Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti


Download 1.52 Mb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1057614
  1   2   3   4
Bog'liq
векторли растрли графика


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI INSTITUTI
Mevachilik va uzumchilik yo`nalishi 105-gurux
MAVZU
Vektorli va rastorli grafikada ishlovchi dasturlar va ularni qo`llanish sohalari
Bayramova Sevinch
Qishloq xo`jaligida axborot komunikasion nexnologiyalar fanidan
Maʼlumki inson eshitish va sezish kanallariga nisbatan koʼrish kanalari orqali olgan maʼlumotlarni koʼproq oʼzida oʼzlashtiradi. Shu sabab katta hajmdagi maʼlumotlar grafik, diagramma, rasm va video koʼrinishda tasvirlanada. Masalan, biror bir kompaniya kunlik, oylik va yillik savdosi haqidagi maʼlumotlarini jadval koʼrinishda berilishi bilan grafik yoki diagramma koʼrinishda tasvirlanishini koʼz oldimizga keltirsak, albatta grafik yoki diagramma koʼrinishda berilganini tezroq anglab olamiz.
Zamonaviy kompьyuter texnolgiyasida kompьyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yoʼnalishlardan biri boʼlib bormoqda. Hozirda bu yoʼnalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shugʼullanmoqda.
Kompyuter grafikasi uchta turga bo‘linadi: rastrli grafika; vektorli grafika va fraktal grafika.
Kompyuter grafikasi va ular turlari
Rastrli (nuqtali) tasvirlar deb - bir xil o‘lcham va yacheykalarga ega bo‘lgan nuqtalar (piksellar) to‘plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Bu shakllarga u yoki bu usulda rang beriladi va bu ranglar fiksirlangan razryadli sonlar bilan kodlashtiriladi. Nuqtali tasvirlarlarning asosiy kamchiligi ularning fiksirlangan razmerga ega bo‘lib, ichki strukturaga ega bo‘lmasligi va xotirada ko‘p joy egalashidir. Fiksirlangan razmerga ega bo‘lganligi ularni kattalashtirish yoki kichiklashtirishda tasvir ko‘rinishining buzilishiga olib keladi. Ichki strukturaga ega bo‘lmasligi ularni taxrirlashda qiyinchilik tug‘diradi. Masalan galstuk taqqan odam rasmida galstuk bir oz qiyshiq chizilgan bo‘lsa, uni to‘g‘rilash rasmning shu joyida teshik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida uni to‘g‘rilash ancha mehnat talab qilishi ham mumkin. Nuqtali tasvirlarning xotiradan katta joy egallashi esa katta hajmli tasvirlarni qayta ishlash uchun maxsus kompьyuterlarni talab etadi.
Vektorli tasvirlar deb – tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan geometrik ob'ektlar to‘plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol tariqasida to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko‘p burchaklar, kesmalar va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob'ekt uchun ularning tashqi ko‘rinishlarini o‘zgartirish imkonini beradigan boshqarish parametrlari mavjud.
Masalan, aylana uchun boshqarish parametri sifatida uning diametri, rangi, turi, chiziq qalinligi va ichki sohasi rangi kabilarni olish mumkin. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo‘lishi mumkin. Vektorli tasvirlarni nuqtali tasvirlarga aylantirish foydalanuvchi ishtirokisiz, amaliy dastur tomonidan amalga oshiriladi. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirga aylantirish foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi.
- bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matimatik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarini yaratishda ko‘proq qo‘llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsiyentlarini o‘zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling