Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


MAVZU: JISMONIY TARBIYANING TARIXIY XUSUSIYATLARI


Download 0.83 Mb.
bet2/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

3.MAVZU: JISMONIY TARBIYANING TARIXIY XUSUSIYATLARI.
REJA:
1.Jismoniy tarbiya tarixi fanini o’rganish davrlari.
2.Jismoniy tarbiya tarixi fanini o’rganish manbalari.
3.Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar.
Jismoniy tarbiya tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo’lgan davlarda jismoniy tarbiya va sportning kelib chiqishi, ivojlanishi va tarraqiy etish qonuniyatlarini o’rganadi.
Jismoniy tarbiya tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faolikyatining tahlilini berishdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish davrlari:
I. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mil.av. VIII ming yillikdan mil. IV asrgacha)
II. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (V- XVII asrlar)
III. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII – XIX asr oxiri)
IV. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari hozirgi kungacha).
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish manbalari:
- qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar;
- jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar;
- jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar;
- turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari);
- jismoniy tarbiya va sportga doir xukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy xujjatlari.
Ashyoviy va yozma yodgorliklar, xalq doston va eposlari, jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotlari ham jismoniy tarbiya tarixini o’rganish manbalari bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiya tarixining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o’rganish va uning rivojlanish yo’llarini aniqlashdir.
Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy tarbiya tarixi fanining eng muhim vazifasi – bo’lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi farmining o'qitishdan maqsad - talabalarning jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, tizimlari to'g'risidagi nazariy bilimlarni shakllartirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy - nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va ' sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini hamda eng ilg'or tajribalarda foydalanishni o'rgatishdan iborat.
Jismoniy tarbiya tarixi o'quv fanining o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
nazariy va amaliy mashg'ulotlarda jismoniy harakat, jismoniy tarbiyani paydo bo'lish davrlarini rivojlanish tarixi,
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish tarixi to'g'risidagi bilimlarga,
jismoniy tarbiya va sport tarixining asosiy davrlarini, rivojlantirish qonuniyatlarini bilishi kerak;
fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to'g'ri aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;
ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak;
amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo'lishi kerak;
fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq, aniq bayon etishi kerak.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani o'quv rejasiga kiritilgan pedagogika, O'zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiy biologic fanlar, tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati hamda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanlari bilan uzviy aloqada o'qitiladi.
Jismoniy madaniyat jahon xalqlarining umumiy madaniyati mazmunidan chuqur o'rin egallamoqda. Uni o'qitish, o’rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning dolzarb muammolaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», - deb yangi tariximizga yo'l ochib beidi. Buni yurtimizning mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko'rish mumkin.
Jahon xalqlari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy tarbiya va sport tarixining ham o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat kattadir.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O'zDJTSU) va Respublika oliy o'quv yurtlarininig jismoniy tarbiya fakultetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlarining jismoniy tarbiya bo'limlari, Olimpiya o'rinbosarlari kasb-hunar kollejlarida Davlat ta'lim standartlari asosida «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilim hamda amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda jismoniy madaniyat harakatini tashkil etish va boshqarish» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan bin bo'lib hisoblanadi.
«Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, eng avvalo, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda.
Shuningdek, jahon miqyosidagi va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu fan sport turlari tarixi, pedagogika tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq holda o'rganilmoqda va rivojlanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganishda mutaxassis olimlar Rl.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy, RAbdumalikov, J.T.Toshpo'latov, A.K.Akramov, H.A.Botirov va boshqalarning o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalaniladi. Ularning asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yo'llarini o'iganish imkoniyatiga ega bo'lmoqdamiz.
Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar ijtimoiy turmush hamda mehnatda, ayniqsa, Xalqaro sport harakatida doimiy ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiaton Respulikasining Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida gi Qonuni, Ta’lim to’g’risida gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Sog'lom avlod davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini hayotga singdirish, bolalar sportini rivojlantirish, o'quvchi yoshlarning «Umid nihollari», «Barkamol avlod» sport o'yinlari hamda talabalar «Universiada»larini tashkil qilishda asosiy maqsad buyuk kelajakning har tomonlama barkamol avlodlarini tarbiyalashdir. Aholining salomatligini yaxshilash, barkamol avlodning ma'naviy va jismoniy rivojlanishini ta'minlashda jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslarini singdirish muhim vazifalardan biri qilib qo'yilmoqda.
Bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining zimmasiga g'oyat katta sharafli mas'uliyatni yuklamoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportining mohiyatini tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu yo'lda ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-tarbiyaviy va ilmiy meroslar mazmunidagi jismoniy tarbiya hamda uning tarixi asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1.Jismoniy tarbiya tarixi fanini o’rganish davrlarini aytib bering?
2.Jismoniy tarbiya tarixi fanini o’rganish manbalari aytib bering?
3.Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar aytib bering?



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling