Qarshi davlat universiteti


Fosfat ionini yo‘qotish usullari


Download 86.92 Kb.
bet28/34
Sana26.12.2021
Hajmi86.92 Kb.
#183079
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
Maxmarasulov Mansur 018-66

Fosfat ionini yo‘qotish usullari. 1. Ammoniy molibdat ta’siridan yo’qotish sifat analizida cheklangan holda qo‘llaniladi. Sababi shundaki, keyinchalik molibdat ionning o‘zini yo‘qotish kerak bo‘ladi. 2. Temir (III) xlorid ta’siridan yo‘qotish ancha murakkab bo‘lib, uning murakkabligi temir (III) fosfatning FeCl3 ishtirokida eruvchanligi bilan bog‘liq. Agar cho‘ktirish natriy atsetat ishtirokida qaynatib amalga oshirilsa, qiyinchilikning oldi olingan bo‘ladi. Atsetat ion ishtirokida mo‘l miqdordagi temir (III) ionini hosil qilgan kompleks birikma qaynatilganda quyidagicha parchalanadi:
[Fe3(SN3SOO)6(ON)3] + 3H2O  3Fe(OH)2CH3COO + 3CH3COOH

Bunda fosfatni ajratish juda oson tuyulsa-da, aralashmada oksikislotalar va spirtlar ishtirok etsa, kompleks birikma qaynatilganda ham parchalanmaydi. Shuning uchun tekshiriladigan aralashma tarkibidagi oksikislotalarni konsentrlangan nitrat kislota ta’siridan parchalash kerak bo‘ladi. Buning uchun aralashma avval chinni kosachada konsentrlangan nitrat kislota bilan qaynatiladi, eritma bugiatilib, so‘ngra quruq qoldiq xlorid yoki nitrat kislotada eritiladi. Bu usulda FeS13 ni qo‘shishdan oldin Co2+ va Ni2+ ionlarini ajratish talab etiladi. Co2+ va Ni2+ ionlarini ammoniy sulfid bilan ajratish vaqtida sulfidlar oksidlanib, sulfatlarga aylanishi va ikkinchi gruppa kationlarini sulfatlar shaklida cho‘ktirishi mumkin. Bu analizni qiyinlashtiradi. 3. Xromatografik ajratish barcha kationlar aralashmasi eritmasini H-shakldagi kationit bilan to’ldirilgan kolonkadan o ‘tkazishga asoslangan. Buning uchun aralashmadagi fosfatlar cho‘kmasi to iiq erib ketguncha 2 N xlorid kislota eritmasi tomizib turiladi (kislota ortiqcha bo’lmasligi kerak). Hosil qilingan eritma 3 karra ko‘p hajmli distillangan suv bilan suyultirilgandan so‘ng kolonkadan o‘tkaziladi. Bunda barcha kationlar kationitda ushlab qolinadi. Kationitda adsorbilanib qolgan fosfat ion kationitni distillangan suv bilan yuvib, to’liq chiqarib tashlanadi. Kolonkadagi kationitdan fosfatning to’liq chiqib ketganligini ammoniy molibdat yordamida tekshirib ko‘rish mumkin. Fosfatsizlantirilgan kationlar aralashmasini kationitdan siqib chiqarish uchun kolonkadan 50 ml 2 N HCl eritmasi sekin o‘tkaziladi. Kationitdan chiqarib olingan elyuyent chinni kosachada kam hajm gacha bug’latilib , konsentrlanadi, so‘ngra undagi kationlar tekshiriladi.




Download 86.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling