2-mavzu: Bakalavr mutaxassisligi bo’yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini o’rganish. Reja
Download 16.14 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari
2-mavzu: Bakalavr mutaxassisligi bo’yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini o’rganish. Reja:
Ilmiy-tadqiqot ishlarining turlari juda xilma-xil. Ular o’z vazifalari, xajmi va qamrab oladigan masalalarining mazmuniga ko’ra farqlanadi Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari Referat, odatda, ilmiy tadqiqot ishining dastlabki va eng oddiy turi hisoblanadi. U qandaydir masala moxiyatining, maqola, kitob, ilmiy ma’ruza va hokozalar mazmunining yozma ravishdagi bayonidan iborat. Ammo har qanday referat ham ilmiy-tadqiqot ishlari qatoriga kiritilavermaydi. U referat tayyorlashga turtki bulgan ilmiy ishning asosiy jixatlarini qisqacha tarzda qayta yoritib berishdan tashqari, unga baxo bera olsa hamda ilmiy ishda mavzu qay darajada tula va asosli ochib berilganligi to’g’risidagi xulosalar bilan yakunlansagina shunday sifatlarga ega bulgan sanaladi Referat Boshlovchi ilmiy xodimlar uchun referat o’ziga xos «kuchni sinab kurish» usulidir. Ilmiy ish asosida referat yozish fikr doirasining kengayishiga yordam beradi va adabiy manbalarni mustaqil ravishda qayta ishlash hamda ushbu manbalarda qayd etilgan ilmiy ma’lumotlarni qisqacha bayon etish kunikmalarini xosil qilish imkonini beradi. Referatning xususiy bir kurinishi avtoreferat bulib,unda muallif o’z ilmiy, ko’pincha dissertatsion ishidagi asosiy fikrlarni bayon etadi. Avtoreferatda muallif o’z tadqiqoti natijalarini, shuningdek, uning jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun qanday yangiliklar yaratayotganligi to’g’risidagi xulosalari hamda dalillarini qisqa shaklda ifodalay olishi lozim. Odatda, avtoreferatning boshida tanlangan ilmiy ishga qisqacha tavsif beriladi (aniq nomi, xajmi, to’zilishi, undagi jadvallar, chizmalar, suratlar, ilovalar soni, yakunlangan yili). Avtoreferat “Ilmiy daraja va unvonlarga taqdim etish tartibi to’g’risidagi Nizom”da dissertatsion ishning avtoreferati mazmuniga quyiladigan asosiy talablar belgilab berilgan. Unda «...dissertatsiyaning asosiy goyalari va xulosalari, ...mulallifning tanlangan muammolarni ishlab chiqishga qushgan xissasi, tadqiqot natijalarining yangiligi hamda axamiyatlilik darajasi ko’rsatilishi, shuningdek, dissertatsion ishning to’zilishi asoslab berilishi kerak”. Avtoreferat dissertatsiya sungida berilgan xulosalarga tula mos keladigan xulosalar bilan yakunlanishi, shuningdek, da’vogarning dissertatsiya mavzusi buyicha chop ettirgan ilmiy ishlari (maqolalari, ma’ruzalari. ilmiy axborotlari) ruyxati xech o’zgarishsiz aynan keltirilishi zarur. Avtoreferatning xajmi va mazmuni shunday bulishi kerakki, uni o’qigan kishi referatga asos bulgan ilmiy ishning mazmuni to’g’risida tula tasavvur xosil qilsin Odatda, fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyaning avtoreferati xajmi bir bosma taboqdan, doktorlik dissertatsiyasiniki esa ikki bosma taboqdan oshmasligi kerak. Download 16.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling