Qarshi davlat
MAVZU: PEDAGOGIK BAXOLASH PSIXOLOGIYASI
Download 0.52 Mb.
|
Qarshi davlat universiteti
MAVZU: PEDAGOGIK BAXOLASH PSIXOLOGIYASI
Reja: 1.Pedagogik baxolashning sotsial-psixologik kurinishlari. 2.Pedagogik baxolash samaradorlik shartlari. 3.Pedagogik baxolashning yosh xususiyatlari. Ta’lim tizimini tubdan tashkil qilish o‘quv faoliyatini takomillashtirish, o‘quvchi shaxsini psixologik jihatdan rivojlantirish hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston psixologlaridan M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, E.G‘oziyev, R.I.Sunnatova, A.Jabborov Z.T.Nishonova A.Rasulov, N.Safayev ,D.Muxammedova, S.Jalilova, F.Haydarov va boshqalar tomonidan bu borada tadqiqot ishlari olib borilib ta’lim muassasalarida o‘qitish, tarbiya berish masalalari atroflicha yoritib berilgan. M.G.Davletshin o‘z tadqiqotlarida talabalarning o‘qish faoliyatidagi ko‘nikma, malakalarini hosil bo‘lishi va psixik qobiliyatlarni rivojlantirish masalalarini ilgari surdi. Shuningdek, uning shogirdlari tomonidan tadqiqot muammosini ilmiy dalillar asosida asoslab berganlar. Jumladan, M.G.Davletshin, S.X.Jalilovalar tomonidan hozirgi zamon ta’limining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan. a) Ta’limning har bir darajasini uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida anglash. Bu yo‘nalish maktab bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi aloqa muammolarinigina emas, balki talabalarning kasbiy tayyorligini oshirish vazifasini hisobga olgan holda oliy o‘quv yurti bilan mutaxassisning ishlab chiqarish faoliyati o‘rtasidagi aloqani ham ko‘zda tutadi. b) «Ta’limni industriallashtirish» ya’ni kompyuterlashtirish va texnologiyalashtirish asosida hozirgi zamon jamiyatining aqliy faoliyatini kuchaytirish v) Ta’limning hozirgi vaqtgacha ustunlik qilgan axborot beruvchilik shakllaridan faol o‘qitish metodlari va shakllariga o‘tish. Bu yo‘nalish «Xotira maktabi»dan «tushunish maktabi», «tafakkur maktabi»ga o‘tishdan iborat. g) O‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va boshqarishning qat’iy belgilangan nazorat usullaridan rivojlantiruvchi, faollashtiruvchi, takomillashtiruvchi usullar va o‘yin usullariga o‘tish. Bu esa ta’lim oluvchilarning tashkiliy-ijodiy, mustaqil faoliyatini qo‘llab quvvatlash va uni rivojlantirishni taqozo etadi. d) Ta’lim oluvchi va muallim o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirini tashkil etish, ta’lim oluvchilarning birgalikdagi jamoa faolligi sifatida tashkil qilish zaruriyati qayd qilinadi. Bunda asosiy urug‘, o‘qituvchining bilim berish faoliyatidan talabaning bilim olish faoliyatiga o‘tkaziladi. Psixolog E.G‘oziyev tomonidan ham o‘quvchilar o‘quv faoliyatlari xususiyatlari talabalar o‘qish jarayonlari va undagi qiyinchiliklar masalalari tadqiq qilingan. Uning «O‘quv faoliyatini boshqarishi» nomli o‘quv qo‘llanmasida o‘quv jarayonini boshqarish, bu borada xorij tadqiqotlari o‘quvchi shaxsi va aqliy taraqqiyot, intellekt muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, olim tomonidan tafakkur muammosi keng doirada talqin qilinib, yoshga xos tafakkur jarayonlarini rivojlanish ko‘rsatkichlari tadqiqot natijalari asosida yoritib berilgan. Ma’lumki talabalarning yetakchi faoliyati o‘qish hisoblanadi. O‘quv faoliyati jarayonida mutaxassislarni tayyorlashning asosiy maqsadlariga erishiladi. O‘qish faoliyati talabaning psixik jarayonlarini xususiyatlari rivojlanishiga kasbiy muhim bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni egallashga ta’sir ko‘rsatadi. Agar o‘qish ijodga aylansa, talabalarning hissiy sohasiga ijobiy ta’sir qiladi, diqqat va xotirasini rivojlantiradi, qoniqish hissini yuzaga keltiradi, faoliyatga nisbatan qiziqishi ortadi. A.A.Abdurazzoqov va E.P.Nazirovlarning o‘tkazgan tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha birinchi va ikkinchi kurslarda auditoriyada beriladigan vazifalarga qiziqish kuchli bo‘ladi. Yuqori kurslarda esa auditoriyadan tashqari vazifalarga va mutaxassislikka bog‘liq fanlarni chuqur o‘rganishga qiziqish kuchayadi. Shuning uchun talabalarning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda ularning bu xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Talabalarning o‘quv faoliyatini o‘rgangan E.G‘oziyev rahbarligida uning shogirdlari tomonidan zo‘r qiziqish bilan o‘rganildi. Jumladan, A.X.Ruxiyeva «Talabalar o‘quv faoliyatida o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik xususiyatlari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida umumlashgan o‘quv faoliyatining usullari sistemasi orqali o‘quv faoliyatini boshqarish deganda maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan, nazorat qilinadigan sistemalashtiriladigan, tashkil qilinadigan mustaqil bilim olishga qodir bo‘lgan faoliyatni tushuniladi. Tadqiqotda o‘z-o‘zini boshqarishning barcha komponentlarining tarkibiy qismlari xususiyatlarga egaligi professional qiziqishini takomillashtirish va faoliyatni amalga oshirishda uchraydigan to‘siqlarni yengish orqali talaba o‘quv faoliyati subyektiga aylanishi isbotlangan. R.I.Sunnatova ilmiy izlanishlarida shaxsda o‘z-o‘zini boshqarish va tafakkur operatsiyalari tadqiq qilinib, bu borada tadqiqot ishlari olib borildi. Olim tomonidan ta’lim muassasalarida o‘qitish ishlarini tashkil qilish va uni shaxs rivojlanishiga ta’sir masalalari yetarlicha yoritib berildi. Shuningdek olti yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorligi, moslashish xususiyatlari, psixik rivojlanish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Z.T.Nishonova tadqiqotlarida aynan o‘smirlik davri o‘quv faoliyatlarini egallash masalalari yoritilib, muallif bu borada tafakkur sifatlarini rivojlanishi, bilimlar egallashning asosi ekanligini tadqiqot natijalari asosida ko‘rsatib o‘tadi. A.Jabborovning olib borgan tadqiqotlarida o‘zbek o‘qituvchisining faoliyatida milliy xududiy xususiyatlarni e’tiborga olish kabi muxim va dolzarb masalaga e’tibor qaratilgan va bu masala psixologiya sohasida olim tomonidan har tomonlama mukammal ishlab chiqilgan. F.I.Haydarov tomonidan o‘rganilgan muammo o‘quv faoliyati motivlari masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib bu borada qishloq va shahar maktablari o‘quvchilarining o‘qish motivlarini rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot ishini olib bordi. Tadqiqot natijalaridan shuni ko‘rish mumkin-ki, o‘smirlik davrida o‘qish motivlarini namoyon bo‘lish xususiyatlari ya’ni bilish, ijtimoiy, tashqi, ichki motivlari ritiladi. Shuningdek, ularning o‘zaro farqlar bo‘yicha dinamikasi ko‘rsatiladi. Ma’lumki, shaxsda o‘qishga nisbatan ijobiy xususiyat bilimga qiziqish, intiluvchanlikni yuzaga chiqishi ichki turtki sabablar ya’ni motivlarga bog‘liqligi asoslab berilgan. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, o‘qish,o‘qitish maslasiga e’tiborning ortishi bu boradagi keng doiradagi tadqiqot ishlari olib borilishiga turtki bo‘ladi. O‘quv faoliyati masalasining mohiyat mazmuni o‘rganilgan bo‘lsada, yosh olimlarimiz tomonidan uning o‘rganilmagan jabhalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling