2-mavzu: Bakalavr mutaxassisligi bo’yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini o’rganish. Reja


Download 16.14 Kb.
bet3/4
Sana03.06.2024
Hajmi16.14 Kb.
#1841781
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza

Ilmiy maqola
Ilmiy maqolaning mazmuni boshqacha xususiyatga ega bulishi xam mumkin. U amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari to’g’risidagi ilmiy axborotdan xam iborat buladi. Ilmiy maqolada quyiladigan eng muxim talablar quyidagilar: unda kutarilgan masala dolzarb bulishi; xodisalar, voqealar, faktlar chuqur taxlil etilishi, umumlashma va xulosalar aniq hamda asoslangan bulishi shart. Maqolaning qimmatini uning mazmundorligi, unda yangi faktlar yoki muallifning yangicha talqinlari mavjudligi belgilaydi. Maqola quyidagicha to’zilishga ega buladi: mavzu (nomlanishi), muallifning ismi sharifi, annotatsiya, kalit so’zlar, kirish qismi, maqsad va vazifalar, tadqiqot usullari hamda uning tashkil etilishi, tadqiqot natijalari, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar.
Tadqiqot ishi
Tadqiqot ishi - qandaydir dolzarb mavzu, muammo (bir necha muammolar) yoki xodisaning chuqur tadqiqiga asoslangan ilmiy asar bo’lib, bunday ish, albatta, yangi faktik ma’lumotlar, muallifning (yoki mualliflarning) yangicha talqinlari hamda xulosalarini o’z ichiga olishi kerak. Tadqiqot ishining 2 asosiy turi bor - monografiya va serqirra (ko’p muammoli) ilmiy asar.
Monografiya (yunoncha «monos»-bir, yakka va «grafo»- yozaman)- qandaydir bitta mavzu yoki muammolar tomonlama urganiladigan tadqiqot ishi bo’lib, uning tarkibiga, odatda, shu mavzuga doir mufassal manbashunoslik hamda tarixiy obzor, shaxsiy ko’zatuv natijalari, shuningdek, adabiyotlarning bibliografik kursatkichlari kiradi. Monografiya yakka muallif yoki bir necha mutaxassis tomonidan hamkorlikda yagona umumiy reja asosida bajarilishi mumkin va u tekshirilayotgan masalaning aniq, izchil ravishda ochib berilishini ta’minlaydi. Ayrim ilmiy xodimlar orasida mavjud bo’lgan monografiyani yakka muallif yaratishi kerak, degan fikr tugri emas: «monos» so’zi mualliflarning soniga emas, ish mazmunining xususiyatiga bogliq.
Monografiya
Dissertatsiya (lotincha «disertatio»- muloxaza, tadqiqot)- magistr akademik darajasi, fan nomzodi va doktori ilmiy darajalarini olish maqsadida yakka muallif tomonidan omma oldida ximoya qilish uchun taqdim etiladigan tadqiqotchilik ishining o’ziga xos turidir. Shunga ko’ra dissertatsiya ishlari 3 xil bo’ladi: magistrlik, nomzodlik va doktorlik ishlari.
Dissertatsiya tarkibiga quyidagilar kiradi: titul varagi, mundarija, shartli belgilar, birliklar, ramz va atamalar ruyxati, kirish qismi (so’z boshi), asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati, ilovalar.

Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling