3.1. Uchinchi gruppa kationlari aralashmasining analizi
Biz yuqorida gruppa reagentining ta ’sirini ko‘rib chiqqanda gruppa reagenti ta’siridan uchinchi gruppa kationlarining sulfidlar va gidroksidlar holida cho‘kishini aytib o‘tgan edik. Uchinchi gruppa kationlari aralashmasini analiz qilganda ularning turli xossalariga muvofiq uch gruppaga bo’linishidan foydalaniladi.
Uchinchi gruppa kationlari aralashmasining analizi tekshiriladigan eritmada fosfatlar va gidrofosfatlar bo’lganda murakkablashadi, chunki bu ionlar uchinchi gruppa kationlari bilan fosfatlar hosil qilib cho‘kadi. Uchinchi gruppa kationlariga birinchi va ikkinchi gruppalar kationlari aralashgan bo’lsa, ikkinchi gruppa kationlari oksalatlar hosil qilib, uchinchi gruppa kationlari bilan cho‘kadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa cho‘kmalar hosil qiladigan ionlar aralashmada ishtirok etgani holda, cho‘ktirish neytral yoki ishqoriy muhitda olib borilsa, ikkinchi gruppa kationlarining oksalatli, magniy ioni, ikkinchi va uchinchi gruppa kationlarining fosfatli cho‘kmalari tushadi. Agar barcha kationlar aralashmasi analiz qilinayotgan bo’lsa, yaxshilab yuvib ajratilgan cho‘kma eritiladi va analiz taxminiy sinashlardan boshlanadi.Cho‘kma sulfidlar, gidroksidlar, oksalatlar, fosfatlar va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |