Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya yo


Download 100.76 Kb.
bet1/9
Sana20.01.2023
Hajmi100.76 Kb.
#1104806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yoldosheva Nargiza sotsial psix....Kurs ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
4-KURS 019-39 (amaliy psixologiya) guruh talabasi


YO’LDOSHEVA NARGIZAning


SOTSIOLOGIYA PSIXOLOGIYA FANIDAN YOZGAN


KURS ISHI

MAVZU: MULOQOT PSIXOLOGIYASI

Bajardi: N.Yo’ldosheva
Qabul qildi: L.O’rinova


QARSHI-2022

1


MUNDARIJA
Kirish

Asosiy qism


1.Muloqot haqida tushuncha


2. Muloqotning shakllari va bosqichlari.


3.Muloqotning verbal va noverbal vositalari


Xulosa va tavsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Yurtimizning ertangi kuni, taqdiri bugun ta’lim maskanlarida o’qiyotgan millionlab yoshlar qo’lida ekanini ko’z oldimizga keltirsak, Prezidentimizning yosh avlod ta’lim-tarbiyasini davlat siyosati yetakchi masalalaridan biri darajasiga ko’targanligining mazmun-mohiyati psixologik xizmatning oldiga mas’uliyatli vazifalarni qo’yadi.


Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyulidagi 577-sonli qarorida kasb-hunar maktabi psixologik xizmatining maqsad va vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risi”gi PF-60 sonli farmonida inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy-axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo’yicha bir nechta vazifalar belgilab berilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O’RQ-637-sonli qonuniga muvofiq, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilishni taqozo etadi.
Psixologiyada muloqot dolzarbdir, nafaqat psixologiya yashash tarzida, kundalik ish, tadbirkorlik, shifokorlik va barcha sohalarda muloqot xulqi jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir.
Insonlarning muloqot madaniyatiga rioya qilishi ijtimoiy taraqqiyotning garovlaridan biridir. Muloqotning interaktiv funksiyasi ham kommunikativ funksiyasi kabi o‘ta muhim ekanligi yoritilmoqda.
Bugungi kunda muloqot shakllarini, notiqlik san’ati sirlarini o‘rganish, o‘z fikrini bayon qilayotganda har bir til vositasini kerakli va lozim bo‘lgan o‘rinda qo‘llash, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat, deb hisoblanishi kerak.
Muloqot jarayonida tinglovchilarga ta’sir o‘tkaza olish juda muhim vazifadir.. Insonlarning muloqot xulqi uning kuchli jihati hisoblanadi. Shu bois bu sohani o‘rganish va o‘rgatish, bu borada ilmiy izlanishlar olib borish va muassasamizda amalda olib borish kerak.
Yuqorida ta’kidlangan zaruratdan kelib chiqib tadqiqotimizni muloqot xulqi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga qaratdik.

Download 100.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling