Qarshi davlat universitetida o’qiydigan talabalar uchun mustaqil ishni bajarish bo‘yicha tavsiyalar


Download 311.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi311.46 Kb.
#1014689
Bog'liq
Mustaqil ishni rasmiylashtirishga qoyiladigan talablar



QARSHI DAVLAT UNIVERSITETIDA O’QIYDIGAN TALABALAR 
UCHUN MUSTAQIL ISHNI BAJARISH BO‘YICHA TAVSIYALAR: 
 
Mustaqil ish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak: 
Titul varaq (Namunasi -ilovada keltirilgan); 
Mundarija: (Namunasi -ilovada keltirilgan); 
Kirish. (kamida 1 bet) 
Asosiy qism. (kamida 3 ta bo’lim va 10 bet) 
Xulosa. (kamida 1 bet) 
Foydalanilgan adabiyotlar va ta’lim saytlari ro‘yxati. (kamida 10 ta 
darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati va kamida 5 ta ta’lim saytlari 
manzili) 
Ilovalar (mavjud bo‘lsa)
. Mustaqil ishning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart (ketma 
ketligi o‘zgartirilmasin va so‘zlari almashtirilmasin): 
mustaqil ishning maqsadi va vazifalari; 
mustaqil ishning nazariy va amaliy ahamiyati; 
mustaqil ish tuzilmasining tavsifi. 
. Mustaqil ishning Asosiy qismi kamida ta paragrafdan iborat bo’lishi va 
ular hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi lozim. 
Mustaqil ishning Xulosa qismida mavzu bo‘yicha umumlashtirilgan 
xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq ko‘rsatilsin (kamida 1 bet 
bo‘lisin). 
Mustaqil ishning oxiriga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita 
zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova 
qilinishi ham mumkin. 
Mustaqil ishni tayyorlashda mualliflarning bir-biridan ko’chirishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi, agar ko’chirilganligi aniqlansa barcha ishlar qoniqarsiz baholanadi. 
Mustaqil ishning Asosiy matni standart (A4) varaqda yozilgan bo‘lishi 
va unda quyidagi talablarga qat’iy rioya etilishi nazorat qilinishi lozim: 
chap tomondan 3 sm, yuqori, past va o’ng tomonlardan 2 sm; 
xatboshilar , sm (ya’ni, bitta Tab). 
Ishning Asosiy matnini Misrosoft Word matn muharririda, Times New 
Roman shrifti, 14 pt kattaligida va qatorlar oralig‘i- (stroki)da yozish talab 
qilinsin.
Mustaqil ishning hajmi titul varaq, mundarija, kirish, xulosa, adabiyotlar 
ro‘yxati va ilovalardan tashqari 0 sahifadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. 


1-ilova: 
Titul varag‘i (A4 formatda) 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
___________________________________________ fakulteti, 
____________________________________ (kunduzgi, sirtqi) ta’lim yo’nalishi, 
___ - kurs, ___________ - guruh talabasi, 
__________________________________________ ning 
 
________________________________________________________________
________________________________________________________________
_______________________________________________________________ 
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
O’qituvchi: ________________
Talaba: _________________
 
 
QARSHI-


2-ilova:
MUNDARIJA: 
I. KIRISH 
II. ASOSIY QISM. 
1. Variatsion va proyeksion usullar haqida (misol uchun). 
2. Ikkinchi tartibli chiziqli chegaraviy masalani variatsion masalaga keltirish (misol 
uchun). 
3. Rits usuli bilan eng sodda chegaraviy masalani yechish (misol uchun). 
III. XULOSA 
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA TA’LIM SAYTLARI RO‘YXATI

Download 311.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling