Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Jahon adabiyotidagi estetik qarashlar evolyutsiyasini badiiy adabiyot tarixi, adabiy-nazariy tafakkur tadrijining shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, yuksak saviyada yaratilgan badiiy adabiyot namunalari, jahon adabiyotida yangi shakllanayotgan va ommalashayotgan adabiy-ilmiy metod hamda yo‘nalishlar mohiyati bo‘yicha bilim berish;
- talabalarda yuksak saviyada yaratilgan badiiy adabiyot namunalarini nazariy, amaliy jihatdan talqin va tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish;
- badiiy adabiyotga jamiyat tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonni ezgulik va ma’naviy barkamollikka boshlovchi g‘oyalar hamda inson ruhiyatiga aloqador eng pok tuyg‘ular va kechinmalar in’ikosi sifatida munosabatda bo‘lish, shuningdek jahon adabiyoti namunalarini adabiy-estetik hamda ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil va talqin qilishda faol ijodkorlik ruhi va mas’uliyati malakalarini hosil qilish.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan o‘zviy ketma-ketligi
Fanning boshqa fanlar, xususan, tilshunosliq folklor, estetika, falsafa, psixologiya, san’atshunoslik sotsiologiya, tarix bilan o‘zviy bog‘liqligi hamda bu kabi fanlardagi umumiy qonuniyatlar bilan aloqadorligi ko‘zatiladi.
Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ro‘za, seminar shaklida olib boriladi. Shuningdek fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning turli metodlari bilan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |