2-mavzu: Bakalavr mutaxassisligi bo’yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini o’rganish. Reja


Ilmiy obzorlarning o’z xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi turlari farqlanadi


Download 16.14 Kb.
bet2/4
Sana03.06.2024
Hajmi16.14 Kb.
#1841781
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza

Ilmiy obzorlarning o’z xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi turlari farqlanadi:
  • jurnallar yoki ilmiy tuplamlarning referativ obzori;
  • tadqiqotning muayyan mavzusi yoki ilmiy muammo buyicha adabiyotlarning ilmiy obzori;
  • ilmiy kongresslar, yirik anjumanlarning ishlari to’g’risida hisobot.

  • Qandaydir jurnal yoki ilmiy tuplamning ilmiy (refe­rativ) obzorini to’zish, birinchidan, ilmiy jamoa (kafedra, laboratoriya) a’zolarini maxsus ilmiy adabiy manbaning mazmuni bilan tanishtirish maqsadida, ikkinchidan, yosh ilmiy xodimlarda adabiy manbalarga ishlov berish kunikmasini hamda o’qilgan asar to’g’risidagi o’z fikr-muloxazalarini ularga tanqidiy baxo bergan xolda bayon etish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda, referativ obzorda ma’lum muddat mobaynida (3 oy, yarim yil, bir yil) nashr etilgan jurnallarning bir necha sonlari kurib chiqiladi.

Dastlab jurnal yoki ilmiy tuplamga umumiy tavsif beriladi - nashrning xajmi, davriyligi va chiqarilish joyi, jurnalning to’zilishi (undagi aloxida bulimlarning mavjudligi hamda ularning nomlanishi) haqida ma’lumotlar keltiriladi. Shundan keyin jurnalda (tuplamda) chop ettirilgan maqolalarga umumiy tavsif: o’ziga xos, qiziqarli ishlarning, gayri-oddiy xodisalarni ko’zatish natijalarining, obzorlar, taqrizlar va xakozakning umumiy miqdori, mualliflar xaqida ma’lumotlar beriladi. O’ziga xos ishlarga tavsif beruvchi ma’lumotlar, ulardan qanchasi tajribada aniqlanganligi alohida ko’rsatilishi lozim, chunki shunday ma’lumotlarning taxlili orqali jurnalning (tuplamning) ilmiy yunalishi xaqida xukm chiqarishga imkon buladi.
Muallif obzorning muayyan qonuniyatlariga rioya qilishi kerak.
Tadqiqotning muayyan mavzusi yoki ilmiy muammo buyicha adabiyotlarning ilmiy obzorini to’zish tinglovchi yoki o’quvchilarni adabiyotlardagi ma’lumotlarga kura u yoki bu masalaning ilmiy jixatdan ishlab chiqilishi xolati bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday obzorlarning mualliflari muxokama qilinayotgan masalaga aloqador adabiy ma’lumotlarni chuqur bilishi hamda ularni moxiyatiga kura baxolay olishi shart. Aslida, xar qanday salmoqali o’ziga xos ish, u ilmiy monografiya buladimi yoki dissertatsiyami, bundan qatiynazar, urganilayotgan masala yoki muammoni ochib berishga yordamlashuvchi adabiyotlar obzori bilan boshlanmogi kerak.
Ilmiy maqola jismoniy tarbiya va sportga doyr biron- bir masala buyicha muallifning isbotlangan hamda rivojlantirilgan muloxazalari, fikrlarining muayyan tizimi bayon etilgan xajman chegaralangan ilmiy asardir. Har qanday maqola asosiy, tayanch goyaga ega bulishi va u o’ziga xos tarzda rivojlantirilishi hamda asoslanishi kerak. Nazariy, usuliy maqolalar jismoniy tarbiya va sportning muxim, ammo, shu bilan birga xali yetarlicha tushunarli bulmagan yoki baxsli masalalarini ochib berishi lozim. Bunday maqolalar o’quvchiga sport fani rivojlanishining yangi yunalishlari yoxud uning aloxida soxalarini tushuntirib beradi, jismoniy tarbiya va sportning dolzarb masalalari moxiyatini chuqur ochib, ularni xal etish imkoniyatlarini kursatib boradi.

Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling