Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Download 307.58 Kb.
|
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org
B
1 vitamin (tiamin) tarkibida oltingugurt elementi (yunoncha tion-oltingugurt) mavjudligi bois u tiamin deb aytiladi. U avvalambor nerv tizimining me'yoriy faoliyati uchun zarur. Shuning uchun ham tiamin taqchilligida polinevrit (beri-beri) kasalligi kelib chiqadi. Yana u oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar va suv almashinuvida qatnashuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Vitamin B 1 donlarning murtagi va kepagida ko‘p bo‘ladi, kepagi to‘liq ajratilgan yuqori navli unlardan tayyorlangan mahsulotlarda (non, makaron, har xil pishiriqlar va boshqalar) tiamin umuman uchramaydi desa ham bo‘ladi. Tanada tiamin yetishmasligi dastlab xotiraning pasayishi, serjahllilik, asabiylashish, uyquning buzilishi, ish qobiliyatining pasayib ketishiga olib keladi. Agar uning oldi o‘z vaqtida olinmasa, oyoqlar qaqshab og‘riydi, kishi yurganda tez charchab qoladi, kichik va katta boldir muskullarda og‘riq paydo bo‘ladi, yurak-qon tomirlari hamda oshqozon-ichaklarda me'yoriy faoliyat buziladi. Tiamin ishqoriy sharoitda juda tez parchalanib, kislotalik muhitga barqaror. Balki yegan taomlaringizda vitamin B 1 yetarli bo‘la turib, ovqat ishqorli xususiyatga ega bo‘lsa, yegan taomlaringizda u allaqachon parchalanib ketgan bo‘ladi. Shu narsa aniqlanganki, bu vitamin qahva ta'sirida tez parchalanib ketar ekan. Agar odam ovqatida karbonsuvlar, ayniqsa, shirinliklar ko‘p bo‘lsa vitamin B 1
shirinliklar yeb yuradigan yoshlarning (ayniqsa qizlarning) oyoq og‘rig‘i, parishonxotirlik, asabiylashish, kayfiyat buzilishi kabi holatlarga shikoyat qilish ko‘pincha shu sabablidir. Tiamin yana yong‘oq, dukkaklilar (no‘xat, loviya) hamda cho‘chqaning jigar, buyraklarida, xamir va pivo achitqisida ko‘p bo‘ladi. Bizning sharoitimizda yashaydigan mahalliy aholi ovqatida karbonsuvlar ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra boshqalarnikidan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun alohida qayd qilmoqchimizki, asosan non va un mahsulotlari bilan taomlanadigan aholi vakillarida tiaminga bo‘lgan talab ma'lumotnomalarda keltiriladigan me'yoriy ko‘rsatgichlardan ancha yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, karbonsuvlar ko‘plab yeyilganidan keyin qonda pirouzum va sut kislotasining miqdori oshib ketadi, natijada ularning oksidlanish jarayoni buziladi va ular organizmga zahar sifatida ta'sir qiladi. Oqibatda yuqorida aytib o‘tilgan noxushliklar yuzaga 13
keladi. Bunday holatlarning oldi olinishida vitamin B 1 tengi yo‘q darmondoridir. Shuning uchun ham kundalik ovqatda vitamin B 1 ko‘proq bo‘lishiga erishmoq qishloq joylarida yashovchilarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lmog‘i kerak. Aks holda katta-kichik, ayolu- erkaklar asabiylashgan bo‘lib, ishtahasi, ish qobiliyati past, xotirasi kuchsiz bo‘lib qolaveradi (14, 29, 30, 44). Download 307.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling