Qarshi filiali kompyuter injiniring fakulteti ki-14-20
Download 75.25 Kb.
|
2-Mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trigger
SCHMITT TRIGGER TARKIBI VA ISHLASH PRINSIPI
Elektronikada Shmitt triggeri - bu taqqoslash yoki differentsial kuchaytirgichning o'zgarmas kirishiga ijobiy qayta aloqani qo'llash orqali amalga oshiriladigan histerezli taqqoslash sxemasi. Bu analog kirish signalini raqamli chiqish signaliga aylantiruvchi faol sxema. Sxema trigger deb ataladi, chunki kirish o'zgarishni boshlash uchun etarli darajada o'zgarmaguncha chiqish o'z qiymatini saqlab qoladi. Inverting bo'lmagan konfiguratsiyada kirish tanlangan chegaradan yuqori bo'lsa, chiqish yuqori bo'ladi. Agar kirish boshqa (pastki) tanlangan chegaradan past bo'lsa, chiqish past bo'ladi va kirish ikki daraja o'rtasida bo'lsa, chiqish o'z qiymatini saqlab qoladi. Ushbu ikkilamchi chegara harakati histerezis deb ataladi va Shmitt triggerining xotiraga ega ekanligini va bistable multivibrator (latch yoki flip-flop) sifatida harakat qilishi mumkinligini anglatadi. Ikki turdagi sxemalar o'rtasida yaqin bog'liqlik mavjud: Shmitt triggeri mandalga aylantirilishi mumkin va mandal Shmitt triggeriga aylantirilishi mumkin. Schmitt trigger qurilmalari odatda raqamli kontaktlarning zanglashiga olib keladigan signallardan shovqinni, xususan, kalitlarda mexanik kontaktlarning zanglashini olib tashlash uchun signalni sozlash dasturlarida qo'llaniladi. Ular, shuningdek, funktsional generatorlarda va quvvat manbalarini almashtirishda ishlatiladigan bo'shashtiruvchi osilatorlarni amalga oshirish uchun yopiq konturli salbiy teskari aloqa konfiguratsiyalarida qo'llaniladi. Trigger – ikkita turg‘un muvozanat holatiga ega bо‘lgan qurilma bо‘lib, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan informatsiyani ishlash, xotirlash uchun mо‘ljallangan. Triggerlar – aktiv xotira elementi bо‘lib, unda mantiqiy о‘zgaruvchini ifodalash uchun ikkita kuchlanish sathi ishlatiladi. Umumiy holda trigger xotirlovchi element (triggerning о‘zi) hamda boshqarish sxemasi birikmasidan iborat bо‘lib, bir necha mantiqiy elementlarni о‘z ichiga olishi mumkin. Kodlash prinsipi bо‘yicha triggerlar ikki keng guruhga – statik va dinamik triggerlarga bо‘linadi: 1) statik triggerlarda sxema turg‘un holatlarining har bir tok kuchining va kuchlanish sathlarining tafovuti bilan xarakterlansa; 2) dinamik triggerlarda sxema holatlari ma’lum amplitudaga davomiylikka ega bо‘lgan chiqish yо‘li impulslari borligi yoki yо‘qligi bilan xarakterlanadi. Informatsiyani kiritish (yozish) usuli bо‘yicha triggerlar asinxron va sinxron (taktlanuvchi) triggerlarga bо‘linadi. - Asinxron triggerlarda har qanday vaqtda kirish yо‘lidagi axborot xabarlar triggerning tegishli («1 » yoki «0 ») holatini bir ma’noda aniqlaydi, ya’ni kirish yо‘lidagi axborotning о‘zgarishi trigger holatini darhol (о‘tish jarayoni tugashi bilan) о‘zgarishiga olib keladi. - Sinxron (taktlovchi) triggerlar qо‘shimcha kirish yо‘liga ega bо‘lib, bu yо‘ldan sinxronlovchi (taktlovchi) impulslar beriladi. Sinxron triggerlarga informatsiya faqat navbatdagi sinxronimpuls berilishi bilan kiritiladi. Trigger xolatining о‘zgarishiga sinxronimpulsning qaysi qismi sabab bо‘lishiga qarab sinxronimpuls sathi orqali boshqariluvchi va sinxronimpuls fronta orqali boshqariluvchi triggerlarni farqlaydi. Sinxronimpuls sathi orqali boshqariluvchi triggerlarda axborot sinxronimpuls davomiyligi mobaynida ta’sir etadi. Mana shuncha vaqt ichida axborot xabarlarni о‘zgarishi trigger holatining о‘zgarishiga olib keladi. Bunday triggerlarda sinxronimpuls davomiyligi triggerning bir holatdan ikkinchi holatga о‘tish vaqtidan kichik bо‘lishi shart. Ishlatiladigan turli sinxroipmulslar soniga qarab bir taktli va kо‘p taktli triggerlarni ajratish mumkin. Boshqarish sxemasi bajaradigan mantiqiy funksiyaga nisbatan integral triggerning keng tarqalgan turlari quyidagicha: — RS-trigger; — D-trigger; — T-trigger; — DV, TV-trigger; — JK-trigger ; — Murakkab mantiqli triggerlar. Download 75.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling