishlatilishini cheklash yoki man etish. Chayon-oti yо‘q, bо‘ri-jondor kabi
|
Tavtologiya-
|
|
Bir fikrni boshqa sо‘z yoki sо‘zlar bilan takroran ortiqcha qо‘llash: oyoq bilan tepish, gap gapirmoq kabilar.
|
Takror-
|
|
Ayni bir sо‘z, ibora yoki sintaktik shakllarning muayyan maqsad bilan qaytarilishi.
|
Figural ma’no-
|
|
Voqelik bilan bevosita bog‘lanmaydigan, narsa, belgi, haraktning nomiga aylanmagan ma’no. Figural ma’no voqelik bilan nomlovchi ma’no orqali bog‘lanadi. Ovozining shirasi qochgan.
|
Evfemizm-
|
|
Narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi, ikkiqat-og‘iroyoqli, homilador.
|
Evfoniya-
|
|
Nutqning tovushlar takrori orqali yuzaga chiqariladigan xushohangligi.
|
Ekzotizm-
|
|
О‘zlashgan sо‘zlar, nutqqa alohida bir о‘ziga xoslik berish uchun qо‘llaniladigan sо‘zlar.
|
Ekspressiya-
|
|
Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi va ma’nodor bо‘lishi.
|
Emotsiya-
|
|
Insoniy his-tuyg‘u, kechinma va hissiyotlarning til birliklarida ifodalanishi.
|
|
Emfaza-
|
|
Nutqning kо‘tarinki ruhda bо‘lishi, emotsionallikning kuchli bо‘lishi: Amr et, Tojixon, amr et... Emfaza takror yordamida yuzaga chiqyapti.
|
|
Enantiosemiya-
|
|
Bir sо‘zning semantik tuzilishida zid ma’nolarning yuzaga kelishi. Chiqmoq-ichkaridan tashqariga harakatlanish, transportda ichkariga harakatlanish. Bosh-yо‘lning boshlanishi va yakuni
|
|
Epifora-
|
|
Anaforaning teskarisi. Parallel tuzilgan nutq parchalari oxirida ayni bir elementning takrorlanishidan iborat uslubiy vosita
|
|
О‘xshatish-
|
|
Ikki narsa yoki hodisa о‘rtasidagi о‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini tо‘laroq, aniqroq, bо‘rttiribroq kо‘rsatib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |