Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Tekshiruvchilar va situativ omillar


Download 4.49 Mb.
bet63/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

Tekshiruvchilar va situativ omillar
6.Ko‘pgina tadqiqodlarda natijalar normal ko‘rsatgich bermasligi mumkin. Bunda barcha tekshiruvchilar javoblarining formulirovka nizomi tuziladi . Klinik usullar bilan ham obyektiv tekshiriladi.Birinchi galda tekshiruvchi metodikani qachon qo‘llagani, aniq sana, vaqt, kun ham hisobga olinadi. Testning qaysi xususiyatlarni ochishdagi muvaffaqqiyati, yoki chegarasi,so‘zlardagi qo‘llangan obrazlar,xarakter uyg‘unligi,steriotipik xususiyatlar ham chetlab o‘tilmaydi.
Situativ omillar-bu testlarda qo‘llangan vaziyat, o‘zidagi kechinma, qabul qilinmagan stimul, shu bilan birga testga oydinlik kirituvchi har bir chetda qolgan holatlar. Oxirgi qilinadigan ish bu,aniq javoblarni tekshirib,nazariy oriyentatsiya olish va gipoteza qilish,qolaversa, o‘z kechinmalari bilan solishtirish, o‘z navbatida shaxsni dinamik strukturasini aniqlashdir.
Ishonchlilik – bu proyektiv testlar uchun ham qo‘llaniladigan psixometrik talab bo‘lib, agar bunga e’tibor berilmasa, natijalar interpritatsiyasini to‘xtatib qo‘yish mumkin. Agar test natijalari talabga javob bermasa, retest o‘tkazish talab etiladi. TAT metodikasida ayniqsa o‘tkazilgan sana va javoblar protokoli aniq solishtirilishi ham samara berishi mumkin. Ranglar indeksi xam hisobga olinadi.
Validlik- bu testlarning ikkinchi psixometrik talabi bo‘lib psixodiagnostikada turlicha izohlanadi. Validlik metodikaning sifatini hamda o‘rganilgan xususiyat ma’sulligi va baholash, nimani o‘rganishga qodirligini izohlovchi tushunchadir. Eksperimentli nazorat holati ham validlik belgilashda muhim sanaladi. Ko‘plab Rorshax testi haqidagi ma’lumotlarda metodologik yondoshuvlar yolg‘on, degan ma’lumotlar validlik to‘g‘risida uchraydi. Masalan klinik tadqiqodchilar, ishlarida adashishlar uchragan. Misol uchun 1966-yildagi (H.J.Kinslenger) tadqiqotda bir stimulda uchramagan belgilar ikkinchi stimulda uchragan. Bu esa kriterial gruppalarga ajratishni talab etgan (8, 93-103). Validlik va ishonchlilik agar qiyinchilik olib kelsa, retest qoidalari qo‘llaniladi. Retest o‘tkazilgandan keyin oldingi test natijalari bilan solishtiriladi. Agar tekshiriluvchi oldingi tekshiruvda vazifani tushunmasdan bajargan bo‘lsa, unga metodika mohiyati yana tushuntiriladi. Test o‘tkazilgan sana va oy aniq qayd kilib olinadi. Testlarning psixometrik talablariga ko‘ra, proyektiv testlarning aniq standartini olish qiyin, chunki ular noverbal xarakterdagi vazifalardan tashkil topgan. Ularni guruhlarga ajratish yoki strukturaga solish kerak bo‘ladi. Ana shunda berilgan stimullar va chizilgan rasmlardagi tafovutlar kelib chiqadi. Buning uchun tadqiqodchi avvalo testlarning bir-biridan farqini ajrata olish kerak. Umuman olganda standartga solish masalasi sovet olimlari bilan g‘arb olimlarini ko‘p qiynab kelgan muammo hisoblanadi. G‘arb mutaxasislari ko‘pincha ko‘plab tadqiqotlarida rasmlar xarakter mazmuniga ko‘ra guruhlarga ajratilib, umumiy belgilar olingan. Rossiyada proyektiv testlarga qo‘yiladigan talablar bir muncha orqada qolgan. Ular ko‘proq tekshiriluvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy me’yor belgilashga harakat qilganlar. Bir tarafdan esa jins xususiyatlari ham hisobga olingan. Lekin, proyektiv testlarga norma berishda boshqa original variantlarni ham hisobga olish kerak. Bu testlarni guruhlashni, umumiy o‘xshashlik chiqarish, stimullar mazmunini aniqlashni ham o‘z ichiga oladi. Ba’zida sinaluvchilarda ya’na qayta tekshirish o‘tkazish talab etiladi. YA’na bir tomoni, barcha tekshiriluvchilar vazifalaridagi mazmunan o‘xshash yoki ko‘p takrorlangan holatlar hisobga olinadi. Proyektiv metodikalar faqat tadqiqotchidan yengil va original variant orqali hal etilishini kutadi. Chunki aniq standart olish juda murakkab.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling