Psixodiagnostika va psixologik baholash
1970 yillarda individual farqlar sohasida eng ko’p qo’llaniladigan atama – bu “psixologik baholash” (psychologocal assesment) bo’ldi. Hozirgi paytga kelib u aksariyat G’arbiy Yevropa davlatlari va AQShda butunlay “psixologik testlash” atamasini siqib chiqardi.
“Psixologik baholash” atamasini II chi Jaxon urushi davrida bir guruh amerikalik psixolog va psixiatrlar tomonidan ishlatilgan (“Plash va xanjar risarlari”ini tanlab olish yuzasidan. Psixologik adabiyotlarda bu atamaning birinchi bor qo’llanishi, alohida dasturni tanlab olishni tasvirlovchi kitobning nomi – The Assessment of Men (Office of Strategic Services; 1942) – bilan bog’liqdir.
1953 yili “Yillik psixologik holat” (AQSh) markazida “Nazariya va baholash texnikasi”, degan bo’lim paydo bo’ldi. Shu bois, u psixologlar tomonidan borgan sari ko’proq foydalanila boshlandi.
Bu atama oxirgi paytda psixodiagnostika sohasida keng tarqalib rasmiy miqyosda maqomni oldi. Bunga psixologik baholashning muammolariga qator bag’ishlangan qo’llanmalar va har xil jurnallar tasdiq bo’la oladi. “Qisqa psixologik ensiklopediya” bu tushunchaning mazmunini quyidagi maqsad orqali ochadi: Individuallilikni o’rganish uning hayotiy faoliyatida kelib chiqadigan muammolar (psixik sihat-salomatlik, yon atrofdagilar bilan murakkab o’zaro kelishuv, o’qishga qobiliyatsizlik va hokazo). Yuqorida eslatib o’tilgan ensiklopediyada ko’rsatilishicha psixologik baholash bilan testlash orasidagi farqlarni o’tkazish kerak.
Baho – turli yo’llar bilan olingan, masalan intervyu yordamida; psixologik testlar, fiziologik yoki psixofiziologik o’lchovlar, apparaturalarning holatini kuzatish va boshqalar. Test qilish – psixologik xarakteristikani o’lchashdir. Psixologik baho uzoq davrdagi tarixga ega. (Qadimgi Xitoyda chinovniklarni tanlab olish sistemasi). Shunday qilib psixologik baho – psixologik testlashga qaraganda yanada kengroq tushunchadir. Baholash faqatgina test orqali o’tkazilmaydi. Ayni paytda psixologik baholash jurnali va boshqarish mazmunini tahlil qilinadigan bo’lsa, unda osongina ishonch hosil qilish mumkinligi bu tushuncha ko’p holda psixologik testlashning sinonimi sifatida chiqib, psixologik o’lchovlarning hamma spektrlarini qamrab oladi: psixik funksiyadan tortib to shaxsgacha. Testlar (standartlashgan muolajalar)dan tashqari testdan tashqari tashxis rivojlanadi. Bu ma’noda psixologik baho tushunchasi oldin biz kiritgan psixologik diagnostika predmetiga yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |