Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Download 307.58 Kb.
|
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org
B
2 vitamin (riboflavin) ilk bor sutda topilgan, shuning uchun ham uni laktoflavin ham deb atashadi. U organizmda doimiy suratda sodir bo‘lib turadigan oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini tezlashtiruvchi (katalizlovchi) fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Vitamin B 2 ning yetishmasligi natijasida bo‘y o‘sishdan qoladi, shuning uchun ham uni o‘sish vitamini deyiladi. Yana xarakterli tomoni shundaki, tanada u kam bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati yallig‘lanadi. Ayniqsa, og‘izning ikki burchagida teri yorilib uzoq vaqt tuzalmaydi. Til terisi, ko‘z shilliq qavati ham yallig‘lanishi mumkin, rangli ko‘rish zaiflashadi. Bundan tashqari riboflavin taqchilligi kamqonlilikka, sochlarning tushib ketishi, teri yuzasining buzilishiga olib keladi. Uni ba'zan teri vitamini ham deyishadi, chunki bu vitamin yetarli bo‘lsa, teri silliq, yumshoq, yosh ko‘rinadi. Riboflavinning avitaminozi sut, qatiq mahsulotlarini kam iste'mol qiladigan Afrika, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida tez-tez uchrab turadi. Agar bir kunda odam bir stakan sut, oz muncha suzma iste'mol qilib tursa, bu vitaminga bo‘lgan ehtiyoj qonadi. Issiq sharoitda jismoniy ish qiladigan va shu bois ko‘p terlaydigan, mehnat qilish jarayonida ko‘rish a'zolariga katta yuklama tushadigan odamlarning bu vitaminga bo‘lgan talabi ancha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham bizning serquyosh o‘lkamizda ko‘pincha mehnat faoliyati ko‘p miqdorda ter suyuqligi ajralishini taqozo qiladigan kishilar iste'mol qiladigan oziq moddalarda riboflavin belgilangan me'yor darajasidan biroz yuqori bo‘lishi kerak. Riboflavin sut, pishloq, tuxum, jigar, buyraklar, dukkaklilar, grechixa tarkibida mo‘l bo‘lib, yorug‘likka juda chidamsiz, shuning uchun bu mahsulotlarni quyosh nurida qoldirmaslik yoki qorong‘i joyda saqlash ma'qul. Download 307.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling