Qarshi davlat universiteti
Download 86.92 Kb.
|
Maxmarasulov Mansur 018-66
Reaksiyani bajarishda probirkaga 2-3 tomchi kobalt tuzi eritmasi solib, unga shpatelning uchida NH4SCN kristallaridan bir nechtasini yoki uning konsentrlangan eritmasini qo‘shib, aralashma yaxshilab chayqatiladi. Bunda kobaltning ko‘k rangli [Co(SCN)]+, [Co(SCN)2], [Co(SCN)3]- va [Co(SCN)4]2- kompleks ionlari hosil bo‘ladi. Ko‘k rang sezilarli bo‘lmasa, probirkaga eritma hajmidan 3-4 marta kam amil (izoamil) spirti qo‘shib chayqatiladi va spirt qatlamining ko‘k rangi kuzatiladi.
Mazkur reaksiyani gazetaning yozuvsiz joyidan bajarish (tarkibida lignin borligi uchun) yanada yaxshi natija beradi. Buning uchun qog‘oz qirqimiga oldin ammoniy rodanid va ammoniy ftorid shimdirilib, quritiladi. Qog‘ozga kobalt tuzi eritmasining bir tomchisi tomizilsa, tomchi tushgan joy ko‘karadi. Agar kobaltga temir (III) ioni aralashgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan [Fe(SCN)6]3- ning qo‘ng‘ir-qizil rangi qog‘ozga shimdirilgan ftorid ta’siridan [FeF6]3- yuzaga kelib, ko‘k rangga kiradi. Kobalt (II) ionning ammoniy rodanid bilan hosil qiladigan birikmasini quruq reaksiya shaklida o ‘tkazish mumkin. Buning uchun kobalt tuzi kristallaridan bir nechtasi ammoniy rodanid kristallari bilan hovonchada ishqalansa, ko‘k rang paydo bo‘lganini ko‘ramiz. Agar bunda aralashma qo‘ng‘ir tusga kirsa, kobalt tuziga Fe3+ aralashgan bo‘ladi. Bu holda kukunga bir necha dona Na2S2O3 kristallari solib ishqalansa, qo‘ng‘ir rang temir (III) ning qaytarilib, temir (II) ga aylangani uchun yo‘qoladi. 6. l-Nitrozo-2-naftol (Ilinskiy reaktivi) - C10H6(NO)(OH) kobalt(II) ni kobalt (III) gacha oksidlab, qizil-qo‘ng‘ir rangli kompleks birikma [C10H6(NO)O] 3Co cho‘kmasi hosil qiladi: Reaksiyani bajarishda2-3 tomchi kobalt (II) tuzining neytral yoki kuchsiz kislotali eritmasiga (kuchli kislotali eritmalarga CH3COONa qo‘shish tavsiya etiladi) bir necha tomchi suv qo‘shib suyultiriladi va2-3 tomchi reaktiv qo‘shib qizdiriladi. Eritmada Fe3+ ionning bo‘lishi reaksiyaga xalaqit beradi, chunki u reaktiv bilan to ‘q q o ‘ng‘ir cho‘kma hosil qiladi. 7. Kaliy yoki natriy nitrit (KNO2yoki NaNO2)biroz suyultirilgan va CH3COOH qo‘shib kislotali muhitga keltirilgan kobalt (II) tuzi eritmasi bilan sariq rangli K3[Co(NO2)6] kompleks birikma cho‘kmasi hosil qiladi: Co2++7NO2- +3K++2CH3COOH K3 [Co(NO2)6] + NO +2CH3COO- + H2O Bu reaksiya Co2+ ionini Ni2+ iondan farqlashga imkon beradi va ulami bir-biridan ajratishda qo‘llanishi mumkin. Bunday cho‘kma suyultirilgan eritmalar qizdirilganda va uzoq turib qolganda yuzaga keladi Download 86.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling