Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet1/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
SAN’ATSHUNOSLIK KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»
Pedagogika fakultet dekani
______ E.Tilayev
«___» _________2022 yil

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”


fanidan


O‘QUV-USLUBIY MAJMUA



Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000 - Ta’lim

Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik):

60112200 – Jismoniy madaniyat



Shahrisabz – 2022 yil
Fanning o‘quv uslubiy majmuasi Qarshi Davlat Universitetining Pedagogika instituti kengashining 2022-yil “­­­­­­ ” “ ” dagi “____” sonli bayoni bilan tasdiqlangan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan namunaviy dastur asosida tayyorlandi.
.
Tuzuvchilar: QarDU Pedagogika institut dotsenti T.Arislonov
QarDU Pedagogika institut o’qituvchi U.Raxmonov
QarDU Pedagogika institut o’qituvchi F.Asadov.

Taqrizchi: QarDU Pedagogika institute katta o’qituvchi Sh Ro’ziyev


Ushbu fanning o‘quv uslubiy majmuasi Qarshi Davlat Universitetining Pedagogika instituti kengashining 2022-yil “­­­­­­ ” “ ” dagi “____” sonli yig’ilishida ko’rib chiqildi va tasdiqlandi

MUNDARIJA

1

Ma’ruza matni

4

2

Amaliy mashg‘ulotlar

176

3

Seminar Mashg’uloti

195

3

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari

236

4

Glossariy

238

5

Ilovalari

241

5.1.

Fan dasturi

242

5.2.

Ishchi dasturi (Sillabus)

256

5.3.

Tarqatma materiallar

266

5.4.

Baholash mezonlari

274

5.5.

O‘UMning elektron varianti





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA МAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING PEADOGIKA INSTITUTI


PEDAGOGIKA FAKULTETI

SAN’ATSHUNOSLIK KAFEDRASI ”


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”


Fanidan

Ma’ruzalar matni



Tuzuvchi: T.ARISLONOV

jismoniy tarbiya va sport tarixi» deb nomlanadi. Ta'kidlash joizki, bu bo'Iimni to'rtta katta davrga ajratib o'qitish maqsad qilib qo'yadi, ya'ni:


Qadimgi ajdodlar jismoniy tarbiyasi.
Temuriylar sulolasi hukmronligi va keyingi davrlarda jismoniy tarbiya hamda harbiy mashqlar.
Chor Rossiyasi va sobiq Ittifoq mustamlakachiligi davrida O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport (1866—1991).
Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti (1991-2018), "
Bu davrlarni belgilashda «O'zbekistonning yangi tarixi» va boshqa manbalardagi aniq ko'rsatkichlar, fikr-mulohazalar hamda ilmiy tajribalarga tayanildi. Shu bilan birgalikda mutaxassis olimlar R.I.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy, R.Abdumalikov, J.T.Toshpo'latov, A.K.Akramov, H.A.Botirov hamda jurnalistlar S.Ostonov,T.Obidov va boshqalarning o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalanildi. Shu sababdan, ularga o'zimizning mirmatdorchiligimizni izhor etamiz. Shuningdek, darslik 1999-yilda R.Abdumalikov, A.K.Akramov, K.D.Yarashevlar tomonidan tayyorlangan «Jismoniy taibiya va sport tarixi» dasturiga moslashtirilib, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o'quvchi yoshlar, tala-balar, yosh ijodkor o'quvchilar hamda keng jamoatchilikka mo'ljallandi.
Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi ibtidoyi jamoa tuzimida jismoniy mashqlarni mehnat orqali paydo bo‘lganligi, ikki davr ya’ni onalik urug‘chilik va otalik urug‘chilik davrlarida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari, urug‘chilik davrining yemirilishi va quldorlik munosabatlarni vujudga kelishida jismoniy madaniyat, quldorlik davrida jismoniy madaniyat shakllari, feodal tuzimida jismoniy madaniyat, feodalizmni yemirilishi davrida buyuk gumanistlar jismoniy madaniyat haqidagi fikrlari, yangi davrni boshlarida chet mamlakatlarda sport o‘yinlarini rivojlanishi, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining tashkil etilishi va uning kongresslari, markaziy Osiyoga jismoniy madaniyatni kirib kelishi va rivojlanishi, Xalq qo‘shinlarining harbiy va jismoniy tayyorgarligi, hamda O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlanishi va milliy olimpiya qo‘mitasini tashkil etilishi, barkamol avlodni madaniyatlashda jismoniy madaniyatning roli va o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.
Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimla
ri xal etishga o‘rinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni bo‘zib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar.
Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi.
Jismoniy madaniyat unumlm mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Inson asrlar davomida tabiat bilan kurashishda o‘z kuchlarini oshirib borish bilan birga mehnat kurollarini takomillashtirib bordi. Mehnat jarayonida jismoniy va aqliy qobiliyatlarini to‘xtovsiz rivojlanib bordi. Kishining mehnat qobiliyatida jismoniy mashqlar ham vujudga keldi. va rivojlanib bordi.
Shu maqsadda u о‘z oldiga quyidagi vazifalarni qо‘yadi:
- fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;
davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlarini о‘rganish;
yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini о‘zlashtirishni ta’minlash;
egallangan nazariy bilim, amaliy kо‘nikma hamda malakalarni о‘quv amaliyoti jarayonida tajribadan о‘tkazish;
ilmiy-nazariy tadqiqotlar о‘tkazishga da’vat etish;
reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;
Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bо‘lajak mutaxassislarni tayyorlab yetishtirishdagi barcha yо‘l-yо‘riqlar о‘z ifodasini topadi. Eng muhimi, О‘zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida о‘tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning о‘z aksini topishi ifodalab beriladi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hisoblanadi. Unda fuqarolarning о‘z sog‘liklarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari kafolatlangan. О‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risida»gi Qonuni jismoniy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni о‘rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muhim omil hisoblanadi.
О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni barcha turdagi о‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-sog‘lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yо‘l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog‘i sifatida о‘z о‘rniga egadir.
1993 yilning mart oyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning Nizomiga kо‘ra sog‘lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yо‘lda qilinadigan ishlarning mazmuni va rahbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi.
О‘zbekistonda barcha sohalardagi yutuklarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog‘liq ekanligi e’tirof etildi. Shu sababdan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qо‘llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jihatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bо‘lganligi uchun о‘zining muhim manbai sifa­tida tan oladi.
О‘zbekiston Davlat sport qо‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, 1991 yilda 38 kishiga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bо‘lgan.
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bо‘lib о‘tgan yozgi XXV Olimpiya о‘yinlarida О‘zbekistonning 17 nafar sportchisi sobiq SSSR tarkibida sо‘nggi bor qatnashdilar. Ular orasida Galiyeva R., Chusovitina O. /gimnastika/, Shmonina M. /yengil atletika/ oltin medal, Sirsov S. /og‘ir atletika/, Asrabayev /о‘q otish/ kumush medal va Zaxarevich V. /qilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bо‘lishdi. 1996 yil Atlanta (AQSH)da о‘tkazilgan XXVI Olimpiya о‘yinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, K.Tо‘laganov (boks) bronza medaliga sazovor bо‘lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya о‘yinlarida M.Abdullayev boks bо‘yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mixaylov (boks) bronza medallarini qо‘lga kiritdilar. О‘zbek kurashi bо‘yicha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi va 3 marta jahon chempionati о‘tkazildi. Umuman, Respub­lika sporta taraqqiyotning yangi bosqichga kо‘tarildi.
– jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.
– jismoniy madaniyat umum tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy mashklar bilan shug‘ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foyda,tanish, tozalikka rioya etish, gavdaning tо‘g‘ri hamda chiroyli о‘sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.
Kо‘rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini tо‘ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug‘ullanish esa jismoniy madani­yat harakati demakdir.
– Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g‘oliblar esa musobaqa shaklida aniqlanadi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1.Jismoniy madaniyat tarixi qanday fan?
2.Fanning maqsad vazifalari to‘g‘risida nimalar bilasiz?
3.Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi nimalardan iborat?
4.Jismoniy madaniyat tarixi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini aytib bering? .



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling