Ushbu o‘quv uslubiy majmua Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1-martdagi №107 buyrug‘i asosida tayyorlangan
Tuzuvchilar: Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent L.Beknazarova
O‘qituvchi M.Kamilova
Taqrizchilar: Psixologiya fanlari nomzodi, M.Maqsadova
Psixologiya f. b. falsafa doktori (PhD) SH.Bekova
Kafedra yig`ilishi qarori № ____ ___ iyun 2022 yil
Psixologiya kafedrasi mudiri: _____________ dots. M.Fayziyeva
Fakultet kengashi qarori № ____ ___ iyun 2022 yil
Fakultet kengashi raisi: _____________ dots. I.Yuldoshev
Universitet kengashi qarori № ____ ___ iyun 2022 yil
Universitet O’UBB _____________ dots. P.R. Qurbonov
MUNDARIJA
|
O‘quv materiallari:
|
|
a) Ma’ruza matnlari
|
|
b) Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari
|
|
2. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
|
|
3. Glossariy
|
|
4. Ilovalar:
|
|
a) Fan dasturi
|
|
b) Ishchi fan dasturi
|
|
v) Tarqatma materiallar
|
|
d) Testlar
|
|
g) Baholash mezonlari
|
|
е) O‘UMning elektron varianti
|
|
|
|
|
1-Mavzu: Psixodiagnostikaga kirish
Reja
1. Psixodiagnostika predmeti va vazifalari.
2. Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari.
3..Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida.
4.Psixodiagnostika va differensial psixologiya.
5.Psixodiagnostika psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo‘lgan
davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti.
6.Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri.
7.Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar.
Asosiy tushuncha va atamalar
Psixodiagnostika; psixologik tashxis qo’yish; ilmiy va amaliy psixodiagnostika; psixodiagnostik usullar; psixologik bilimlar; psixodiagnostikani tashkillashtirish; amaliy psixologiya; nazariy psixologiya; professional faoliyat; differensial psixologiya
Psixodiagnostika so’zini asl mohiyati “psixologik tashxis qo’yish” yoki kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi.
Psixodiagnostika – amaliy jihatdan deyarli psixologning barcha faoliyat doiralarida, ya’ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo’llanadi. Ammo ko’pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo’ladi. Uning maqsadi psixologik tashxis qo’yish, ya’ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi.
Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, dif-ferensial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asosla-nadi. Uning metodik usullariga esa, individual-psixologik xususiyatlar-ni o’rganish, olingan natijalarni
|
|
qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo’l-yo’riqlari kiradi.
Psixodiagnostika sohasidagi nazariy metodik ishlarning yo’nalishlari avvalambor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi.
Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobasiyasi, talablar yo’riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o’tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.
Diagnostik faoliyat o’z maqsadiga ko’ra tashxis (diagnoz) yo’nalishishining turli ko’rinishlariga egadir. Qo’yilgan tashxis o’rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |