Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Tuzuvchi: I.R.Radjabova Pedagogika fanlari nomzodi dotsent Taqrizchi


Download 351.76 Kb.
bet78/89
Sana06.05.2023
Hajmi351.76 Kb.
#1434712
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
Bog'liq
2 5350805621841078110

Tuzuvchi:
I.R.Radjabova Pedagogika fanlari nomzodi dotsent
Taqrizchi:
O.K.Xaydarova Pedagogika fanlari nomzodi dotsent

Fanning ishchi o‘quv dasturi Pedagogika kafedrasining 2022 yil ________№_____ yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri ___________________ dotsent. A.R. Soxibov
Fanning ishchi o‘quv dasturi Pedagogika fakulteti kengashing 2022 yil________№_____sonli yig‘ilishida tasdiqlangan va o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.

Fakultet dekani____________________________dotsent.I.A.Yuldoshev

Kelishildi
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: _________________ dotsent. P.R.Qurbonov

I. Fanning mazmuni bakalavrlarni pedagogik mahorat, pedagogik texnika va madaniyati nazariyasi hamda amaliyoti bo’yicha bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlashdir. Chunki, hozirgi zamon o’qituvchisi hayotimizda yuz berayotgan tub uzgarishlarning asosiy ishtirokchilaridan biri bo’lib, u har tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassis, vatani va xalqiga sodiq, pedagogik mahorat va layokatga ega bulgan, jamiyatdagi hamda kasb vazifalarini yaxshi bilgan shaxs etib tarbiyalashdan iboratdir.Fanning vazifasi: davr talabiga javob beradigan yosh mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur o’rgangan holda emas, balki ayni vaqtda buyuk insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, muomalaga kirisha oladigan, o‘z ishini puxta egallagan mohir mutaxassislar etib tayyorlashdan iboratdir. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1 -mavzu: Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni. O‘qituvchi faoliyatining tuzilishi. “Pedagogik mahorat” tushunchasi. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.Pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar, Pedagogik mahorat -pedagogik jarayon. O‘qituvchining umumiy madaniy saviyasi va qobiliyati. O‘qituvchilik faoliyatining tizimi, kasbiy maxorati xakida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati. O‘qituvchi faoliyatining asosiy yunalishlari. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika. 2-mavzu:O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. Pedagogik qobiliyatning asosi turlari. Empatiya va perseptiv kobiliyatlar. Didaktik tashkilotchilik,konstruktiv,kommunikativ, bilish va anglash kobiliyatlari. O‘qituvchi irodasi, sabr-toqati, maqsadga intilishi, uz xatti-xarakatlarining tugriligiga nisbatan kat’iy ishonchi, uning uz-uzini idora Kilish xamda boshkalarga ta’sir utkaza olish kobiliyati, xis-tuyg‘ulari va kayfiyatini boshkara olishi, uz zimmasiga javobgarlikni ola bilishi, ijodiy holatni tashkil eta olishi kabi sifatlari 3- mavzu: O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati. Muloqot orqali ta’sir etish. Muloqotga kirishish. Aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi, uning mohiyati, pedagogik ta’sir etish usullari. O‘qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qo‘llaniladigan muomala uslublari.O‘qituvchining kommunikativ kunikmasi: “Yuzni o‘qish san’ati”, o‘zgalar xolatiii tushuna olish, o‘zini namoyon qila bilish, nutq vositasi hamda so‘zsiz xolatda inson ruhiyatini tushuna olish. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari: ishontirish va ma’qullash. Ishontirishning og‘zaki shakllari: ogohlantiruvchi so‘zlar, tezlik bilan ta’sir etish, ijro etishgaundovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralar, hazil orqali anglatish, ma’qullash yoki ayblash. 4 -mavzu: O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. “Muloqot” atamasiningfalsafiy,ijtimoiy,psixologik va pedagogik mohiyati, muloqot birligi. Pedagogik muloqot, uning o‘ziga x os xususiyatlari. Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati. Pedagogik muloqotni tashkil etish bosqichlari va usullari. O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari. Muloqot jarayonida tashabbusni boshqarish. 5- mavzu: O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot. Dars hamda darsdan tashkari jarayonda o’qituvchi va o’quvchilar o‘rtasidagi muloqot, unga qo‘yiladigan talablar. O‘quvchilar jamoasida ularning e’tiborlarini jalb etish va ijodiy kayfiyatlarini yaratishda o‘qituvchi muloqotining ta’siri va uning ahamiyati, o‘quvchi bilan bulgan muloqot jarayonida uo’qituvchi tomonidan ishontirish va ta’sir etish usullaridan foydalanish. Muloqot jarayonini boshqarish uslublari. O‘qituvchi obro‘si. Avtoritar uslubdagi muloqot. Liberal uslubning o‘qituvchi faoliyatida namoyon: bo‘lish xususiyatlari. O‘qituvchining demokratik uslubdagi muloqoti - o‘quvchilar fikriga tayanish, ushbu fikrlarni ma’qullash shakli. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda berilgan muloqot turlari (dustona mulokot, qo‘rquv asosiga qurilgan muloqot, xazil-mutoyibaga asoslangan muloqot va boshqalar haqida. 6- mavzu: Pedagogik nazokat va odob-axloq. Pedagogik odob va pedagogik nazokat xaqidagi tushuncha Pedagogik nazokat tamoyillari va uning vazifasi. Pedagogik nazokat meyori: ixtisos soxasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisosga doyir vijdoni izzat-nafs va pedagogik oriyat. Pedagogik nazokat-o’qituvchi axloqining ijodiy ko‘rinishi.Pedagogik nazokatning zarurligi. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati O‘qituvchining dars jarayonidagi nazokati. Nazokat va taktika. 7- mavzu: Pedagogik texnika xaqida tushuncha pedagogik texnikani shakllaitirish uslublarи. Pedagogik texnika-o‘qituvchining fel-atvori, yurish-turishini tashkil etuvchi usullar majmuasi. Pedagogik texnika vositasi: verbal va noverbal kommunikatsiya. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. O‘qituvchining o‘z ruxiy xolatini boshkara olish texnikasi. Ish va tashki texnika. Psixotexnikaning ilmiy asoslari.Diqqatning taqsimlanishi, kuzatuvchanlik, muayyan obyektni tez anglay olish, aniq va yorqin tasavvur etish, badiiy sezgirlik. O‘qituvchining tashqi qiyofasi va unga qo‘yiladigan talablar. 8- mavzu: Nutk texnikasi va notiqlik madaniyati. Nutkning inson xayoti va jamiyat tarakkiyotidagi urni. Mutafakkirlar va pedagoglarning suz va nutkning ijtimoiy jamiyatda tutgan urni va roli xakidagi karashlari. Nutqning O‘qituvchi va o‘quvchi urtasidagi uzaro mulokot jarayonidagi asosiy boglovchi vosita ekanligi. Nutk organlari, nutk apparata. Til va nutk. Ogzaki nutkning psixologik tuzilishi;maqsadi (nima uchun gapiryapman?),mazmuni(nima demokchiman?). Nutk madaniyati haqida tushuncha uning unsurlari. Nutk texnikasi: nafas olish, ovozni yulga qo‘yish, uning tozalanishi, talaffuz,nutq sur’ati. O‘qituvchining nutq mahoratini takomillashtirish yo’llari. 9 -mavzu: O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati . O‘qituvchining o‘quvchilarni bilish (anglash) faoliyatini boshqarishdagi mahorati. Dars mazmunini o‘quvchilar tomonidan uzlashtirib olinishiga yordam beruvchi jixatlar,ularning qiziqish va faolliklarini oshirish kunikmasini xosil qilish. O‘qituvchi faoliyatida kutarinki ruh, yaxshi kayfiyat, ishga bo‘lgan xoxishning yegakchi o‘rin tutishi vaularni xosil qilish yullari. 10 -mavzu: O‘qituvchining tarbiya texnologiyalarn asosida faoliyat olib borishi. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari. Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish. Tarbiyaviy jarayon va tarbiya mazmunini modellashtirish. Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellashtirish. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik vositalardan foydalanish. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika).



Download 351.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling