Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish


Download 351.76 Kb.
bet48/89
Sana06.05.2023
Hajmi351.76 Kb.
#1434712
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
Bog'liq
2 5350805621841078110

11.2. Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish
Modellashtirish – ob’ektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo‘lgan hamda quriladigan modellarini o‘rganish va ishlab chiqishdir. Shunday ekan, tarbiya texnologiyalarini ham ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanish ularni yaxlit pedagogik hodisa sifatida uslublarini o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Modellashtirishning shakli va qo‘llanilishi foydalaniladigan modellar va ularni qo‘llash sohalariga bog‘liq. Tarbiya texnologiyalarining samaradorligini oldindan ko‘ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda modellashtirishdan foydalanish to‘g‘risidagi muammo “pedagogik modellashtirish” nomini olgan.
Modellar xarakteriga ko‘ra predmetli va belgili (informatsion) modellashtirishga bo‘linadi. Shartli ravishda ular asl ob’ektning belgilangan funksional xususiyatlarini ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatda maxsus reja asosida olib boriladigan tadqiqot modellari predmetli modellashtirish deb ataladi.
Jadvallar, chizmalar, formulalar kabi modellar belgili modellashtirish sifatida namoyon bo‘ladi.
Modellashtirilishi lozim bo‘lgan ob’ektning xarakteri va yosh xususiyatlariga ko‘ra avvalo, uning xulq-atvori (unda kechadigan tarbiyaviy jarayonlarga amal qilinishi) modellashtiriladi. Bunda tarbiya texnologiyasining quyidagi ikkita muhim jihatini e’tiborga olish zarur:
1. Barcha tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy jarayonni modellashtirish.
2. Pedagogik faoliyatda mukammal tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan o‘zaro tarbiyaviy faoliyatni modellashtirish.
Tarbiyaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanishning bayon etilgan nazariy asoslaridan tashqari yana bir nechta mustaqil, biroq o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga ega bo‘lgan tarbiyaviy jarayonning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • tarbiyaviy faoliyatda ob’ekt va sub’ektning o‘zaro kommunikativ munosabati;

  • bir maqsadga qaratilgan va aniq mazmunga ega tarbiyaviy metodlar;

  • uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon va uning ijobiy natijalari;

  • guruh jamoasi norasmiy yetakchisi (lideri)ning tarbiyaviy jarayonga ta’siri.


Download 351.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling