Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Download 351.76 Kb.
bet70/89
Sana06.05.2023
Hajmi351.76 Kb.
#1434712
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Bog'liq
2 5350805621841078110

Ta'lim vositalari - ta'lim samaradorligini ta'minlovchi obyektiv (darslik, o`quv qo'llanmalari, o`quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, komputer va boshqalar) va subyektiv (o'qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta'lim jarayoni - o'qituvchi va o`quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta'lim menejeri-ta'lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta'lim metodlari - ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmui.
Ta'lim muassasasi Ustavi - ta'lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta'lim maqsadi (o'qish, bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini belgilab beruvchi yetakchi g'oya.
Ta'limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o`quvchilar guruhi bilan o`quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo'yicha olib boriladigan ta'lim jarayoni.
Ta'lim tizimi - davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yoiida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta'lim muassasalari majmui. Ta'lim shakli - ta'lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o'zaro bog'langan ko'plab elementlar (tarkibiy qismlar) o'rtasidagi mustahkam birlik va o'zaro yaxlitlik.
Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos - ko'r) - ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o'rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.

Download 351.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling