Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik diagnostika va korreksiya


-mavzu.Korreksion faoliyatni tashkil etish bosqichlari, umumpedagogik va maxsus metodlari


Download 1.04 Mb.
bet16/31
Sana23.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1045410
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
PEDAGOGIK KORREKSIYA YANGI UMKA

15-mavzu.Korreksion faoliyatni tashkil etish bosqichlari, umumpedagogik va maxsus metodlari.
Reja:
1. Korrektsion faoliyatning tayyorlov bosqichi.
2. Tarbiya jarayonida o'rta va katta pog'ona(konsentr)dagi o'quvchilarning xulq-
atvorini korreksiyalash yo'llari.
Tayanch tushunchalar: . Korrektsion faoliyat, tarbiya, zakovat, tashxis tamoyillari, pedagogik diagnostika, intellektual, ijtimoiy rivojlanish, diagnoz, komponent.
Korrektsion faoliyatning tayyorlov bosqichi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida
o'quvchilami diagnostika qilish va xulqidagi nuqsonlami korreksiyalashda kuzatish
va o'zini kuzatish, bu metodlaming bilishdagi roli, savol-javob, tajriba va pedagogik
testlardan foydalanish o'rinli.
2 Bilish faoliyati tizimli va umumiy faoliyat tizimli va
maqsadli yo’naltirilmadi maqsadli yo'naltirildi.
3.Bilish metodlari: kuzatuv, 3.Maxsus metodlar: abstraksiya,
qiyoslaSh, tajriba va boshqalar- idealizatsiya,formalizatsiya,
dan foydalanildi.modellaShtirish va boshqalardan
foydalanildi.
4. Olingan natijalar hukm,01ingan natijalar ilmiy
qoida, tavsiya sifatida qayd etil-konsepsiyalar, qoida va qonun-
di.lar, kashfiyotlar shaklida qayd etildi.

Korrektsion faoliyat jarayonida ta’lim-tarbiyaning umumiy


metodlarining o‘rni.
«Pedagogik e’tiborsizlik» natijasida vujudga kelgan nuqsonlami bartaraf qilish
quyidagi korreksion metodlar orqali amalga oshiriladi.
Umumiy metodlar: Oilada, maktabda, mahallada mikromuhitni vujudga keltirish
uchun harakat qilish;
Ruhiy-hissiy zuriqishning oldini olish.
Maxsus metodlar: bolaning asosiy faoliyat yo'nalishlaridagi (o'yin, dars,
mehnat) muvaffaqiyatini ta’minlash;
Ijobiy fazilatlariga tayangan holda xulq-atvorini boshqarish;
Tengdoshlari bilan muloqot madaniyatini shakllantirish;
Hissiy olamini kengaytirish orqali intellektual jihatdan o'sishini ta’minlash;
Xulqidagi nuqsonlami bartaraf etishda intellektual jihatdan o'sish orqali erishish;
Axloqiy fazilatlami kamol toptirishga qaratilgan kompleks topshiriqlardan
foydalanish;
Maktabda o'quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil usullardan
foydalanish lozim:
- dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo' shib olib borish;
- ahil, inoq uyuShtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya berish;
- to'g'ri rejalshtirilgan tarbiyaviy tadbirlami tashkil etish orqali;
- Maktabda ijobiy emotsional Sharoit yaratish orqali. Masalan, Mustaqillik
kuni, Navro'z bay rami;
- Barcha o' quvchilaming maktabdagi umumiy va yagona tartib qoidasiga
rioya qildirish orqali;
- Turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag'batlantirish, jazolash
usullaridan foydalanish orqali;
- Tarbiyaviy soatlar, «Odobnoma» darslari saviyasini oshinsh orqali;
- Mehnat, sport ilg'orlari, ilm-fan xodimlari, san’at yulduzlari, mehnat
faxriylari, hojilar bilan uchraShuvlar uyuShtirish orqali;
- Maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar o'tkazish, turli
axloqiy-ma’rifiy, badiiy-estetik tele-radio eShittirishlaridan foydalanish;
- Dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va an’analarimiz aks
etgan asarlami o'qib-o'rganish orqali.
«Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bashariyat
jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalash dan iboratdir... Bolalar suvga o'xshaydilar.
Suv qaysi rangdagi idishda bo'Isa, o'Sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday
muhitda bo'Isalar o'sha muhiming O'xshash odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy
tarbiyaning eng buyuk Sharti Shundan iboratki, bolalar ko'proq yaxshi va yomon
axloqni o'z uylaridan, ko'chadagi o'rtoqlaridan, maktabdagi o'quvchilardan qabul
qiladilar1»,- deb yozadi buyuk ma’rifatparvarlarimizdan biri Abdurauf Fitrat.
Pedagogik korreksiyalashda axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o'z
ifodasini topishini unutmasligimiz kerak:
1.Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi
munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalminallik kabi
fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida Vatan boyliklarini ko'paytirish,
mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo'ladi.
2.Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy munosabat shaxsning
mehnat jarayonida namoyon bo'ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini
anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi.
3.Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. shaxsning jamoatchilik, ko'pchilik
manfaatini o'z shaxsiy manfaatidan ustun qo'yishidir.
4.Shaxsning o'ziga, o'z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi - bu
o'quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabda axloqiy mavzularga oid tadbirlar sinfdan va maktabdan tashqari turli -
tuttian shakllarda olib boriladi. Bolalar yoshiga, saviyasiga qarab «Inson go zalligi
nimada?», «Axloq va qonun», «Ona yurting omon bo'Isa», «Inson odobi bilan»,
«Jannat onalar oyog'i ostida» va boshqa mavzularda suhbatlar, munozaralar
o'tkazish mumkin. Sharq qadriyatlari va milliy an’analami dars va tadbirlar
jarayonida o'quvchilarga o'rgatib borish lozim. Maktabda mehnat ilg'orlari,
faxriylar, hurmatJi qariyalar bilan uchraShuvlar, adabiy kechalar, musobaqalar
о tkazish, turli matbuot mate riallaridan foydalanish ham mumkin
Har tomonlama yetuk. komil insonni shakllantirishta lim-tarbiya jarayonidan
kutilgan asosiy natija ekan, yoshlarimizga kompleks tarbiya berishimiz lozim.
Ayniqsa, ularda fuqarolik hissini Shakllantirish, ulaming huquqiy madaniyatini
о stirish, vatanparvar va baynalminalinsonlar qilib yetishtirishga, mustaqil fikrlash
ko'nikmalarini o'stirishga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim. O'quvchilarga
huquqiy tarbiyani berishda va ulami vatanni sevishga o'rgatishda davlat
ramzlaridan foydalanishning ahamiyati kattadir.
Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta 'lim va tarbiya
jarayonida ulaming ahamiyatini o 'quvchilarga tushuntirish, tarbiyalanuvchilar xulq-
atvoriga chuqur ta 'sir etadi. Hayotga qadam qo yib kelayotgan har bir о quvchi
davlatimiz Konstitutsiyasini, bayroggerbi va madhiyasini yaxshi bilishi kerak.
O'quvchilarda Shu ramzlarga chuqur hurmat-ehtirom tuyg'ularini tarbiyalash
tarbiyaviy ishlarimizning uzviy qismini tashkil etishi lozim.
Davlat ramzlarini o'rganish pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil etilsa, и
o'quvchilaming xuquqiy va axloqiy his-tuyg'ulariga, vatanparvarlik qarashlariga
yaxshi ta 'sir ko'rsatadi. Bu borada o 'quvchilar bilan olib boriladigan jamoa
tarbiyaviy ishlarining imkomyatlari beqiyosdir. Davlat gerbi, bayrog'i, madhiyasi
hamda o'quvchilar tashki lot lari ramzlarining axloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni
haqida uyuShtirilgan xilma-xil munozara va suhbatlar shubhasiz samarali natijalar
beradi.
Tarbiya jarayonida o'rta va katta pog'ona(konsentr)dagi o'quvchilarning xulq-
atvorini korreksiyalash yoTlari. Tarbiya jarayonida jamiyat tomonidan qabul
qilingan xatti-harakatlar, qoidalar va me’yorlardan chekingan o'smirlaming xulqidagi
nuqsonlami korreksiyalash ular to'g risida to'liq axborotga ega bo'lishm talab qiladi.
Deviant xulqli o'smir va o'spirinlaming pay do bo'lishi bu hodisaning ob’ektiv
va tarixiy vujudga kelishi jamiyatimiz oldida, ijtimoiy harakat va ta’lim-tarbiya
muassasalari oldiga ulkan vazifani- dezadaptatsiyalaShgan(xulq normalaridan
chetlaShgan) yoshlar bilan ishlashda tarbiyaviy Shakl, metod, texnologiyalami to'g'ri
tanlshni, tarbiyaviy ta’sir kuchini jamlaShni taqozo etadi. Bu sa’y-harakatlar
balog'atgayetmaganlaming reabilitatsiyasiga va Shu bilan birga, ulaming axloqlarini
profilaktikasiga qaratilishi zamr.
Deviant xatti-harakat-bu psixik sog'lom Shaxslar tomonidan me’yoriy
qoidalami buzish holatlaridir.
Deviatsiva-bu ijtimoiy pedagogik muammo bo'lib, inson ruhiy olamidagi,
uning atrofidagi muhiming o'zgarish hollari bilan bog'liq. Bu hoi, ayniqsa, o'smir
yoshidagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo'lib, bu
yoshdagi bolalaming anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqa jihatlarida
o'zgarishlar ro'y beradi. Bu o'zgarishlar o'z navbatida ulaming psixikasida
o'zgarishlar ro'y berishiga zamin yaratadi. Ulaming ijtimoiy statusida, jamoada
o'zini tutishida o'zgarishlar ro'y berib, ulami ko'proq «Men kimman?»-degan savol
qiynaydi.
Jamiyatda o'matilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan O'xshash tarbiyasi
og'ir o'smirlami ilmda deviatsiva deb atashadi.
Deviatsiya o'z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlami
birlaShtiradi.
Deviant hatti-harakat- bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda
xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos
ijtimoiy me’yorldan, hatti-harakatlar va qoidalardan og'ish, chekishning bir turidir.
Ya’ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiya, chaqiriq
ishda va mehnat faoliyatida o'z boshimchalikkayo'l qo'yish, bolalar va o'smirlaming
ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftachilik qilishlari, assotsial harakatlarga
berilish kabilar deviant harakatlarning asosiy ko'rinishlaridir. Ma’lum vazivatlarda
bolalar va o'smirlaming Shu kabi hatti-harakatlami namoyon etishi deviant
harakatlarning tipik xususitidir.
Delinkvent hatti-harakat-deviant harakatlardan farqli ularoq, ular vaziyat
ta’sinida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial harakatlaming doimiy xarakterga ega
bo lishidir. Delinkvent harakatlaming quyidagi turlari mavjud:
• Haqoratlash, xo'rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv
bosqinchilik harakatlar,
• Kichik o'g'riliklar, ta’magarlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va
anjomlami o'g'irlash kabi moddiy foyda ko'rishga qaratilgan o'z shaxsiy
manfaati yo' lidagi xarakatlar;
• Narkotiklar sotish va tarqatish.
Knminal hatti-harakat-bu jinoiy javobgarlikka tortilishga yoshi yetgan
Shaxslaming huquqlarga zid harakatlari bo'lib, ular ustidan jinoiy ish
qo'zg'atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent
harakatlar asos yaratadi.
Yoshlaming asotsial xulqi va g'ayriqonuniy harakatlari salmog'i kamayishiga
muammoning holati davlat organlari, hokimiyatlar, jamoat tashkilotlari, uzluksiz
ta’lim tizimi tuzilmalarining diqqat markazida turishi kerak. Shu sababli mazkur
masala pedagogikaning eng murakkab va ko'pqirrali muammolaridan hisoblanadi.
Shu sababli bugungi kunda yoshlaming xulqidagi nuqsonlami
korreksiyalashda ikki xil texnologik yondoshuvdan foydalanish zarur:
-profilaktik;
-reabilitatsion.
Profilaktika- balog'atga yetmaganlaming xulqidagi ijtimoiy og'ish holatlarini
keltirib chiqamvchi sabablami oldini olishga, ulami bartaraf etishga, asosiy sabab va
Shartlami neytrallaShga qaratilgan davlat, jamoa, mahalla, oilaviy,ijtimoiy-tibbiy,
tashkiliy-tarbiyaviy tadbirlaming majmuasi.
Profilaktik tadbirlar deganda ijtimoiy pedagogikada ilmiy asoslangan va o'z
vaqtida amalga oshiriladigan hatti-harakatlar tushuniladi. Ular quyidagilarga
qaratiladi:
-ijtimoiy risk guruhiga kimvchi bolalaming jismoniy, ruhiy, sotsiomadaniy
vaziyatlaming oldini olishga qaratiladi;
-bolaning normal hayotini himoyalaSh va salomatligini mustahkamlash;
-bolaning ijtimoiy maqsadlarga erishuvi yo'lidagi sa’y-harakatlariga yordam
berish, uning ichki salohiy qudratini yuksaltirish;
«Profilaktika» atamasining o'zi salbiy holatning oldini olishga qaratilishi bilan
uyg unlashadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling