Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet55/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

«Universiada -2010» sport musobaqalari Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan. Musobaqalarda mamlakatimizning barcha hududlarini 14 ta terma jamolar ishtirok etishdi. «Universiada -2010» sport musobaqalarida 176 ta oltin, 176 ta kumush va 191 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.
Musobaqalarning yakuniny natijalariga ko‘ra, umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahar, ikkinchi o‘rinni Andijon shahri va uchinchi o‘rinni Navoiy viloyati sportchilari egallashdi. «Universiada -2010» sport musobaqalari g‘oliblariga tantanali ravishda Prezident sovrinlari - "Damas" avtomobili kaliti taqdim etildi. Turli sport turlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni namoyon qilgan sportchilar diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi. Unda jami 12 ta sport turlari bo‘yicha jami 151360 ta ishtirokchilar ishtirok etishgan.
Buxoro shahrida 2013 yilda «Universiada -2013» sport musobaqalari 12 ta sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda jami 156000 talabalar shundan, 57720 qizlar va 98280 yigitlar ishtirok etgan.
“Universiada-2016” ning final bosqichi Farg’onada bo’lib o’tgan edi. Toshkent shahrining jamoasi musobaqada eng ko’p medallarni qo’lga kiritgan holda birinchi o’rinni egallagan. Farg’ona va Samarqand viloyatlarining jamoalari ikkinchi va uchinchi o’rinlarni qo’lga kiritgan


4. Davlat tomonidan jismoniy tarbiya va sportga beriladigan e’tibor.

Mustaqillik, erkin fikr yuritish, adolat va teng huquqlik yurtdoshlarimizga yangi baxt-saodat keltirdi. Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o‘zining haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo'ldi. Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy madaniyat va sport ham o‘z o‘rni hamda mavqeiga egadir. E’tirof etish kerakki, mustaqil O‘zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos boiuvchi eng muhim tadbirlar ko‘rilmoqda. O`‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni (1992--yil 14-yanvar) barcha aholining sogiig‘ini mustahkamlash, ulaming jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. Bu qonun 2000-yilda yangi tahrirda qayta qabul qilindi. Shu qonunga muvofiq «Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va o‘quv yurtlari har yili kamida bir martai maktabgacha yoshdagi bolalarning hamda o'quvchi yoshlaming jismoniy tayyorgarlik darajasini ko‘rikdan o'tkazish belgilab qo'yildi. Bundan tashqari, qonunda umumta’lim maktablarida, boshqa o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya bo'yicha imtihonlar o‘tkaziladi».2 — deb ko‘rsatilgan. Bu esa o'quvchi yoshlaming salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish, ulami mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli kishilar qilib taibiyalashga qaratilgandir. Bu imkoniyat va talablami har bir o'quvchi yoshlar o‘z tafakkurlari bilan tushunishlari, mustaqil O‘zbekistonning istiqboliga hissa qo'shish uchun bor imkoniyatlami ishga solish, o'z burchlarini ado etishlari kerak. Ma’lumki, Respublika Oliy Kengashining/sessiyasida (1992-yil iyul, ^ 1997-yil 29-avgust) «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun qabul qilinib, unga ta’lim oluvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratish, o‘qish, mehnat qilish, dam olish uchun ta’lim muassasalari mas’uldir deyilgan.1 Bu ikki qonunning mazmun va mohiyati o‘zaro mujassamlashib, jismoniy tarbiya ,'va sportni rivojlantirishga qaratilgandir.


O'quvchi yoshlaming ta’lim olishlari va ularni doimo sog'lom bo‘lishlarini davlat qonunlari bilan muhofaza qilish, bo‘lajak mutaxassislarning porloq kelajagini ta’minlash, deb talqin qilish lozim. Shu tufayli barcha o'quvchi yoshlar ayerda ta’lim olmasin, ularga berilgan imtiyozlardan foydalanish, jismoniy kamolotni ta’minlash, uning ijtimoiy mohiyatlarini yanada ko‘tarish, uni imkoni boricha, inson hayotidagi yuksak omilkor ekanligini kelajakka meros qilib qoldirish kerakdir.
Shu sababdan, respublika sportining istiqbolidagi asosiy manbalarning holati va uni rivojlantirish omillaridan xabardor bo’lish muhim vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi.
Respublikadagi jismoniy madaniyat jamoalari, sport klublari, sport jamiyatlari va turli vazirliklar, davlat idoralaridagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, qiziqarli sport musobaqalarini uyushtirish, yuqori sport natijalariga erishishda alohida o£rin tutadi.
O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish (1993, 1996), tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o‘tkazish (1993— 2000) haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, « 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas’uliyatlami yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o‘quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yo‘lga qo‘yish masalalari jiddiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Respublika jismoniy madaniyat harakatining salmoqli tarmoqlari umumta’lim maktablari, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (litsey, kollej va h.k.)dan iboratdir. Shu sababdan, sportchi o‘quvchi yoshlar va talabalarning soni boshqa tarmoqlarga nisbatan ancha ustuvordir. Ular bilan olib borilayotgan jismoniy tarbiya darslari, sport mashg'ulotlari hamda turli xil sport musobaqalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu jihatlar, ayniqsa, mustaqillikning keyingi yillarida (2001—2005) yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi (litsey, kollej) jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotini ta’minlovchi ba’zi bir rasmiy ma’lumotlarni keltirish zarurdir. Bu haqda 0 ‘zbekiston Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligining joriy hisobotlari dalolat bo‘la oladi. Ularni quyidagi jadvallarda ko‘rish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishini kengaytirishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (1999-yil 27-may) katta voqea bo‘ldi. Unga ilova qilingan davlat dasturida (konsepsiya) aholini ommaviy ravishda sportga jalb etish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish, ayniqsa, eng zamonaviy sport majmualarini (kompleks) yangidan qurish bosh vazifa qilib qo'yildi. Respublika sportchilarini xalqaro sport musobaqalariga tayyoriash, ulaming g‘alabalarga erishishlari uchun barcha imkoniyatlami ishga solish, bunda murabbiylar, mutasaddi sport tashkilotlari hamda davlat idoralari rahbarlarining mas’uliyatlarini oshirish alohida qayd etildi.
Buyuk kelajak yosh avlodlar taqdirida bo‘lishi tabiiydir. Sport olamida ham bunday g‘oya va talablar ancha ustuvor turadi. Respublikamiz sportining ravnaqini ta’minlash yo'lida Respublika Prezidenti tomonidan «0‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish» jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni (2002-yil 24-oktabr) e’lon qilindi. Farmon bo‘yicha O'zRVM maxsus qaror qabul qildi va respublika, viloyat va tuman-shahar tashkilotlari faoliyati ishga tushdi. Uning samaralari kun sayin tobora oshib bormoqda.
Iqtidorli bolalami sportga jalb etishda oila, maktab, mahalla va boshqa turli jamoat tashkilotlarining faol va amaliy harakatlarini qaratishga keng o‘rin berildi. Shu sababdan, «Bolalar va o'smirlar sport maktablari»ning (BO‘SM) tarmog'ini kengaytirish, xalqaro sport musobaqalari, ayniqsa, Olimpiya o‘yinlari dasturidagi sport turlari bo‘yicha tayyogarlik hamda tarbiyaviy ishlarni xalqaro andozalar talabi asosida olib borishga da’vat etilmoqda.
Mazkur qaror asosida qizlarimizni sportga qiziqtirish, ularni tarbiyalash va Xalqaro sport musobaqalari hamda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda o'quvchi yoshlaming jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlaridagi faol harakatlami yanada sifatliroq o‘tkazish, ularni xalq milliy o‘yinlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash, bu yo‘Ida kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mutaxassis xodimlami va ulaming malakalarini oshirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Uinuman olganda, mazkur qaror o‘quvchi yoshlarning sportga qiziqishini oshirishda muhim omil sifatida tarixiy jarayonga aylanmoqda.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling