Qarshi halqaro universiteti


Sinf- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma‘lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Seminar


Download 289.68 Kb.
bet74/91
Sana13.01.2023
Hajmi289.68 Kb.
#1090149
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Bog'liq
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi

Sinf- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma‘lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir.
Seminar – talabalarning ma‘ruzadan olgan ilmiy-nazariy bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan ta‘lim shakllaridan biridir. Seminar jarayonida o’qituvchining o’rni juda yuksak, ya‘ni o’qituvchi talabaning o’rniga javobni aytib bermaydi, balki muhokamalarni tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi.
Suhbat - ta‘limning keng tarqalgan usuli bo’lib, darsning istalgan bosqichida qo’llanishi mumkin. Ko’pincha, bu usul savol-javob usuli deb ham yuritiladi. Suhbatning to’rt xil turi mavjud bo’lib, ular: yangi bilimlar berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda, o’tilgan materiallarni takrorlashda qo’llanadigan suhbatlardir.
Ta‘lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobiliyatini o’stiradigan, dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya – yosh avlodni ma‘lum faoliyatga tarbiyalash uchun ularga ma‘lum maqsadga qarata planli va sistemali ta‘sir etishga aytiladi. Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.
Ta‘lim qonuniyatlari - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim printsip (qonuniyat) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
Ta‘lim qoidalari - o’qitishning faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l - yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Ta‘lim qoidalari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.
Ta‘lim usuli - ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O’qitish usullari ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi-talaba faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.

Download 289.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling