Claydlar rejimi. Bu rejimda yangi slayd yaratish, uning belgisini o‘zgartirish, slayd matnini terish, taxrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxemasini o‘zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin. Yangi slayd yaratish uchun darchaning standart uskunalar panelidagi Slayd yaratish tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda Zagolovka slayda va Tekst slayda ko‘rinishdagi oddiy slayd yaratish varag‘i chiqadi. Ekranning o‘ng qismida slaydlar ko‘rinishlarini tanlash uchun bir qancha slayd maketlari tavsiya etiladi.
Ctruktura rejimi. «struktura rejimiga o‘tish» piktogrammasi ishga tushirilganda, tartiblangan xar bir slaydning matn va rasm ko‘rinishlari yoziladi. Bu rejimda matnli ma'lumotlarni kiritish, taqdimot turkumini boshqarish mumkin. Slaydlarning struktura rejimida ish yuritilayotganda slaydlarda turli amallar va keyingisiga o‘tkazish ishlarini bajaruvchi tugmachalar darchaning chap qismida paydo bo‘ladi.
Maxsus effektlarni o‘rnatish. Maxsus effektlarni o‘rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o‘tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bu funktsiyani bajarish Power Point dasturining «perexod slayda» (slaydning o‘tishi) nomli muloqot darchasi orqali amalga oshiriladi.
«Pokaz slaydov» (Slaydlarni ko‘rsatish) — «Perexod slayda» (Slaydning o‘tishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |