Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya yo
Download 100.76 Kb.
|
Yoldosheva Nargiza sotsial psix....Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan qisqacha xulosa
Rigid suhbatdosh esa uning aksi. Bunday shaxs qatiyatli, dadil bo`lsa ham,
bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko`chishi juda qiyin, u ma’lum muddatni talabqiladn. Dominant va tobe toifali shaxslar Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi, bo`lmasa, indamasligi ham mumkin. U doimo suhbatdoshga ta’sir ko`rsatishi, uning bo`ysunishini xohlaydi. Unda egoizm hissi kuchli, Tobe tipli shaxs esa suhbatdoshning qarashlariga moslashadi, doimo yon berishga tayyor, shuning uchun u kam janjallashadi, lekin yomon ko`rib qolgan odami bilan umuman gaplashmaydi. Suhbat sharoitidagina u asta-sekin o`zining dadilligini ko`rsatishi, ochiq gaplashishi, ba’zan e’tirozlar bildirishi mumkin Mavzu yuzasidan qisqacha xulosa: Ushbu mavzuda shaxsning ijtimoiy munosabatlarda mavqei, roli, ustanovkalari, talablar tizimi, ijtimoiylashuvi xususiyatlari, muloqot davomida namoyon bo`ladigan turli toifalari to`g`risida ma’lumot va tushunchalar berilgan. Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g`oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo`lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o`rtasida aloqa vositasi bo`lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda og`zaki nutq. Og`zaki nutqning o`zi dialogik va monologik turlarga bo`linadi. Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo`lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog`liq bo`ladi Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bo`lib, uning psixologik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud Download 100.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling