Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi
Psixodiagnostika va differensial psixologiya
Download 4.49 Mb.
|
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “
1.6. Psixodiagnostika va differensial psixologiya
Psixodiagnostika – psixologik fan sohasi bo’lganligi bois, u yoki bu darajadagi psixologiya tarmoqlari bilan o’zaro bog’liq bo’ladi. Ma’lum ma’noda, o’z mustaqilligiga qaramay, psixodiagnostika umumpsixologik nazariyaning rivojlanishiga ham bog’liqdir. Biroq tadqiqotlarning shunday yo’nalishlari mavjudki, ular bilan psixodiagnostika ko’proq aloqada bo’ladi. Xorij va mahalliy adabiyotlarda bu tushunchaning boshqalarga nisbatan o’xshashligi mavjud bo’lganligi sababli, aynan shu muammo to’g’risida ushbu mavzuda fikr yuritiladi. Chet el adabiyotlarida ta’kidlanishicha individual farq nazariyasining muammosi, ya’ni maxsus soha tadqiqotlarini ustuvorligi – differensial psixologiyadir. XIX–XX asrlarda mashhur nemis psixologi bu tushunchani “Psixik funksiya va uning xossalaridagi mavjud farq” to’g’risidagi fikrni ifodalash uchun kiritgan. V.Shtern davridan beri differensial psixologiya tushunchasida unchalik ko’p narsa o’zgarmadi. U ayni paytda ham tarqoq holda inson (shaxs) ning psixik holati va xossasini o’rganish bilan shug’ullanadi. Differensial psixologiya predmetini tashkil etuvchi manbalar to’g’risida so’z borganda, hamma tadqiqotchilar bir ovozdan test metodi asoschilari F.Galton, J.Kettell, A.Bine va boshqa olimlarning dalillarini qabul qilishdi. Psixodiagnostika va differensial psixologiya sohalarining tadqiqotlar mavzusi bir-biriga o’xshash. Lekin soha vakillari ularni: o’ziga xos farqlikni o’lchashga mo’ljallangan; farqlashning kelib chiqish sabablarini anglab yetishga qaratilgan sifatida bo’lib o’rganishadi. Zamonaviy psixologiyada psixodiagnostikaga “fan va tajriba o’rtasidagi ko’prik” misoli qaraladi. Fan – o’ziga xos psixologik farqlarni o’rganuvchi differensial psixologiyadir; Tajriba – psixologik tashxis qo’yish, ya’ni psixodiagnostikadir. Hozirda, psixologik nazariyadan ajratilgan psixodiagnostika inqirozga yuz tutadi deyish noto’g’ri, albatta. Bunga psixodiagnostikaning kelib chiqish tarixi yorqin tasdiq bo’la oladi. Ma’lumki, tashxisning muvaffaqiyati (o’lchov va bahosi), avvalambor, hodisalarni o’lchash nazariyasini ishlab chiqish darajasi orqali aniqlanadi. Bu holat aqliy qobiliyat (intellekt)ni o’lchash jarayonida yaqqol ifodasini topgan. Shu bois, samarador testlarning paydo bo’lishida nazariy tasavvurning o’rnini almashtirish ehtiyoji tug’iladi. Baho – turli usullar orqali qo’lga kiritilgan natijalarning, xususan, intervyu, psixologik testlar, fiziologik yoki psixofiziologik o’lchovlar, apparaturalar holatining kuzatilishidir. Test qilish – psixologik xarakteristikani o’lchash demakdir. Psixologik baho berish uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Xitoyda chinovniklarni tanlab olish tizimiga asoslangan. Ma’lumotlarga qaraganda psixologik baho – psixologik testlashga qaraganda kengroq tushunchadir. Baholash faqatgina test orqali o’tkazilmaydi. Ayni paytda psixologik baholash va boshqarish mazmuni tahlil qilinadigan bo’lsa, ko’p holda testlashning sinonimi sifatida e’tirof etilib, psixologik o’lchovning hamma spektrlarini o’z ichiga qamrab olmoqda. Natijada, testlar (standartlashgan muolajalar)dan tashqari tashxis etish jarayoni rivojlandi. Bu esa psixologik baho tushunchasining psixodiagnostika predmetiga yaqinligi zaruratini keltirib chiqardi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling