Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya
-mavzu. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish
Download 1.04 Mb.
|
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA
12-mavzu. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish.
REJA: 1.Oilaning “tarbiyaviy potensiali” tushunchasining mohiyati. 2.Oiladagi sog‘lom muhitni tashxis etish. 3. Oiladagi pedagogik muhitni tashxis etish. Tayanch tushunchalar: Oila, tarbiyaviy potensial, oila a'zolari, muhit, axloq, tarbiya, zakovat, tashxis tamoyillari, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish. Oilaning “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati. Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'inidir. U o'zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayyan, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota- onalaming bola shaxsiga ilmiydunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillami shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy hayot va oilaviy tarbiya o'zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik tashxislashda oila tarbiyasi o'z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma’naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogika va psixologiya fanlanda ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli hil yondaShuvlar mavjud. Shulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo- RubinShteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munawarov, O. Musurmonovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma’rifiy- axborotli yondoshuvlardir. Bu yondashuvlaming mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma’lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning bola tarbiyasidagi rolini faollaShtirishga muvaffaq bo'linmoqda. Ma’lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o'z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj oilalami ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko'rsatish, ya’ni oilada valeologik sog'lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to'g'ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila tashxisi muhim ahamiyat kasb etadi. Наг bir oilaning ehtiyojlanni inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega. Oiladaga sog‘lom muhitni tashxis etish. Oilada sog'lom turmush tarzini saqlashga doir-ota-onalaming pedagogik-psixologik tayyorgarligiga bo'lgan ehtiyojni tashxis etish bo'yicha maxsus amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi: -maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlami aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; -harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o'matishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ulaming tavsifiga ko ra ota- onalami kichik guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir; -tashxis asosida pedagogik konsiliumlami tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi. Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlaming psixologik holatini, muhitni o'rganishga doir »Oilada pedagogik muhimi aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To'gallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish mumkin. Oilaviy tarbiyaning o'ziga xosligi Shundaki, u bolalarga ota-ona, qon- qardoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. «Oilaviy tarbiya doimo o'zining murakkab va ko'p qirraliligi, ajoyib va seijiloligi bilan ajralib turadi»11-, deb ta’kidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila o'ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig'magan olam, u tarbiya ishida o'ziga xos, takrorlanmas xususiyatlami o'zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo'1-yo'riqlari mavjud emas. Tashxislash jarayonida jamiyatning asosiy bo g'ini bo'lmish-oilaming vazifalarini ham inobatga olish lozim. Bola maktabga kelguncha oilada tarbiyalanadi. Oila bolanmg dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko'rsatishi tabiiy xoldir. Ota-onalaming bolalami tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari bolalaming sog'ligini saqlashdir. Buning uchun bola to'yib ovqatlanishi, gigiyena talablariga rioya etishi lozim bo'ladi. Ota- onalar o'zlanning mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo'lishlari shart O'zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so'zlashuvni tashkil etish lozim. Ota-onalar bolalarining maktab-o'quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir: - bolalaming darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo'l qo'ymaslik; - bolalaming mashg'uloti uchun uyda unga qulay Sharoit yaratish; - bolalaming uy vazifalariga halollik bilan qarashga o' rgatish, bolalaming g'ayrat va chidamliligini oshirish; - bolalami vijdonli va rostgo'y bo lishga, mustaqil ishlarga o' rgatish. O zbek xalqining milliy xususiyatlari : axloqiylik, o'z-o'zini anglash, milliy tuyg'u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o'z aksini topadiki, o'zbek oilasining tuzilishi va Shaxslararo munosabatini o'rganishda bulami chetlab 0 tish mumkin emas. O zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdinko'p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo'lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlaming birgalikda yashashi. Olidagi pedagogik muhitni tashxis etish. Oiladagi sog'lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ota-onaning о zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g amxo'rligi oiladagi farzandlaming munosabatlarini to’g'ri Shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, Shirinsuxanlik, qizlargaxos oriyat,uyatchanlik, ibo, ifFat kabi fazilatlami tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro'zg'or yumushlarini o'rgatish ham lozim. Ota o'g'lida to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik, saxovatpeShalik kabi hislatlami Shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statastik ma’lumotlarga qaraganda1 bugungi intensiv turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona-4-5 soat, ish bilan mashg'ul deb qaraluvchi ota-12 minut, ona-3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko'rinib turibdiki bu ajratilgan vaqt bolalaming barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas. Ayrim oilalarda erkaklaming bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtoi egallaydi. Shu sababli bugungi kunda ко cha bezori, deviant xulqli bolalar pay do bo lmoqda. Ma’lumki, oila va qanndoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruny qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o'rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo'lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlami chuqur umidsizlik va gunohkorlik to'yg'ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to'la bo'lishi mumkin. »Oilaviy hayotning «qorong'u tomonlari» televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko'rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlami, janjallami hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o'ziga tortmaydigan ko'pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’sir etadi. O'zining salbiy oqibatlariga ko ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og'ir holatlar hisoblanadi»1. Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o'tkazadigan salbiy ta’sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o'rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalaming yoshiga, ulaming qarindoshlari bor-yo'qligiga, bolaning ajralgan ota-onaga bo'lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko'rishib turish imkoniyatimng bor-yo'qligiga ko'p narsa bog'liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko'nikish jarayoniga ta’sir ko'rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy- ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari bolalar uchun nihoyatdaog'ir kechadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so ng, ko'p hollarda bolalar o'zlanga kela olmay, xomush yurishadi. Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo'yichal954 yili T. Liri, R. L. Laforje, R. F. Sucheklar tomonidan ota-onalaming interpersonal xulqini tashxislash metodikasi yaratildi. Mazkur metodikadan dunyoning ko'pgina rivojlangan mamlakatlarida hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o'zining dolzarbligini yo'qotganicha yo'q. Metodika mualliflarining fikricha, ota-onalaming oilada individual interpersonal xususiyatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling