Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti dasturiy injiniring yo’nalishi iii-bosqich
Download 157.6 Kb.
|
Shaybonov M (PP-DI-12-20) (ON)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QARSHI-2022 Bilet № 20
- Xarakter va uning shakllanishini tushuntiring
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI DASTURIY INJINIRING YO’NALISHI III-BOSQICH DI 12-20-GURUH TALABASI SHAYBONOV MUHSINBEKNING “PEDAGOGIKA. PSIXOLOGIYA” FANIDAN TAYYORLAGAN ORALIQ NAZORAT ISHI Bajardi: Shaybonov Muhsinbek Qabul qildi: Ergashev Xoldor QARSHI-2022 Bilet № 20 Reja: 1. Xarakter va uning shakllanishini tushuntiring 2. Muloqot va uning turlari 3. Shaxsga izox bering 4. Xorijiy pedagogikada ta’lim – tarbiya Xarakter va uning shakllanishini tushuntiring Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. (egizaklar). egizaklar temperament xususiyatlari jihatidan o`xshasalar ham xarakter xislatlari bir - biridan farq qiladi. Xarakterning xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog`liqdir. Lekin shaxs munosabatlari o`z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug`ma, doimiy va o`zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo`y yoki yolg`onchi, qo`rqoq yoki jasur bo`lib tug`ilmaydi. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta`siri bilan tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o`z - o`zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o`zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql - idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog`liqdir. Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta`sir ko`rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota - onasiga, yaqin kishilarga va kattalarga o`xshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish - turishlari, dasturxon atrofida o`zini to`tishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklarga va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota - onalar va o`qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o`zlariga ham e`tibor bilan qarashlari, o`zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim. Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarini tarbiyalab etkazmoq uchun ota - onalar va tarbiyachilarning o`zlari bunday sifatlarga ega bo`lishlari lozim. Xarakterning o`sishida tarbiya va o`z - o`zini tarbiyalashning roli katta. O`sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta mas`uliyatli vazifa ota - onalar, o`qituvchilar va bolalar bog`chasi tarbiyachilari zimmasiga to`shadi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog bolaning temperamentni ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o`stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo`qotishdan va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yo`qotmoq, ijobiy tomonlarini tarbiyalab etkazmoq uchun tarbiyalanuvchining o`z temperamentini o`zi idora qilishiga o`rgatmoq lozim. O`z temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy xislatidir. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka bir - biridan ajralgan tarika hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya`ni muayyan oilada, maktabda, tsexda va hokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o`rtasidagi bog`lovchi bo`g`indir. Har bir o`qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta`sir qilib, ijobiy natijalarga erishmoqi mumkin.Xarakterning tashabbuskorlik, qat`iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy xislatlari bolalar bog`chasida o`yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To`g`ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o`quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom - sarishtalik, o`z - o`zini tuta bilish, o`zini idora qilish, o`ziga nisbatan talabchan bo`lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib etishadi. Kishi jamoada bir - biri bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o`zining xarakter xususiyatlarini bilib oladi. Xarakterini bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o`z xarakterini o`zi tarbiyalash, jumladan, o`z xarakterini qaytadan tarbiyalashni yo`lga soladi. Har bir kishi ma`lum yoshdan boshlab o`z xarakteri va uning sifatlari uchun o`zi javobgardir. O`z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko`zda tutmog`i lozim. O`z kamchiliklariga iqror bo`lish kamchiliklarini yo`qotishga boshlaydi. 1. Xarakter – (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o’z - o’ziga bo’lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig’indisidir. 2. Xarakterologiya – xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot. 3. O’jarlik – birovning iltimos, maslahat, talab va ko’rsatmalariga nisbatan asossiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter xislatlari. 4. Negativizm (lotincha neqo – inkor qilaman) – atrofdagi kishilarning har qanday ta’siriga nisbatan (iltimos, talab va hakozo) o’ylamay – netmay, dalilsiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter hislati. Negativizm salbiy va aktiv bo’ladi. Shaxsning o’zgalar ta’siriga berilmay, o’z fikrida qolishni passiv negativ, o’zgalarning aytganlarining aksini aktiv negativdir. Negativizm ba’zi psixik kasalliklarning belgisi bo’lishi ham mumkin. Bunda psixik bemor o’zini tekshirtirmaydi savollarga ob’yektiv javob bermaydi. 5. Xarakter aksentuatsiyasi (yunoncha chfrakter – xususiyat, belgi, lotincha accetus – urg’u) – xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin nomoyonlashuvi). Xarakter aksentuatsiyasini individual yondoshish, oilaviy psixoterapiya turini topishga yordam beradi. 6. Xarakter strukturasi – odam xarakterining strukturasi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat emas. xarakterning ayrim xususiyatlari bir – biriga bog’liq, bir – biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. mana shunday yaxlit organizmi xarakter sistemasi deb ataladi. Giperkinez (yunoncha huper - haddan tashqari, boshqa tomonga, kinesis - harakat;) nerv sistemasining kasallanish tufayli ro’y beradigan haddan tashqari ixtiyorsiz gavda harakatlari. Giperkinezning asosiy sababi bosh miya osti harakat markazlarining zararlanishi, shuningdek, miya osti bilan bosh miya qobig’i o’rtasidagi normal bog’lanish va munosabatlarning buzilishi. Labillik (yunoncha labilis – beqaror, o’zgaruvchan) – nerv hujayralarining tezlik bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga o’tish xususiyati. Asteniya (yunoncha astenia - holsizlik) – kishining jismoniy va psixik kuchsizligi ojizligidan iborat nuqson. Senzitivlik (lotincha sensus - hissiyot) – turli ta’sirlarga nisbatan sezgilarning tez va kuchli qo’zg’alishi. Psixoasteniya (yunoncha psycte – jon, asteneia – ojizlik, kuchsizlik) - haddan tashqari qat’iyatsizlik, o’ziga ishonmaslik, badgumonlik, ruhan ezilganlik va muttasil fikirlarga beriluvchanlik va hakozalar bilan sifatlanadigan psixopatologik holat. Shizofreniya (yunoncha schizo bo’lmoq, maydalamoq, phren aql) – aql hissiyot va irodaning pasayishidan iborat, aniq sabablari hali aniqlanmagan psixik kasallik. Epilepsiya (yunoncha epilpsia - hujum qilaman) – davriy ravishda takrorlanadigan tutqanoqlanib hushsizlanish yoki qisqa muddatli psixik buzilish; ongning qorong’ilashishi bilan xarakterlanadigan nerv – psixik kasallik. Isteriya (yunoncha hustera bachadon, XIX asr meditsinasida I.ya bachadon kasali deyilib, u faqat ayollarga xos deb hisoblanardi) – markaziy nerv sistemasining psixika harakatlar doirasi, sezgirlik kabilarning buzilishi bilan belgilanadigan funksional o’zgarish: ruhiy kasallikning bir turi. Qonformlik – (lotincha conformis - o’xshash, mos) – individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo’shilib, ichki tomondan esa qo’shilmay o’z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi. Moyillik – shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug’ullanishga doimiy intilishidan iborat individual xususiyat. Masalan: Muzikaga moyillik ilmiy tekshirish ishlariga moyillik va x.k. Moyillik shaxsning qiziqishlari va qobiliyati bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, bu qiziqish va qobiliyatning tarkib topishi uchun ma’lum darajada asos bo’lishi ham mumkin. Bizga ma’lumki, har qanday odam boshqa odamdan o’zining individual -psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan ma’lum bir odamga xos bo’lgan xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo’ladigan, tipik sharoitlarida ko’rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyat yig’indisi tushuniladi. Xarakter termini fanga qadimgi yunon olim va faylasufi Teofrast tomonidan kiritilgan. Xarakter so’zi yunoncha «tamg’a», «xususiyat» ma’nosini anglatadi. Teofrast o’zining xarakterga bag’ishlangan «traktat»ida 30 xil xarakterni ko’rsatadi. Shaxsning individual - psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag’rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo’ylik, bahillik, g’amho’rlik, tortinchoqlik, quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari 2 ta katta gruppaga bo’linadi: Xarakterning ma’naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo’ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar; Xarakterning irodaviy xislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o’z-o’zini tuta bilish kabilar. Xarakter tug’ma o’zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog’liq holda tarkib topib, o’zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o’ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo’ladigan har bir tipik vaziyat imotsional kechilmalarining individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog’liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo’ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishi emas, balki diqqatning to’plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo’r berishga va shu kabilarga bog’liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog’liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin. O’quvchilar xarakter xislatlarini bilish, ularga individual munosabatda bo’lishning asosidir. Odam xarakterik jamiyat uchun ham katta ahamiyatga ega. Qollektivning mehnat faoliyati va hayoti, undagi odamlarning xarakter sifatlari bilan belgilanadi. Ba’zi bir og’ir xarakterli o’quvchilar tufayli sinfdagi intizom, o’quvchilar o’rtasidagi munosabat sinfning psixologik muhiti buzilishi mumkin. Shu sababli har bir pedagog xarakter strukturasini, xarakter shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, tarbiyalash yo’llarini yaxshi bilishi lozim. Xarakterning fiziologik asosi Bir qancha olimlarning tadqiqotlarda odamlarning harakat usullari nerv sistemasi umumiy tipining xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va sharoitda bir xil ijobiy munosabatda bo’lish bilan solishtirib ko’rilgan. Bunda shu narsa aniqlangan-ki, nerv sistemasi umumiy tipining zid xususiyatlarga psixologik jihatidan zid bo’lgan harakat usullari mos keladi. Masalan: sust nerv sistemasiga ega bo’lgan o’quvchilar yaxshi tanigan o’rtoqlarining tor doirasi bilan alohida qilishga loiq bo’ladilar. Ular o’z tashabbuslari bilan o’zlari haqida kamdan-kam biror narsa aytadilar. Ular juda qiyinchilik bilan yangi tanish orttiradilar, ammo ular eski o’rtoqlari bilan uzoq vaqtga ajratayotgan bo’lsalar, ular bilan munosabatlarini uzushlari qiyin bo’ladi. Aksincha, harakatchan nerv jarayonlariga ega bo’lgan o’quvchilar odamlar bilan bo’ladigan munosabatlarida qarama - qarshi xususiyatlarning umumiy tipi ayni bir vaqtning o’zida temperamentning fiziologik asosi ham hisoblanadi. Bu esa ular o’rtasida mustahkam aloqa borishini bildiradi. Bundan temperament tipi xarakterning individual o’ziga xos xususiyatlarining paydo bo’lishidagi muhim psixologik sharoitdan biridir. Tashqi taassurotlar natijasida hosil bo’ladigan vaqtni aloqalar sistemasi xarakter fiziologik asosini ikkinchi tomonini tashkil qiladi. Dinamik stereotip (yunoncha dinamikas – kuchga oid, o’zgaruvchanlik, harakatchanlik, stereos - qat’iy, tunos - iz). Bir xildagi tashqi taassurotlarning ko’p martalab takrorlanishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan, ma’lum darajada qat’iy shartli reflektor yoki muvaqqat nerv bog’lanishlari sistemasi. D.S.ning hosil bo’lishi kishida muayyan malaka va odatlarning tartib topishini, kishining muayyan hayot sharoitlarga moslashuvini taminlaydi. (B.M. Teplov, V.S. Merlin, Ye.A. Klimov laboratoriyadagi tadqiqotlar bo’yicha). Demak, xarakter xususiyatlari paydo bo’lishining boshqa fiziologik sharoiti nerv sistemasi umumiy tipining xususiyatlaridir. Vaholanki, nerv sistemaning umumiy tipi ayni bir vaqtning o’zida temperamentning fiziologik asosi ham hisoblanar ekan, bunday holda temperament o’rtasida mustahkam aloqa kelib chiqadi. Temperament tipi xarakterning individual o’ziga xos xususiyatlarining paydo bo’lishidagi muxim psixologik sharoitlaridan biridir. Odam xarakterining strukturasi bir – biri bilan ma’lum munosabatlarda bo’lgan turli xususiyatlar va psixik protsesslarning o’zaro bog’liqligidan hamda yaxlit holda nomoyon bo’lishidan iborat. Biz xarakterning bir yoki necha xususiyatlari asosida bizga noma’lum bo’lgan boshqa xislatlarni ham aytib berishimiz mumkin. M: odamning takabbur va shuhratparastlikni bilsak, uning odamlarga nisbatan qora ko’ngilli ekanligi haqida taxmin qila olamiz. Agar odam kamtarin bo’lsa, uni ko’ngilchan deb tahmin qila olamiz. Download 157.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling