Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti dasturiy injiniring yo’nalishi iii-bosqich


Download 157.6 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi157.6 Kb.
#1331765
1   2   3   4
Bog'liq
Shaybonov M (PP-DI-12-20) (ON)

Shaxsga izox bering
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin.
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Shunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish birbiriga ta’sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir.
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli naslnasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ijtimoiytarixiy turmushning o‘ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo‘ladi.
O‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish va mehnat kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko‘ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilmaxilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko‘ra, o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviyaxlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim.

Download 157.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling