Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi yo`nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi


Download 251.11 Kb.
bet13/38
Sana04.11.2023
Hajmi251.11 Kb.
#1747410
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Falsafa 3-mustaqil ish

Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan ahloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta`lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi.

Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma`naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san`at, G’oya, mafkura go’zallik bilan, ma`naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma`naviy olamni uyg`unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va tehnika insonning ma`naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib hizmat qiladi. Inson yuksak ma`naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’laroq qoldirish imkoniga ega bo’ladi.

Mamlakatimizda ma`naviyat masalalariga alohida e`tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayoti kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi.

Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:

- kishilarning yashashi, shahs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;

- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg`i, kommunikasiya vositalari;

- moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish;


Download 251.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling