4. CoS va NiS ni eritish, Co2+ va Ni2- ionlarini topish. 2-cho‘kmani ko‘p martalab takroriy dekantatsiyalab yuvgandan so‘ng CH3COOH + H2O2 (HCl+H2O2) aralashmasida eriting. Aralashmani zar suvida ham eritish mumkin, bunda tekshirishdan oldin hosil bo‘lgan erkin oltingugurt ajratib olinadi. Ortib qolgan vodorod peroksidni parchalash uchun eritma qaynatiladi. Olingan eritmadan Co2+ ammoniy rodanid yoki l-nitrozo-2-naftol, Ni2+ esa dimetilglioksim yordamida topiladi.
5. Fe2+, Fe3+, Cr3+ va Mn2+ ionlarini ajratish. 2-eritma chinni kosachaga o‘tkazilib, undagi vodorod sulfid qaynatib, yo‘qotilgandan keyin unga mo‘1 natriy gidroksid eritmasi qo‘shib yana qaynatiladi. Bunda Fe2+, Fe3+, Cr3+va Mn2+ ionlar gidroksidlar shaklida cho‘kadi. Cho‘kma (3-cho‘kma) eritmadan ajratilgandan so‘ng, undan Fe2+, Fe3+, Cr3+ va Mn2+, sentrifugatdan (3-eritma) esa Al3+ va Zn2+ topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |