Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya yo


Muloqotning shakllari va bosqichlari


Download 100.76 Kb.
bet3/9
Sana20.01.2023
Hajmi100.76 Kb.
#1104806
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yoldosheva Nargiza sotsial psix....Kurs ishi

2. Muloqotning shakllari va bosqichlari.
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lgan odam o`zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo`lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o`zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o`zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O`zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko`rishadi, so`rashadi, xol - ahvol so`raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog`da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o`ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi.
Ekstrovert va introvert toifali shaxslar 
Bu tiplar muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko`ra farqlanadi. Masalan, 
ekstrovert — o`ta muloqotga kirishuvchan, o`zini odamlar guruhisiz tasavvur qila 
olmaydigan shaxsdir.
Introvert esa ekstrovertning teskarisi. U ko`proq ichki dialog formasidagi 
muloqotni afzal ko`radi, ya’ni yolg`izlikda mulohaza yuritish, o`zi haqida o`ylash 
va shunga o`xshaganlar uning uchun asosiy ishdir.
Mobil va rigid toifali shaxslar 
Bu shaxs tiplari muloqotga kirishish me’zoniga ko`ra farqlanadi. Masalan, 
mobil tip har qanday ish bilan mashg`ul bo`lgan sharoitda juda tez muloqotga kirishadi, lekin boshqa narsalarga ham diqqatini ko`chirishi mumkin. U tez gapiradi, doimo shoshadi, yuz ifodalari ham tez o`zgaradi.

Download 100.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling