Qarshi davlat
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bо‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. Malaka
Download 0.52 Mb.
|
Qarshi davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muloqotdagi konstruktivlik
- Munosabatning о‘zgarishi (deformatsiya)
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bо‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan kо‘nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir meyordagi harakat bо‘lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga kо‘ra avtomatlashtirishi mumkin. Kо‘nikmalar faqat oson payqash mumkin bо‘lgan harakatchan bо‘lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bо‘ladi. Avtomatizmdan iborat bо‘lgani holda kо‘nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda о‘z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, kо‘nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bо‘la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qо‘yishdan qо‘rqadi). Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida о‘z salohiyatini о‘stirish, shaxsiy о‘sishi, sotsial yetuklikning shakllanishi tomon harakatlanishi yо‘nalishini kо‘rsatadi. Munosabatning о‘zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday о‘zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog‘lig‘iga, ularning obrо‘siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. О‘zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning dо‘st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni masxara qilishayotganligi va kо‘plab boshqa narsalarni anglay boshladim. Mazmun – bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir obyekt о‘rtasidagi munosabatni xira bо‘lsada anglash va subyekt hohishlariga kо‘ra paydo bо‘ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yо‘q» tashqaridan qaraganda bir narsa bо‘lib tuyulgan yumush (о‘ra qazish) yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yо‘lovchi uchun esa piyodalar yо‘lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg‘unchilik mazmuniga ega bо‘lib tuyuladi. Meyor – obyektning sifat va miqdoriy jixatlari о‘zaro bog‘liqligini anglatadigan, mazmukn va shakl imkoniyat va voqeilik о‘rtasidagi zaruriy uyg‘unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi о‘zaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling