Qarshi davlat


Download 0.52 Mb.
bet34/44
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1770114
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti

Guruh roli (о‘rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga kо‘ra insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (о‘rni, pozitsiyasi).
Guruh – umumiy bо‘lgan bir yoki bir necha belgilarga kо‘ra birlashgan kishilar yig‘indisidir.
Guruhning birdamligi - fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy xarakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bо‘ladigan guruh a’zolari birligining psixologik xarakteristikasidir.
Gipoteza – о‘rganilayotgan zxodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.
Guruhda kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh a’zolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh obyektlari о‘rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon bо‘ladi.
Geniy – bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs.
Dunyo obrazi - insonga dunyoda harakatlana olish uchun mо‘ljal bо‘lib xizmat qiladigan olam tо‘g‘risidagi, boshqa kishilar, о‘zi va о‘z faoliyati tо‘g‘risidagi bir butun, yaxlit kо‘p darajali tasavvurlari tizimidir. Bu subyektiv kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. Ta’kidlash lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bо‘lgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda kо‘chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi hodisalarni bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. О‘zini va tashqi olamni faol о‘zlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi.
Diqqat – ongning muayyan obyektlar tо‘plami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga bog‘liq) tanlangan holda yо‘naltirilishidir. Ba’zan nazorat va о‘z-о‘zini nazoratni ham diqqatga kiritishadi.
Dunyoqarash – tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim, taasvvurlar va g‘oyalar majmui bо‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, о‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib о‘rin egallashga chorlaydi.
Dil- jon,qalb,yurak,kо‘ngil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar deyarli bir xil ma’noda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelgan.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling