Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “ ”dagi № -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy psixodiagnostika” fan dasturi


Ishlab chiqarish ziddiyatlari sharoitida shaxs xulqining o’ziga xosligi


Download 4.49 Mb.
bet77/130
Sana21.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1791981
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
Qarshi davlat universitetining ilmiy kengashining 202 yil “ ” “

5. Ishlab chiqarish ziddiyatlari sharoitida shaxs xulqining o’ziga xosligi


Ishlab chiqarish korxonalarida shaxslararo ziddiyatlar turli sabablarga ko’ra yuzaga keladi. Ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar va rahbarlar orasidagi munosabatlar vertikal o’zaro munosabatlar deyiladi.
Gorizontal o’zaro munosabatlardagi ziddiyatlar quyidagi sabablarga ko’ra amalga oshishi mumkin:

  • jamoa xodimlari orasidagi shaxslararo .munosabatlarning o’ziga xosligi tufayli;

  • jamoa xodimlari orasida ish taqsimoti va ishga bo’lgan munosabat orqali.

Xodimlarning ish o’rni bilan ta’minlanishi, ish sharoiti yuzasidan va vertikal o’zaro munosabatlardagi ziddiyatlar quyidagi sabbalarga ko’ra yuzaga keladi:

  • rahbarning jamoa a’zolari tomonidan idrok qilinish darajasiga ko’ra;

  • rahbar faoliyatidan xodimning qoniqish darajasiga qarab;

  • xodimning ishdagi ishtiroki ulushiga ko’ra va hokazo.

Ziddiyatlarda shaxs o’z xulqini turli ko’rinishlarda namoyon etadi. Korxonadagi shaxslararo ziddiyatlar turli ko’rinishlarda yuzaga keladi: bahs, tortishuv, tanqid, o’z-o’zini tanqid, axloq normalarining buzilishi oqibatida.
Ziddiyatli vaziyatda bo’lajak ixtilofning ehtimol tutilgan qatnashchilari – subyektlar yoki muxoliflar, janjal mavzui yoki ixtilof obyekti namoyon bo’ladi.
Ziddiyatli vaziyat – yetarli darajada harakatchan beqaror holat bo’lib, tashkil etuvchi elementlardan biri o’zgarishi mumkin, bunday elementlarga muxoliflarning qarashlari, obyekt-muxolif munosabatlari kiradi. Bunda ziddiyat obyektining almashinishi, muxoliflarning o’zaro harakatini qiyinlashtiruvchi yoki yo’qqa chiqaruvchi shart-sharoitlarnign paydo bo’lishi, subyektlardan birining keyingi hamkorlik qilishdan voz kechishi va boshqalar ta’sir qiladi.


6. Psixometrik ziddiyat (paradoks)


Diagnostik savollarning qiymatini aniqlash uchun (shuningdek kuchlarining cheklanganligini) odatda qo’llaniladigan j – koeffisenti yordamida sinaluvchining berilgan savolga javobi va uning butun shkala buyicha natijalari o’rtasidagi bog’liqlik belgilanadi. Savolning parametri – javobning me’yori muhimdir. Yuqori j – koeffisentli (“yaxshi”) savollarga bo’lgan javoblarning bir me’yorda emasligi tadqiqot paytida aniqlandi. O’z navbatida javoblarning qayta sinovlarda o’zgarmasligi past j – koeffisentli (“yomon”) savollarda uchraydi.
Shunday qilib cheklanishning yuqori ko’rsatgichi bor savollar qaytarilayotgan natijalarga nisbatan o’zgaruvchandir, yoki javobning bir me’yordaligi past cheklanishli savollarda uchraydi. Bu hodisa psixometrik paradoks (ziddiyat) deb ataladi. (Goldberg 1963; Nowakowska 1975) Uni shaxs shkalasidagi savollarga psixologik tahlili bo’lmagan javoblar orqali tushuntirib bo’lmaydi. Ayniqsa psixometrik paradoks M.Novakovskaya ishlarida batafsil muhokama qilingan. Goldberg psixometrik paradoksni savollarga bo’lgan javoblarning o’rtasidagi doimiylik va juz’iy o’zgaruvchanlik bog’lanishlari bor deb hisoblaydi. Bu o’rinda javoblarning o’zgaruvchanligi Fergyuson kattaligidagi funksional bog’lanishda bo’ladi. (Aniq son farqi va maksimal ehtimolli son o’rtasidagi bog’lanish uchraydigan ko’rsatma). Shundan kelib chiqqan holda M.Novakovskaya bu vaziyatda S-paradoks haqida gapirish kerak deb hisoblaydi. S ko’rsatgich butun testga nisbatan savolning samarali ekanligini ko’rsatmaydi yoki j qiymati yordamida aniqlanadigan savolning cheklangan kuchlari Novakovskayaning tahlil mavzusi – j-paradoksdir. Uning hisoblashicha psixometrik paradoks gumanitar ilmlarning tekshiruv qurollariga xosdir. Savol shaklan o’zgarmas holda semantik (psixologik) o’zgarishlar inter va intraindividual rejalarda tasdiqlangan.
Interindividual (yakka) o’zgaruvchanlikning 2 xil sababi bor: turli sinaluvchilarda o’lchanadigan chiziqlardagi farqi va savollarning ma’nosini anglash farqi. Intraindividual o’zgaruvchanlik bilimlarning juz’iy o’zgarishi va javobni aytish qarori qiyinligi bilan shakllanadi.
Psixometrik paradoksning psixologik talqini uchun Novakovskaya javoblarning 3 xil aniqlovchisini farqlashni tavsiya qiladi:

Bu shuningdek bir xil savollarni turli savollardan farklash kerakligini ta’kidlaydi.
M.Novakovskaya psixometrik paradoksning 2 xil turini ajratish kerak deb hisoblaydi va ularni tushuntirish uchun quyidagi taxminlardan kelib chiqadi:
A tipdagi paradoks turli izohlarga moyil bo’lgan savollarda uchraydi, shuningdek javobni berishda yechimga kela olmaslik hollarida ham. Bunda savol yuqori j va s ko’rsatkichlari bo’ladi.
Masalan, “Odatda sizning kayfiyatingiz yaxshimi?” (So’rovnomaning variantlaridan birida neyro tizimni aniqlash. Neyro asab)
V tipdagi paradoks – javob oson topiladigan bir xil ma’noli savollarda uchraydi. Bunga bir tomonlama diagnostik savollar ham kiradi. (Ular uchun faqat birgina variant muhimdir). Bu savollar kam ifodalangan juz’iy o’zgarishning unchalik cheklanmagan kuchlari bilan xarakterlanadi. (s ning mohiyati uncha katta emas). Masalan: “Siz timsohning og’ziga tushib qolganligingiz ko’pincha tushingizga kiradimi?” (variantlarning birida qo’rquv darajasini aniqlash uchun). Savol diagnostik bir tomonlamadir, chunki “ha” javobidan biz qo’rquvning borligini bilamiz, “yo’q” javobidan esa hyech qanday xulosaga kela olmaymiz.
“Siz chekasizmi?” degan savol esa oz cheklanish va juz’iy o’zgarishli nolga yaqinlashadi va unga javob berish osondir.
Anikki, V tipdagi paradoksi bor savollar metodikada qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik ishonchli bo’ladi. Bu esa takroriy tadqiqotlarning natijalari orasida aniqlanadigan o’zaro bog’lanishning koeffisentidir. Biroq shu bilan bir vaqtda savollarning cheklanish kuchlari pasayadi. M.Novakovskaya umuman hamma savollar psixometrik paradoksni (A va B tiplari) yuzaga keltiradi deb hisoblasa ham, “mukammal” yuksak hollari ham bo’lishi mumkin. Masalan: “Ertalab siz o’zingizni tez-tez juda charchagan, holsiz, horg’in sezasizmi?” (So’rovnomaning bir variantida neyrotizimni aniqlash uchun) degan savolda juz’iy o’zgarish past j va s ma’nolari yuqori. Psixometrik paradoks paydo bo’lmaydi.
Psixometrik paradoksning mavjudligi bilgan holda tadqiqotchi javoblarning juz’iy o’zgarishini parametrlari mos kelgan savollarni tanlash yo’li bilan to’g’rilab turadi.



Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling