Qarshi Davlat universiteti Tarix fakulteti 1-kurs talabasi Normurodov


Download 488.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi488.71 Kb.
#1059225
  1   2
Bog'liq
abu-nasr-inb-muhammad-farobiy



496 
Qarshi Davlat universiteti Tarix fakulteti 1-kurs talabasi Normurodov 
Davronbek.Oʻqituvchi : Qodirova Mamlakat 
Yosh avlodimizga- mening oʻgʻil qizlarimga qarata
aytmoqchiman: tomirlarida buyuk bobolarimizning Gʻayrat shijoati joʻsh 
urib turgan aziz farzandlarim sizlar yangi Oʻzbekistonni barpo.etishda doimo 
yangi safda boʻlasizlar deb ishonaman. 
Sh. M. Mirziyoyev 
Mavzu: Abu nasr inb Muhammad Farobiy 
Oʻrta asrlar Markaziy Osiyo xalqining falsafiy fikrining rivojlanishida 
Abu Nasr ibn Muhammad Farobiy (873-950) yetakchi oʻrin tutadi. 
Abu Nasr Farobiy sirdaryo boʻyidagi Forob qishlogʻida tugʻildi va 
dastlab bilimini Shom, Samarqand va Buxoroda oldi. Soʻngra Farob 
oʻz bilimini davom ettirish uchun boshqa bordi. Farobiy uzoq yillar 
Bogʻdodda yashab ijod qildi. Oʻz davrining yirik olimi va buyuk 
faylasuf boʻlib yetishdi. Umrining soʻnggi yillarini Halab va 
Damashqda oʻtqazib, shu yerda vafot etadi. Farobiy oʻzidan keyin 
boy meros qoldirgan. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda u 160 dan 
ortiq asar yozgan va 70 ga yaqin tilni bilgan Arab olimi ibn Kiftiyning 
maʼlumotlariga koʻra Farobiy oʻz asarlarida mantiqda sharhlash, 
oʻzgartirish va tahlil qilishdagi Kindiy va boshqa olimlar yoʻq 
qoʻygan nuqsonlarni ham koʻrsatib oʻtdi. Ana shu jihatlar sababli 
Farobiy asari bu fan sohasida gʻoyat yutuk, nihoyat sanaladigan 
boʻldi. Farobiy yaratgan asarlarni ularning xarakteriga qarab ikki 
guruhga ajratish mumkin a)qadimgi yunon tabiatshunos olimlari va 
faylasuflari ilmiy merosini oʻrganish, tarjima qilish va sharhlashga 
oid asarlar. Bulardan Aristotelning "kategoriyalar", "ikkinchi 
analitika", "Topika", "Ritorika" ,"Sofistika" va shu kabi asarlariga 
yozilgan sharhlarni keltirish mumkin. B)oʻrta asr fanining tabiiy 
ilmiy, ijtimoiy siyosiy va falsafiy masalalarga oid risolalar. Bulardan" 
ixso al-ulum", "hikmat asoslari", " katta musiqa kitobi", Fozil 


497 
odamlar shahri" va shular kabilardir. Farobiy falsafiy qarashlarining 
asosini dunyoning tuzilishi haqidagi ponteistik taʼlimot tashkil 
qiladi. Bu maʼlumotga koʻra butun mavjudot borliq emanastsiya 
asosida yagona boshlangʻichdan bosqichma-bosqich vujudga 
kelgan. Farobiy inson, uning bilishi ilm-fan va aql ham oʻzining 
falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Garchi insonni "aqlli jonivor"desa 
ham, aqlli inson haqida shunday yozadi:"aqlli deb shunday 
kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, oʻtkir mulohazali, foydali ishlarga 
berilgan zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zoʻr isteʼdodga ega, 
ular yomon ishlarni oʻyoab topish uchun zehn-idrokka eta 
boʻlganlarni aqlli deb boʻlmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan 
nomlar bilan atamoq lozim".Farobiy ijtimoiy falsafiy qarashlari ham 
muhim ahamiyatga ega. U oʻrta asrlarda birinchi boʻlib jamiyatning 
kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari izchil taʼlimot yaratdi. 
Farobiyning bu taʼlimoti uning "Fozil shahar aholisining qarashlari," 
baxt saodatga erishuv yoʻllari haqida risola" asarlarida oʻzining 
yorqin ifodasini topgan. U "fozil shahar aholisining qarashlari" 
risolasida shunday yozadi:"har bir inson tabiatan shunday tuzilganki 
u yashash va oliy darajadagi yutuklikka erishmoq uchun koʻp 
narsalarga muhtoj boʻladi, u bir uzi bunday narsalarni qoʻlga kirita 
olmaydi, ularga erishish uchun insonlar insonlar jamoasiga ehtiyot 
tugʻiladi. Shuning uchun insonlar koʻpaydilar va yerning aholi 
yashaydigan qismiga oʻrnashadilar, va natijada insonlar jamoasi 
vujudga keldi" U din va falsafa orasidagi munosabatlarni qatʼiy aniq 
ifodalagani hamda bu ikki sohaning insonlar ongida birga yashashi 
mumkinligini uygʻunlashtirib isbotlab beradi. Mana shu favqulodda 
fazilat tufayli u islom olamida falsafa asoschisi degan unvonga 
munosib boʻla oldi Farobiy"falsafa" istiloxini fan va bilimlarning turli 
sohalarida qoʻllagani uchun ham sharq mutafakkirlari orasida 
Aristotetdan keyin"ikkinchi muallim" degan yuksak nomga sazovar 
boʻldi. Farobiy musiqani inson tarbiyasiga taʼsir qiluvchi omillardan 



Download 488.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling